bo‘lgan gaplarga nisbatan bu atama qo‘llanilmaydi. CHunki bu narsa o‘z-o‘zidan
ma`lum. U faqat grammatik jihatdan qo‘llanmagan holatlarga nisbatan, ya`ni ega
grammatik jihatdan shakllanmagan gaplarga nisbatan qo‘llaniladi va shu bilan u bir
bo‘lishi kerak. Ushbu savolga javob izlash davomida shu narsani angladikki,
eganing gapda ifodalanmaslik sabablari bor va bu sabablar faqatgina grammatik
ma`no doirasi bilan chegaralanmaydi, balki insonlar muloqotining murakkab
jarayonlarini o‘zida aks ettiradigan stilistik ottenkalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Ana shu sabablardan biri tildagi tejamkorlik tamoyilining nutqiy jarayonga
bo‘lgan ta`siridir. Kishilarning muloqot jarayonida oz so‘zlardan foydalanishga,
fikrini qisqa tarzda ifodalashga intilishi tabiiy jarayondir. Tilning iste`molichisi
nutqiy ifodani yuzaga chiqarishda tilda mavjud bo‘lgan birliklarning to‘g‘ri
kelganini emas, balki nutqiy vaziyat taqozo etadigan eng zarur birliklarni, fikr-
38
mulohazani aniq, qisqa, lo‘nda qilib suhbatdoshiga yoki tinglovchisiga etkazib
beradigan birliklardangina foydalanadi. Tildagi tejamkorlik tamoyili ana shuni
taqozo etadi va mumkin qadar nutqda ortiqchalikka o‘rin qoldirmaydi. «Qisqaruv
natijasida, - deb yozadi J.Eltazarov. – til birliklarining tarkibidagi komponentlar
tushib qoladi, vujudga kelgan shakl boshlang‘ich formaga struktura jihatdan mos
kelmaydi, uning qisqargan muqobiliga aylanadi. Qisqargan shakl boshlang‘ich
shaklning funktsiyasini to‘la bajarishi mumkin (to‘la ekvivalentlik), ba`zi hollarda
u bu funktsiyani bajara olmaydi va ekvivalentlik buzilishi mumkin. Bunday
hollarda qisqaruvga uchragan so‘zshakl yoki so‘zda yuz bergan struktural
o‘zgarishlar uning semantik-stilistik ma`nosiga ta`sir o‘tkazganidan dalolat
beradi».
35
Darhaqiqat, ikki tarkibli gaplarning struktural jihatdan bir tarkibli gaplarga
aylanishining sabablaridan biri tejamkorlik va nutqdagi qisqaruv tamoyilidir.
Men
kitobni zo‘r qiziqish bilan o‘qidim degan gapdagi fikr
Kitobni zo‘r qiziqish bilan
o‘qidim gapidan ham anglashilaveradi. Bu gaplarning ma`nosida ma`lum bir
stilistik farqlar bo‘lishidan qat`iy nazar, ularning mazmuni bir xil.
Ammo bu o‘rin almashishlarga hamma vaqt ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
YUqoridagi gapni biroz o‘zgargan holda keltiramiz: Sobir kitobni zo‘r qiziqish
bilan o‘qidi - U kitobni zo‘r qiziqish bilan o‘qidi - Kitobni zo‘r qiziqish bilan
o‘qidi. Har uch holatda ham ifodada mantiqsizlik ro‘y bergan emas. Birinchi ikki
tarkibli gapda su`bekt grammatik jihatdan aniq ifoda etilgan, ish-harakatni
bajargan shaxs aniq ma`lum bo‘lib turibdi. Ikkinchi gap ham ikki tarkibli. Lekin
unda grammatik ega aniq, ammo harakatni bajarayotgan sub`ekt aniq emas, u faqat
so‘zlovchigagina ma`lum bo‘lishi mumkin. Uchinchi gapda grammatik ega ham,
grammatik sub`ekt ham ifodalanmaganligi gapning ifoda planini o‘zgartirib
yuborgan. Garchi gapdagi harakat bajarilgan bo‘lsa ham, uning bajaruvchisi
noaniqdir. Ma`lum bo‘ladiki, eganing ifodalanmasligi gapning ifoda tarziga jiddiy
ta`sir ko‘rsatib, har uch holatda uch xil mazmunni anglash mumkin bo‘layapti.
35
Элтазаров Ж. Тилдаги тежамкорлик тамойили ва қисқарув. Монография. – Самарқанд: СамДУ нашри,
2004. –
Б.37.
39
Demak, har qanday ikki tarkibli gapni bir tarkibli gaplarga aylantirish ifoda
mazmuni planida maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. YAna boshqacha aytadigan
bo‘lsak, bu gaplarning biri ikkinchisining o‘rnini hamma vaqt ham bosavermaydi.
Ikki tarkibli gaplarning bir tarkibli gaplar tarzida ifoda etilishining
navbatdagi sababi gapdagi eganing bajarayotgan vazifasini kesimdagi shaxs-son
ko‘rsatkichi o‘z zimmasiga oladi: Men ertalab yo‘lga chiqdim - ertalab yo‘lga
Do'stlaringiz bilan baham: