Vazifaviy (ma‟naviy) yemirilish
- ma‘lum inshootning yangi bino
bilan qiyoslaganda foydalilikni ta‘minlashga nisbatan noqodirligi
oqibatida qiymatning yo‗qolishi.
Vazifaviy foydalilik
- loyihani bozor andozalari bilan solishtirish
ko‗rsatkichi.
Garov xat, yoki ipoteka
- moliyaviy majburiyat, unga ko‗ra qarz
beruvchi yoxud qarzdor qarzni to‗lash uchun mulkni garovga qo‗yadi;
tilxatli oddiy vekseldan iborat.
Garov qiymati
- ipoteka qarzini ta‘minlash maqsadidagi aktivning
qiymati; shuningdek, ipoteka qarzining bozor qiymati.
Davr ichidagi birlikning to„plangan summasi
- mazkur omil har
bir davr oralig‗i so‗nggida deponlashtirilgan teng summalar seriyasining
qiymati butun belgilangan muddat tamom bo‗lishi bilan qanday bo‗lishi
kerak, degan savolga javob beradi.
Daromadning umumiy qo„yilmasi
- sof muomala daromadini
daromad keltirayotgan ko‗chmas mulkning sotilish narxiga yoki
qiymatiga
bo‗lish orqali olinadigan matematik koeffitsiyent.
Shuningdek, kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti deb ham
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |