O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
 
11.1.1-rasm
.
 Garov sug„urtasini amalaga oshirish jarayoni.
 
 
11.1-rasmdan ko‗rinib turibdiki, dastlab qarz oluvchi uy-joy sotib 
olish to‗g‗risida riyeltorlik firmasiga murojaat qiladi. Riyeltorlik firmasi
mijozga uning istagiga mos keladigan uy-joy topgandan keyin, xaridor 
bankka ipoteka kreditini olish uchun murojaat qiladi.
Garovga qo‗yilayotgan transport vositalaridan tashqari mulkni
sug‗urta qilish sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi O‗zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonunlariga, shuningdek, O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligining Litsenziyasi, hamda sug‗urta 
faoliyatining 8,9-klasslari asosida amalga oshiriladi. 
Sugʻurta 
kompaniyasi 
Qarz oluvchi 
Bank 
Baholash 
tashkiloti 
Uy-joy 
sotuvchilari, 
quruvchilari 






295 
O‗zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha shakldagi 
yuridik 
shaxslarning, 
shuningdek, 
korxona, 
muassasa 
va 
tashkilotlarning, jismoniy shaxslarning, chet el fuqarolarining va chet el 
korxonalari, vakolatxonalarining garovga qo‗yilayotgan mulklarini 
zararlanishi yoki nobud bo‗lishi natijasida moliyaviy zararini qoplash 
mazkur sug‗urta turining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. 
Doimiy saqlanish joyida bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslarning 
mulklarini hamda, ishlab chiqarilgan va aylanma mahsulotlarni, chet el 
investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning, xorijiy yuridik shaxslarning 
shtab kvartiralarini, O‗zbekiston Respublikasida joylashgan davlatlararo 
tashkilotlarning mulkdorlik yoki ijara obyekti bo‗lib hisoblangan 
imoratlarini, qarz oluvchi tomonidan olingan kredit mablag‗larini 
qaytarilishini ta‘minoti sifatida, garovga qo‗yilganligini his qilgan 
holda, olovdan, tabiiy ofatlar va uchinchi shaxslarning ataylab qilgan 
harakatlari natijasida nobud bo‗lishi yoki zararlanishidan sug‗urta 
himoyasiga olish uchun sug‗urta shartnomasini tuzadi. 
Garovga qo‗yilayotgan mulk uchinchi shaxsga tegishli bo‗lgan 
holda, sug‗urta shartnomasi sug‗urtalovchi, sug‗urta qildiruvchi, naf 
oluvchi va garovga oluvchi o‗rtalarida tuziladi. Sug‗urta 
shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari aniq belgilanadi.
Aynan ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishi sug‗urta 
shartnomalarini amaldagi vaqtda nizolarning kelib chiqish holatlarini 
kamaytiradi. Sug‗urtalovchining va sug‗urta qildiruvchining huquq va 
majburiyatlarini alohida ko‗rib chiqamiz. Ular quyidagilardan iborat:
Sug„urtalovchining huquqlari: 
- sug‗urta shartnomasi tuzishda va amal qilish davrida hamda 
sug‗urta hodisasi sodir bo‗lganda sug‗urtalangan mulkning holatini, 
saqlanish sharoitini tekshirish; 
- sug‗urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki garovga beruvchi sug‗urta 
shartnomasini shartlarini bajarmaganda, sug‗urta shartnomasini bekor 
qilish; 
- sug‗urta shartnomasida belgilangan shartlarda va tartibda 
sug‗urta tovonini to‗lashni rad etish; 


296 
- sug‗urtalangan mulklarning zararlanishi yoki nobud bo‗lishiga 
aybdor shaxslardan to‗langan sug‗urta tovoni summasini undirib olish; 
- sug‗urta tovoni miqdorini aniqlash uchun zarur bo‗lgan
mutasaddi tashkilotlarning dalolatnomalarini, ekspertlar xulosalarini
talab qilish; 
- sug‗urta hodisasiga a‘loqador bo‗lgan tegishli axborot va 
hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, 
seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda 
boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‗rash va olish;
- sug‗urta syurveyeri xizmatlaridan foydalanish; 
- adjaster xizmatlaridan foydalanish. 
Garovga qo‗yilgan transport vositalaridan tashqari mulkni 
sug‗urtalashda sug‗urtalovchining majburiyatlari quyidagilardir: 
- sug‗urtaga oid amaldagi qonunchilik talablariga rioya etishi; 
- sug‗urta qildiruvchilar to‗g‗risidagi axborotning maxfiyligini 
ta‘minlash; 
- axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan 
taqdim etishi; 
- sug‗urta polisini belgilangan muddatda sug‗urta qildiruvchiga 
taqdim qilish; 
- sug‗urta hodisasi mulkka yetkazilgan zararni aniqlash va tegishli 
tashkilotlar vakili ishtirokida ma‘lumotnoma tuzish; 
- mulkga yetkazilgan zarar bo‗yicha sug‗urta tovoni miqdorini 
hisoblab chiqish va dalolatnoma asosida belgilangan muddatda to‗lash. 
Sug‗urta qildiruvchining huquqi: 
- sug‗urta polisini sug‗urtalovchidan o‗z vaqtida va belgilangan 
shartlarda olish; 

sug‗urta 
shartnomasiga 
oid 
masalalar 
yuzasidan
sug‗urtalovchidan javoblar olish
- sug‗urtalash qoidasi va shartlari bilan tanishish; 
- sug‗urta hodisasi yuz berganda sug‗urta tovonini olish; 
- sug‗urta tovoni belgilangan muddatda to‗lanmasa, har bir 
kechiktirilgan kun uchun jarima haqqini talab qilish. 
Sug‗urta qildiruvchining majburiyatlari:


297 
- mulkni zararlanishi yoki nobud bo‗lishini oldini olish uchun 
barcha choralarni ko‗rish; 
- sug‗urta shartnomasidagi shartlarni bajarish, ularni buzmaslik;
- sug‗urta mukofotini o‗z vaqtida to‗lash; 
- sug‗urta hodisasi sodir bo‗lganda, sug‗urtalovchiga belgilangan 
muddatda, yozma ravishda xabarnoma berish va sug‗urta tovonini 
aniqlash uchun zarur bo‗lgan barcha hujjatlarni taqdim qilish; 
- sug‗urta hodisasi ro‗y berganda zarar miqdorini aniqlash uchun 
zarur bo‗lgan fotosurat yoki videotasmalar bilan sug‗urtalovchini 
ta‘minlash;

yuridik 
manzili 
yoki 
bank 
rekvizitlari 
o‗zgarganda 
sug‗urtalovchiga 10 kun ichida yozma ravishda xabarnoma berish; 
- sug‗urtalovchi taqdim etgan hujjatlarning haqqoniyligini
tekshirish, shuningdek boshqa kerakli hujjatlarni talab qilish; 
- zarar ko‗rgan mulkni sug‗urtalovchi bilan kelishilgan holda 
ta‘mirlash va boshqa ishlarini amalga oshirish. 
Sug‗urta shartnomasini tuzish uchun sug‗urta qildiruvchining 
yozma ravishdagi arizasi taqdim qilinadi. Ariza asosida sug‗urta risklari, 
sug‗urta holatlari syurveyer tomonidan o‗rganilib chiqilib, o‗z
xulosasini beradi. Syurveyer xulosasi asosida sug‗urtalovchi, sug‗urta 
qildiruvchi, naf oluvchi va garovga qo‗yuvchi o‗rtalarida tuziladi. 
Sug‗urta shartnomasini tuzish vaqtida sug‗urta qildiruvchi ariza 
bilan birga garov shartnomasini, garov predmetining haqiqiy qiymatini 
aniqlash bo‗yicha tuzilgan baholash dalolatnomasi, qarz oluvchining 
bank muassasi bilan tuzilgan kredit shartnomasi va boshqa hujjatlarni 
sug‗urtalovchiga taqdim etadi. Sug‗urta shartnomasi tomonlar 
imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va sug‗urta muddati davrida 
amal qiladi. 
Sug‗urta shartnomasining amal qilish muddatini belgilashda kredit 
olish natijasida yuzaga keluvchi majburiyatning muddatiga e‘tibor 
beriladi. Shu sababli, sug‗urta shartnomasining muddati kredit 
shartnomasining amal qilish muddatidan kam bo‗lmasligi zarur. Kredit 
shartnomasining muddati uzaytirilgan holda, tomonlar o‗rtasida 


298 
qo‗shimcha kelishuv shartnomasi tuziladi va sug‗urta mukofoti to‗lash 
yo‗li bilan, sug‗urta shartnomasining muddati ham uzaytiriladi. 
Mazkur garov sug‗urta shartnomasining tomonlari bo‗lib, ishlab 
chiqarish korxonalari, muassasa va tashkilotlar, faoliyat yuritayotgan 
barcha turdagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari va 
chet el korxonalari, vakolatxonalari va tegishli turdagi sug‗urtani amalga 
oshirish uchun O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
Litsenziyasiga ega bo‗lgan va sug‗urta tovoni to‗lovini amalga oshirish 
majburiyatini oluvchi sug‗urta tashkiloti va uning hududiy bo‗limlari
hisoblanadi. 
Garovga qo‗yilayotgan binolar, imoratlar, inshootlar, asosiy va 
ishlab chiqarish vositalari, texnologiya va tovarlar, asbob-uskunalar, 
tugallanmagan kapital qurilish obyektlari, tayyor mahsulot, xomashyo, 
qimmatli qog‗ozlar va boshqa mol-mulklarning sug‗urta hodisasi yuz 
berishi natijasida yuzaga keluvchi zararlarni qoplash zarurati bilan 
bog‗liq mulkiy manfaatlar sug‗urta obyektlari hisoblanadi. 
Garovga qo‗yilayotgan transport vositalaridan tashqari mulklarni
sug‗urta qilish shartnomasida garovga qo‗yuvchiga tegishli bo‗lgan 
mulkining doimiy saqlanish joyida toshqin, bo‗ron, dovul, jala, sel 
kelishi, ko‗chki, do‗l, qalin qor yog‗ishi, tuproqning cho‗kishi, 
o‗pirilishi, yer osti suvlarining ta‘siri, chaqmoq urishi, zilzila, yong‗in, 
portlash, o‗g‗irlash, uchinchi shaxslarning ataylab qilgan noqonuniy 
harakati tufayli nobud bo‗lishi yoki zararlanishi holatlari sug‗urta 
hodisasi deb e‘tirof etiladi. Sug‗urta shartnomasida qaltisliklar turi aniq 
ko‗rsatilishi shart. 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
garovga 
qo‗yilayotgan transport 
vositalaridan tashqari mulkni sug‗urta qilish sug‗urta shartnomalarini 
tuzishdan boshlanadi. Sug‗urta munosabatlarida ishtirok etuvchi 
tomonlar bo‗lib, sug‗urtachi, sug‗urta qiluvchi, garov qo‗yuvchi, bank 
muassasalari ishtirok etadi. Sug‗urta shartnomasida sug‗urta hodisasi 
deb tan olinuvchi holatlar, sug‗urta hodisasi hisoblanmaydigan holatlar 
bayon qilinadi. Siyosiy risklar sug‗urta himoyasiga olinmaydi. Sug‗urta 
mukofoti garov predmetiga xavf soluvchi qaltislikning ro‗y berish 
ehtimoli asosida, sug‗urta summasiga nisbatan belgilanadi. Sug‗urta 


299 
qoplamasi zarar miqdorida, ammo sug‗urta summasining va garov 
predmetining haqiqiy qiymati meyorlarida amalga oshiriladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish