Mavzu: Korxonaning aylanma (oboroti) kapitali. Reja: Aylanma (oborot) kapital-aylanma mablag‘larning mohiyati va strukturasi



Download 28,62 Kb.
bet1/7
Sana01.03.2023
Hajmi28,62 Kb.
#915553
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu


Mavzu: Korxonaning aylanma (oboroti) kapitali.


Reja:


1. Aylanma (oborot) kapital-aylanma mablag‘larning mohiyati va strukturasi.
2. Aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish.
3. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari.
4. Aylanma mablag‘larni meyorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish.
1. Aylanma (oborot) kapital-aylanma mablag‘larning
mohiyati va strukturasi.

Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan extiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mexnat buyumlari xam harakatda bo‘ladi. Shu sabab­li ularni aylanma fondlar deb aytiladi.


Aylanma fondlar - ishlab chiqarish jarayonida bir mar­ta qatnashib, o‘zqiymatini tayyor maxsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini xam o‘zgartiradigan, butunlay yukotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, tugullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy kismini tashkil etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mex­nat bumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun exti­yot kismlar, xo‘jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat.
Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allakachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mexnat buyumlaridir. Bularga korxona o‘zi yaratgan, lekin chala tayyor maxsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi.
Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xara­jatlari xisoblanadi. Ularga yangi turdagi maxsulotlarni loyixalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga olish, tog‘-sanoat korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga koplanadi.
Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, umuman, sanoat buyicha ishlab chiqarish jamg‘armasi 64% ga yakin bo‘lsa, elektroenergetika va issiklik ener­giyasi ishlab chiqarish sohasida 56% ni, mashinasozlikda 54%, kumir sanoatida 33% ni tashkil etadi. Aylanma fondlarning tarkibi fakat tarmoklarda emas, korxonalarda xam bir-biridan farq kilishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning usuliga, yo‘liga, korxonani ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga, ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog‘liq. Aylanma fondlarning tarkibini iqtisodiy taxlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniklash xamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoklar va korxona tarakkiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning tarkibini aniklash, ulardan foydalanishni yaxshi­lash yo‘llarini belgilash uchun moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar xar bir tarmok ikkinchi tarmokka qanday buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi.
Sanoat korxonaga ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun asosiy vositalar bilan birga aylanma mablag‘lar ham kerak bo‘ladi. Aylanma mablag‘lar asosan korxonaning hisob raqamida pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Tovar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, yem-xashak, mineral o‘g‘itlar va boshqa mablag‘lar negizida ishlab chiqariladi. Aylanma mablag‘larni mehnat buyumlari deb ham ataladi. Asosiy kapitalning bir marta aylanishiga aylanma kapitalning bir necha aylanishi to‘g‘ri keladi. Aylanma kapital yetishmasa asosiy kapitaldan foydalanish yomonlashadi. Shu sababdan aylanma kapital muammolarini o‘rganish korxona faoliyatida muhim rol oynaydi.

Download 28,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish