O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


 Ko„chmas mulkni sug„urtalanishi talablari va ularga



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

11.2. Ko„chmas mulkni sug„urtalanishi talablari va ularga 
baholash jarayonida rioya qilinishi 
 
Hozirgi kunda Respublikamizda baholovchi tashkilotlar mavjud 
bo‗lib, ular baholanishi lozim bo‗lgan obyektlarni bozor qiymatidan 
yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymatidan kelib chiqib baholash ishlari 
amalga oshirib kelinmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi 1999-yil 19-iyulida ―Baholash faoliyati 
to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonunning asosiy maqsadi
baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‗liq munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunning 3-moddasi baholash faoliyati 
baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga 
qaratilgan.
Shuningdek, bugun amaliyotimizda sug‗urtalanayotgan obyekt 
qiymati turlaridan kelib chiqib mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan 
obyekt baholash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun baholovchi 
tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga 
ega bo‗lmog‗i zarur.
Bugungi kunda baholovchi tashkilotni baholash faoliyatini 
litsenziyalash tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. Unga ko‗ra baholash faoliyatini litsenziyalashni 
amalga oshiruvchi organ baholovchi tashkilotning qonun hujjatlarida 
belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi yuzasidan 
nazoratni amalga oshiradi. Shuningdek, baholovchi tashkilot baholash 
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‗lgan 
yuridik shaxs bo‗lib hisoblanadi. Baholovchi tashkilot o‗z faoliyatida 
mustaqildir. 
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan 
tashkiliy-huquqiy shaklida tashkil etilishi va o‗z faoliyatini amalga 
oshirish mumkin. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi 
kerak. 


300 
- baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo‗lishi; 
- baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega 
bo‗lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun 
hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‗lishi; 
- baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
miqdordagi ustav fondining mavjudligi; 
- baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik 
javobgarligini sug‗urta qilish shartnomasi bo‗yicha sug‗urtalovchining 
majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‗urta polisining 
mavjudligi. 
Shu 
bilan 
bir 
qatorda 
baholovchi 
belgilangan 
tartibda 
litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka 
sertifikatiga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar ham bo‗lishi mumkin. 
Bunday holatlarda baholovchi baholash ishlarini o‗tkazishda, agar u 
baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo‗lsa yoki baholovchi tashkilot 
tomonidan jalb etilishi mumkin. Baholovchi nazorat qiluvchi yoki 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‗tkazadigan tekshirishlarda va 
boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‗rtasida 
tuzilgan shartnoma asosida mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, amaliyotimizda turli xil baholash obyektlari 
belgilangan bo‗lib, ular quyidagi obyektlarni o‗z ichiga oladi: 
- alohida moddiy obyektlar; 
- shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu 
jumladan muayyan turdagi mol-mulk; 
- mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‗lgan 
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar; 
- talab qilish huquqlari, majburiyatlar; 
- ishlar, xizmatlar, axborot; 
- intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlarida fuqarolik 
muomalasida bo‗lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik 
huquqlari obyektlari. 
Shu bilan bir qatorda baholash obyekti qiymatining turlari, 
baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati 
yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo‗yiladi. Shunga muvofiq


301 
ravishda baholash obyekti qiymati turlarining qo‗llanish sohasi va 
ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan 
belgilanadi va baholash obyekti baholash pul shaklida amalga oshiriladi. 
Baholash standartlari o‗zaro bog‗liq norma va qoidalar majmuidan 
iborat bo‗lib, ular quyidagilarni belgilaydi: 
- baholash tushunchalari va prinsiplarini; 
- baholash faoliyatida qo‗llaniladigan atamalar va ta‘riflarni; 
- qiymat turlariga qo‗yiladigan talablarni; 
- boshlang‗ich axborotga qo‗yiladigan talablarni; 
- baholashni o‗tkazish tartibini; 
- baholash usullarini qo‗llanish xususiyatlarini; 
- baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‗yiladigan talablarni; 
- boshqa talablarni. 
Yuqorida keltirib o‗tilgan standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, 
ularga qo‗shimcha va o‗zgartirishlar kiritish O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Baholash obyektini baholash to‗g‗risidagi shartnoma baholovchi 
tashkilot va buyurtmachi o‗rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun 
hujjatlariga muvofiq tuziladi. Shartnomada quyidagilar ko‗rsatilishi 
kerak: 
- baholash obyektining nomi; 
- baholash obyektini baholashning maqsadi; 
- baholash obyektining aniqlanadigan qiymat turi; 
- baholash obyektini baholashdan o‗tkazish muddati; 
- baholash obyektini baholashdan o‗tkazganlik uchun pul 
mukofotlari miqdori.
Ushbu shartnomaga asosan baholovchi tashkilotda baholash 
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ushbu litsenziyaning tartib raqami va berilgan 
sanasi ko‗rsatilgan holda, shuningdek, baholovchi tashkilotning 
fuqarolik javobgarligini sug‗urta qilish shartnomasi bo‗yicha 
sug‗urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi 
sug‗urta polisining mavjudligi haqidagi ma‘lumotlar kiritilishi talab 
etiladi. 


302 
Baholash obyektini baholashdan o‗tkazishga quyidagi hollarda 
yo‗l qo‗yilmaydi, agar: 
- buyurtmachi baholovchi tashkilotning mulkdori, muassisi, 
kreditorlari, sug‗urtalovchisi, baholovchisi bo‗lsa; 
- baholovchi tashkilot va baholovchi buyurtmachining mulkdori, 
muassisi, kreditori bo‗lsa; 
- baholovchi tashkilotning va baholovchining baholash obyektida 
mulkiy manfaati bo‗lsa; 
- baholovchi baholash obyektida mulkiy manfaati bo‗lgan shaxslar 
bilan yaqin qarindoshligi yoki qayin-bo‗yinchilik va quda-andachilik 
munosabatlarida bo‗lsa. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi 
qonunning 19-moddasi baholash faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun javobgar deb nomlanib, unda baholash faoliyati 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan 
tartibda javobgar bo‗ladi. Mazkur moddaga asosan baholovchi tashkilot 
shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi 
oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida 
javobgar bo‗ladi. Shuningdek, buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu 
jumladan, boy berilgan foydaning o‗rni qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak bo‗ladi. Shu 
bilan bir qatorda baholovchi obyektni baholashni sifatsiz o‗tkazganligi 
yoki lozim darajada o‗tkazmaganligi, maxfiy ma‘lumotlarni oshkor 
etganligi natijasida yetkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar 
ko‗rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi 
tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‗ladi. 
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‗urta qilish 
O‗zbekiston Respublikasi 1999-yil 19-iyulida qabul qilingan ―Baholash 
faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni hamda 2002-yil 5-aprelida qabul qilingan 
―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunchilik hujjatlariga asosan 
tartibga solib boriladi. 


303 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish