Xarajatlar
– tovar yoki xizmatni yaratish yoxud ishlab chiqarish
uchun talab qilinadigan resurslar miqdorining puldagi ifodasi. Xaridor
tomonidan tovar yoki xizmatga to‗langan narx, u uchun ularni sotib
olish xarajatlariga aylanadi.
Mol-mulk obyekti uchun xarajatlarning hisob-kitobi takror ishlab
chiqarish xarajatlari yoki o‗rnini bosish xarajatlarining hisob-kitob
miqdoriga asoslanishi mumkin. Takror ishlab chiqarish xarajatlari – bu
o‗xshash texnologiya va materiallardan foydalangan holda mavjud
obyektning kutilayotgan nusxasini yaratish xarajatlaridir. O‗rnini bosish
xarajatlarining
hisob-kitob
miqdori
ayni
vaqtda
bozorda
foydalanilayotgan texnologiyalar va materiallarni qo‗llash bilan
solishtirma foydalilikka ega obyektlarning yaratilishini ko‗zda tutadi.
Tannarx
– tovar yoki xizmatlarni sotib olish (qoplanayotgan
soliqlardan tashqari), yaratish yoki ishlab chiqarish xarajatlarining
summasini aks ettiradi.
Mulkning ―
Do'stlaringiz bilan baham: |