10
mulk obyektlariga qo‗shib qo‗yiladigan qiymat miqdorlariga sezilarli
darajada ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Qiymat tushunchasi ayrim bitimlar bilan bog‗liq puldagi summani
taqozo etadi. Shunday bo‗lishiga qaramay, baholanayotgan mol-
mulkning sotilishi bozor qiymati ta‘rifidagi
shart-sharoitlarga amal
qilishda, agar u baholash sanasida sotiladigan bo‗lsa, u holda ushbu mol-
mulk sotilishi mumkin bo‗lgan narxni belgilash uchun zaruriy shart
hisoblanmaydi.
Qiymatning bir nechta turi va ularga muvofiq ta‘riflari mavjud.
Ularning ba‘zilari qiymatning standart turlari hisoblanadi hamda
mol-mulkni baholash jarayonida keng qo‗llaniladi. Qolganlari esa
maxsus, qat‘iy kelishilgan hollarda foydalaniladi. Baholash uslublarini
tushunish va amaliy qo‗llash uchun foydalanilayotgan
qiymatning turi
va ta‘rifini yaqqol ochib berish juda muhimdir, shuningdek‚ tanlangan
qiymat turining baholovchi oldida turgan muayyan masala mohiyatiga
muvofiq kelishiga e‘tibor qaratish lozim. Tanlangan ta‘rifga bog‗liq
holda baholanayotgan mol-mulk qiymati turlicha bo‗lishi mumkin.
Professional baholovchilar tavsiflanmagan ―qiymatˮ atamasini
qo‗llashdan qochishlari va uni faqat aynan
qanday qiymatning nazarda
tutilayotganligiga aniqlik kirituvchi aniqlovchiga ega bo‗lgan birikmada
ishlatishlari lozim. Bozor qiymati – mol-mulkni baholashda eng keng
tarqalgan qiymat turi bo‗lib, har bir shunday holatda bozor qiymati
atamasi yaqqol va ravshan aniqlanishi ayniqsa muhimdir.
Narx esa – bu avvalgi bitimlarda shunga o‗xshash obyektlarni
xarid qilish uchun qancha sarflanganligini aks ettiruvchi tarixiy fakt.
―Narxˮ atamasi, shuningdek, sotuvchi so‗raydigan
narxni belgilashda
ham ishlatiladi. Avvalgi bitimlar narxlari va sotuvchining narxlari
baholash sanasidagi qiymatning asoslangan o‗lchamini namoyon etishi
shart emas. Xarajatlar – baholanayotgan mulkka o‗xshash mulk
obyektini yaratish uchun zarur bo‗lgan chiqimlar o‗lchovi hisoblanadi.
Narx – muayyan tovar yoki xizmat uchun taklif qilinadigan,
so‗raladigan yoki to‗lanadigan pul ko‗rinishidagi summa. Sotish narxi, u
ochiq e‘lon qilinganligi yoki sir saqlanishidan qat‘iy nazar ro‗y bergan
dalil hisoblanadi. Moliyaviy imkoniyatlar, rag‗batlantirishlar yoki
11
xaridor va sotuvchilarning muayyan o‗ziga
xos manfaatlari sababli
tovarlar yoki xizmatlar uchun to‗langan narx tovarlar yoki xizmatlar
qiymatiga muvofiq kelmasligi mumkin. Shunday bo‗lishiga
qaramasdan, narx odatda muayyan holatlarda xaridor va/yoki sotuvchi
tomonidan mazkur tovarlar yoki xizmatlar uchun belgilanadigan nisbiy
qiymatning indikatori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: