O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
 
1-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATINI BAHOLASHNING 
NAZARIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI 
 
1.1. Ko„chmas mulk qiymatini baholashning mazmuni va maqsadi
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti islohatlarining bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi, mulk shakllarining o‗zgarishi jarayonida 
yuzaga kelgan mulk bozorida baholash faoliyatining shakllanishi va 
rivojlanishi bozor munosabatlarining iqtisodiyotimizga jadal tatbiq 
etilishi bilan bog‗liq.
Demak, davlat bozor iqtisodiyoti tizimiga o‗tishi bilan o‗zining 
tasarrufidagi mol-mulkni xalqqa, jamoalarga hamda individual 
shaxslarga bera boshladi. Buning negizida esa ushbu mulkni baholash va 
uni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishi zarurati paydo 
bo‗ldi. Ayni damda, ushbu zarurat mulk qiymatini baholash 
faoliyatining rivojlanishiga asos bo‗lib xizmat qildi.
Baholash tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo‗lib, mulkni, 
ya‘ni, bino va inshootlarni, mashina va uskunalarni, transport 
vositalarini va qolaversa, insonning salohiyatidan tortib, yer yuzidagi 
barcha – jamiki narsalarga baho berishdan iboratdir.
Baholash faoliyatida, ko‗chmas mulkni baholash, uning mohiyati, 
o‗ziga xos xususiyatlari, baholash faoliyati ketma-ketligi, unga tegishli 
me‘yoriy-huquqiy hujjatlar haqida gap yuritiladi.
Baholash faoliyati respublikamizda mustaqillikka erishilgan 
davrdan boshlab asta-sekin rivojlana boshladi. Boshlang‗ich davrlardagi 
xalqaro talablarga mos keladigan mulkni baholash milliy standartlarini 
ishlab chiqish va amalda qo‗llash borasidagi ijobiy tajriba haqida gapira 
turib, ayni vaqtda baholovchi ekspertlar faoliyatini ma‘lum tartib va 
qoidalarga bo‗ysundiruvchi tegishli to‗la me‘yoriy negizning, uni 
boshqarish va nazorat qilishni samarali tizimining amalda mavjud 
bo‗lmaganligini ta‘kidlab o‗tish zarur.



Baholashni o‗rganish uchun, avvalo ma‘lum iqtisodiy, texnik 
bilimlarga ega bo‗lish, baholash faoliyatining mazmun-mohiyatini 
tushunib yetish, mulk va mulk egasini aniqlash va nihoyat, aynan, 
baholash sohasi bo‗yicha tahsil olishi zarur. Buning uchun baholash 
faoliyatini o‗rganish, ma‘lum bir tajriba orttirish va bilim maskanlarida 
o‗qish tavsiya etiladi.
Baholovchilar – mulkning baholanishini amalga oshirish hamda 
tegishli hisobot hujjatlarini tuzish bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiyot 
sohasida ishlayotgan mutaxassislar. Professionallar kabi
baholovchilar ta‘lim, maxsus tayyorgarlik, asoslilik va namoyon
bo‗lgan kasbiy bilimlar sohasidagi qat‘iy talablarga javob berishlari
lozim. Shuningdek, ular uzluksiz ravishda yuqori ma‘naviy
tamoyillar (etika (odob-axloq) me‘yorlari) va kasbiy namunalarga 
(standartlarga) amal qilishlari lozim. 
Baholash faoliyatini amalga oshirishda – baholash sertifikatiga 
ega, malakali baholovchi va shu bilan birga baholash faoliyatini amalga 
oshirish litsenziyasiga ham ega bo‗lishini talab qiladi ―Baholash 
faoliyati to‗g‗risidaˮgi qonunning 4-moddasi
1
. Baholash faoliyati bilan 
shug‗ullanuvchi malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish masalasiga alohida e‘tibor qaratish kerak.
Bundan tashqari, baholovchi ekspertlarni tegishli professional 
darajada o‗qitish va attestatsiyadan o‗tkazish, baholash faoliyatining 
ilmiy negizini ta‘minlovchi uslubiy materiallarni tayyorlash va ishlab 
chiqish, chet el professional standartlarini milliy zamonaviy sharoitlarga 
moslashtirishni tashkil etmay turib, baholash faoliyatini rivojlantirishni 
amalga oshirib bo‗lmaydi. O‗zbekistonda baholash faoliyati ma‘lum 
darajada rivojlanmoqda, negaki sotish va sotib olish, ijara, garov, 
sug‗urta, asosiy jamg‗armalarni qayta baholash, korxonalarning 
birlashuvi va jalb etilishi, merosxo‗rlik huquqining bajarilishi, sud 
hukmining ijro etilishi uchun o‗z vaqtida obyekt qiymatini baholash 
zarur bo‗ladi.
1
O‗zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni. O‗zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‗plami. 2009 y. 15-son.



Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari jadal sur‘atlar 
bilan boshlandi. Shu o‗rinda aytib o‗tish kerakki, davlat tasarrufidagi 
mulkni xususiylashtirish uchun baholash faoliyatiga bevosita talab 
tug‗iladi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan har qanday mulk bozorida 
kechadigan 
munosabatlarning 
barchasi 
baholash 
faoliyatining 
rivojlanishini taqozo etadi. Demak o‗z-o‗zidan demokratik davlatda 
xususiylashtirish jarayonlari va bozor munosabatlari qancha jadal 
rivojlansa, baholash faoliyati ham shu jarayon o‗sishiga qarab rivojlanib 
boradi.
Ko‗chmas mulkni baholash quyidagi 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish