11.3.
Sug„urtalovchilar faoliyatida ko„chmas mulk qiymatini
baholovchilar va sud ijrochilarining fuqarolik javobgarligini
sug„urtalashni takomillashtirish
So‗nggi yillarda sug‗urta sohasini rivojlantirishga bo‗lgan e‘tibor
Hukumatimiz tomonidan nazardan chetda qoldirilmadi. Bu borada
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-mayida PQ-872
sonli
―Sug‗urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va
rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan sug‗urtalovchilarni ustav kapitalini eng kam
miqdori belgilandi
17
. Unga ko‗ra: hayotni sug‗urta qilish sohasida – 1
mln. yevro, umumiy sug‗urta qilish sohasida – 750 ming yevro,
majburiy sug‗urta qilish bo‗yicha – 1.5 mln. yevro, qayta sug‗urtalash
bo‗yicha esa – 4 mln. yevro etib belgilandi. Shunga qaramasdan 2010-
yilning
26-noyabrda
PQ
№-1438-sonli
qaroriga
asosan
sug‗urtalovchilarning eng kam ustav kapitali miqdoriga yanada
o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritildi. Unga muvofiq ularning eng kam
ustav kapitallashuv darajasi quyidagicha etib belgilandi
18
. Yaʼni
quyidagicha: hayotni sug‗urta qilish sohasida – 2.0 mln. yevro, umumiy
sug‗urta qilish sohasida – 1.5 mln. yevro, majburiy sug‗urtalash
bo‗yicha – 3.0 mln. yevro, qayta sug‗urtalash bo‗yicha – 6.0 mln. yevro
etib belgilandi. Bu esa o‗z navbatida sug‗urtalovchilar tomonidan
ko‗rsatiladigan sug‗urta xizmatlarining kengayishiga va ularning
xizmatini sifati yaxshilanishiga hamda investitsion jarayonlarda ishtirok
etishini yanada faollashishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarning bugungi kundagi baholovchilar va
sud ijrochilari faoliyatini majburiy sug‗urta qilishda juda katta
imkoniyatlarni yaratilishiga muvaffaq bo‗lamiz.
Shuningdek, tijorat banklari kredit portfelini tahlil etish natijasida
shuni darhol aniqlash mumkinki, kredit portfelda garov asosida kredit
berish nisbatan salmoqli ulushni egallaydi. Bunday holatning mavjud
17
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2008-yil 21-mayida PQ№-872 sonli qaror ma'ulmotlari asosida
tayyorlangan.
18
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2010-yil 26-noyabr PQ№-1438 sonli qaror ma'ulmotlari asosida
tayyorlangan.
304
bo‗lishini izohlashga hojat bo‗lmasa kerak deb hisoblaymiz. Negaki,
garov ta‘minoti, agarki garovga qo‗yilgan mol-mulk yuqori likvidli va
xaridorgir bo‗lsa, boshqa ta‘minot turlariga qaraganda ishonchli
hisoblanishini bizning kredit bo‗yicha ishlaydigan mutaxassislarimiz
yaxshi bilishadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Pul massasi
o‗sishini cheklash va moliyaviy intizomga rioya etishni takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2002 yil 31 martdagi Farmonida ―tijorat
banklari xo‗jalik yurituvchi subyektlarning likvidli mol-mulklari asosida
kredit berishni kengaytirsin‖
19
, deb alohida ta‘kidlanganligi ham bizning
fikrimizni so‗zsiz tasdiqlaydi.
Ammo shu bilan bir qatorda, garov ta‘minotini baholash va
sug‗urtalashda qator muammolar mavjud. Bank kreditini o‗z vaqtida
qaytarib bermaganligi uchun garovga qo‗yilgan mol-mulklarni balansga
olish holatlari hamon uchrayapti. Eng achinarlisi, bu mol-mulklar
likvidli bo‗lmaganligi uchun uni qisqa muddatlarda sotish imkoniyati
bo‗lmayapti.
Ammo barcha tijorat banklarining kredit siyosatidan bizga
ma‘lumki, garov ta‘minotini baholashda ichki va tashqi baholovchilar
bo‗ladi.
Tashqi baholovchilar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Texnik-inventarizatsiya bo‗limlari (fuqarolarga tegishli o‗y-joy
va inshootlar garovga qo‗yilganda).
Yer kadastri xizmati (yashash uchun mo‗ljallanmagan binolar va
―Avtotexxizmat‖ tashkilotlari (avtomobil transportlari garovga
qo‗yilganda).
O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi huzuridagi
ko‗chmas mulklarni baholash agentligi.
Mustaqil baholovchi tashkilotlar (firmalar).
Bugungi amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, ayrim holatlarda garovga
qo‗yilgan mol-mulkni baholash bo‗yicha tuman yoki shahar texnik
inventarizatsiya va yer kadastri xizmati tomonidan qarz oluvchi taqdim
etilgan hujjatlar garovga qo‗yilgan mol-mulkning bozor qiymatini to‗liq
19
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining ―Pul massasi o‘sishini chеklash va moliya intizomiga rioya etish
mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida‖ 2002 yil 30 martdagi Farmoni.-―Xalq so‘zi‖ , 2002 yil 2 aprеl.
305
aks ettirmaydi. Ba‘zi holatlarda, qarz oluvchi bu tashkilotlar bilan o‗zaro
til biriktirib, garov qiymatini sun‘iy ravishda oshirmoqdalar. Holbuki,
bunday ―kelishishlar‖ kreditlar qaytarilmagan taqdirda banklar uchun
qimmatga tushishi mumkin.
Biz ko‗tarilgan muammoning nechog‗li ahamiyatga ega ekanligini
e‘tiborga olgan holda respublika mintaqalarida, ayniqsa tuman va shahar
darajalarida mustaqil baholovchilar tarmog‗ini kengaytirish kerak.
Bunda o‗z navbati baholovchi tashkilotlar o‗rtasida raqobat kuchayadi
va ko‗rsatilgan xizmat sifati yanada yaxshilanadi. Shu bilan bir qatorda
Baholovchi tashkilotlarni tashkil etishga xorijiy investorlarni jalb etish
mazkur yo‗nalishda xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi baholash
xizmatini ko‗rsatish imkoniyatini beradi.
Endi ikki og‗iz garov mulkini sug‗urtalash xususida. 1998 yilning
1 mayida yangi tahrirda qabul qilingan ―Garov to‗g‗risida‖ O‗zbekiston
Respublikasi Qonunining 12-moddasida ―garovga qo‗yuvchi yoki
garovga oluvchi garovga qo‗yilgan mol-mulk kimdaligiga qarab garovga
qo‗yilgan mol-mulk yo‗qolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning to‗la
qiymati bo‗yicha, bordi-yu mol-mulkning to‗la qiymati garov bilan
ta‘minlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam
bo‗lmagan summaga garovga qo‗yuvchi hisobidan sug‗urtalashi shart‖,
deyilgan. Haqiqatan ham kredit shartnomasi amal qilayotgan davrda
garovga qo‗yilgan mol-mulkni yonib ketish yoki tabiiy ofatlar ro‗y
berishi oqibatida shikastlanishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois garovga
qo‗yilgan mol-mulkni majburiy sug‗urtasi joriy etilganligi va bu kredit
hujjatlarini
rasmiylashtirishda
asosiy
shartlardan
biri
ekanligi
ko‗pchilikka ayon.
1998 yil boshlariga qadar garovga qo‗yilgan mulkni majburiy
sug‗urtasi bilan, dastlab, sobiq davlat sug‗urta tashkilotlari, keyinchalik
esa ―O‗zagrosug‗urta‖ va ―Kafolat‖ davlat-aksiyadorlik sug‗urta
kompaniyalari shug‗ullanishgan. 1997 yilning dekabr oyida o‗sha paytda
amalda bo‗lgan ―Sug‗urta to‗g‗risida‖ Qonunga o‗zartirishlar kiritilishi
munosabati bilan majburiy sug‗urta turlarini, shu jumladan garovga
qo‗yilgan mol-mulkni majburiy sug‗urtasini tegishli litsenziyaga ega
bo‗lgan har qanday sug‗urta tashkiloti o‗tkazish huquqiga ega bo‗ldi.
306
Ammo, mamlakatimizda 2002 yilning dekabr oyiga qadar sug‗urta
faoliyati litsenziyalanmaganligi tufayli garovga qo‗yilgan mol-mulkni
majburiy sug‗urtasini faqatgina Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa
qonunchilik hujjatlari asosida vakolat berilgan sug‗urta tashkilotlari
amalga oshirib kelishdi. Bu sug‗urta tashkilotlari quyidagilar edi:
―O‗zagrosug‗urta‖ davlat-aksionerlik sug‗urta kompaniyasi.
―Kafolat‖ davlat-aksionerlik sug‗urta kompaniyasi
―O‗zbekinvest‖ eksport-import milliy sug‗urta kompaniyasi.
―Madad‖ sug‗urta Agentligi.
―O‗zAIG‖ o‗zbek-amerika qo‗shma sug‗urta kompaniyasi.
Garovga qo‗yilgan mol-mulkni majburiy sug‗urtasi bo‗yicha
sug‗urtalash tartibi va shartlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi ―Sug‗urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ qarorini 1-ilovasi
―Sug‗urtalovchilar va sug‗urta brokerlarining sug‗urta faoliyatini
litsenziyalash to‗g‗risida‖gi nizomga asosan amalga oshirib kelinmoqda.
Mazkur nizomda sug‗urta qilish tarmog‗i 2 ta tarmoqqa ajratilgan. Unga
ko‗ra garovga qo‗yilgan mol-mulkni, umumiy sug‗urta qilish tarmog‗ini
8-9-klasslar va 13-14 klasslar doirasida amalga oshiriladi. Mazkur
nizomning keltirilgan umumiy sug‗urta tarmog‗ini 8 klassifikatori mol-
mulk olovdan va tabiiy ofatlarni sug‗urtalash bo‗lsa, 9-klassifikator mol-
mulkni zarardan sug‗urtalash, 13-klassifikatori umumiy fuqarolik
javobgarligi deb nomlanib, unda ko‗rsatilmagan tavakkalchiliklar
oqibatida uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo‗lgan
taqdirda sug‗urta qoplamasi to‗lanishini ta‘minlovchi sug‗urta turlari
jami va 14-klass kreditlarni sug‗urtalash deb nomlanib, unda sug‗urta
qildiruvchining debitori nochorligi yoki debitorning sug‗urta qildiruvchi
oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi natijasida sug‗urta
qildiruvchi zarar ko‗rganda sug‗urta qoplamasi to‗lanishini ta‘minlovchi
sug‗urta turlari jamini inobatga olish tartibi belgilangan.
Hozirgi paytda garovga qo‗yilgan mol-mulk sug‗urtasini tegishli
sug‗urta turini o‗tkazishga litsenziyasi mavjud bo‗lgan har qanday
sug‗urta tashkiloti amalga oshirishga haqli. 2010-yilning 1-yanvar
holatiga 34 ta sug‗urta tashkiloti sug‗urta faoliyatini amalga oshirishga
307
litsenziya olishgan. Sug‗urta faoliyatini litsenziyalash vakolati
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga berilgan.
Shunday qilib, biz garov ta‘minotini baholash va sug‗urta
qilishning ba‘zi jihatlari ustida fikr-mulohaza yuritdik. Sirtdan
qaraganda, unchalik ham murakkab ko‗rinmaydigan garov ta‘minoti
bilan bog‗liq munosabatlarda yetarli darajada muammolar mavjudligiga
amin ham bo‗ldik. Bizning asosiy vazifamiz tijorat banklari tomonidan
ajratilayotgan kreditlar va ular uchun belgilangan foiz summalarini o‗z
vaqtida bankka qaytarilishini ta‘minlashdir.
Bugungi kunda banklar o‗zlarining kredit risklarni pasaytirish
maqsadida garovga qo‗yilgan mulkini sug‗urtalashni talab etadi. Bu
boradagi sug‗urtalashlar tijorat banklari uchun muhim ahamiyatga ega.
Chunki bank qarzdor bajarishi lozim bo‗lgan majburiyatni riskini
kamaytirgan holda yuzaga kelishi bilan bog‗liq bo‗lgan javobgarlikni
sug‗urtalovchiga o‗tkazmoqda. Bu boradagi ishlar banklar bilan
sug‗urtalovchilar o‗rtasida yaxshi yo‗lga qo‗yilgan. Shunga qaramasdan
bu boradagi ishlarni ko‗lamini yanada kengaytirish kerak. Ya‘ni
umumiy sug‗urta tarmog‗ida klasslarni ko‗lamini kengaytirish kerak,
nafaqat garovga qo‗yilgan mol-mulkni majburiy shaklini balki ixtiyoriy
shaklini ham yo‗lga qo‗yish kerak hamda baholovchi tashkilotlar ya‘ni
mustaqil baholovchi tashkilotlarni yanada tashkiliy huquqiy shakllarini
kengaytirsak maqsadga muvofiq bo‗lardi.
Lekin iqtisodiyotimizda faoliyat ko‗rsatayotgan sug‗urtalovchilar
faoliyatida sud ijrochilarning fuqarolik javobgarligini nafaqat majburiy
sug‗urtalashni, balki ularni fuqarolik javobgarligini ixtiyoriy shaklda
ham amalga oshirishni takomillashtirish kerak. Ya‘ni ushbu sug‗urta
turini amalga oshirishni faqat davlat sug‗urta kompaniyalari faoliyatida
emas, balki ularni nodavlat sug‗urta tashkilotlar faoliyatida ixtiyoriy
shaklda tashkil etish kerak. Bu o‗z navbatida sug‗urtalovchilar
faoliyatida saqlanib qolinadigan bo‗sh zaxiralarni shakllantiradi va
ularning investitsion faoliyatini yanada kengaytiradi hamda sug‗urta
mahsulotlar turini ko‗paytiradi va ta‘rif stavkalarini pasayishiga olib
keladi. Agar qaraydigan bo‗lsak, O‗zbekiston Republikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq,
308
sud ijrochilarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urtalash
umumiy sug‗urta tarmog‗ini 13-klassi umumiy fuqarolik javobgarligini
sug‗urta qilish, 17-klassi huquqiy himoya qilish bilan bog‗liq
xarajatlarni sug‗urta qilish deb nomlanib, uning shartlari 13-klassniki
10, 11 va 12-klasslarda ko‗rsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida
uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik
javobgarligi paydo bo‗lgan taqdirda sug‗urta qoplamasi to‗lanishini
ta‘minlovchi sug‗urta turlari jami bo‗lib, 17-klassniki esa – sud
muhokamasi bilan bog‗liq boʻlgan xarajatlar natijasida sug‗urta
qildiruvchi zarar ko‗rganda sug‗urta qoplamasi to‗lanishini ta‘minlovchi
sug‗urta turlari jami deb ta‘kidlab o‗tilgan xolos. Shuning uchun faqat
17-klass huquqiy himoya qilish bilan bog‗liq xarajatlarni sug‗urta qilish
emas, balki ular o‗zlarining sud ijrochilarini hayoti va sog‗lig‗ini
sug‗urtalashni ham barobar olib borishni sug‗urtalovchilari faoliyatida
yanada kengaytirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |