26
yarmining o‗rtalaridan boshlab baholash faoliyati bilan bog‗liq ravishda
shakllanib va uzluksiz takomillashib kelmoqda.
Bunga sabab, inson
sivilizatsiyasining KMQBHB sohasidagi tajribasini shu yillar davomida
boyishi, unda ko‗chmas mulk mulkdorlarining mulkiy munosabatlari va
qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari, ehtiyojlari ortib,
manfaatlari tobora o‗sib, ularning
haq-huquqlari borgan sari
mustahkamlanib va ta‘minlanib borishidadir.
Umuman olganda, zamonaviy KMQBHB yuqori darajada
tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida
globallashib borayotgan alohida bir butun va o‗z muhitiga ega
munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon
bo‗luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo‗lmoqda. Bunda uning
mazmun-mohiyati quyidagi konseptual
tushuncha va qonuniyatlar
asosida belgilanadi.
KMQBHBni quyidagicha ta‘riflash mumkin: KMQBHB – bu
ma‘lum hajm va narxga ega bo‗lgan ko‗chmas mulk qiymatini baholash
xizmatlarini ko‗rsatish bilan bog‗liq tashkillashgan ijtimoiy-iqtisodiy-
informatsion-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan munosabatlarni
turli omillar ta‘siri sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta‘minlovchi
yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo‗luvchi
ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlari bo‗yicha talab va taklif
funksiyasi. Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat,
baholovchi
tashkilotlar va ko‗chmas mulk mulkdorlari tomonidan birgalikda ularni
har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi.
Bu bozorda ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlari xolis
baholovchi tashkilotlardan iste‘molchi (mulkdor)larga tomon, moliyaviy
resurslar esa aksincha yo‗nalishda harakat qiladi
6
.
Shuningdek, KMQBHB tushunchasi ko‗chmas mulk qiymatini
baholash xizmatlari bo‗yicha talab va taklif funksiyasi tushunchasi,
ularning barcha turlarini hajmlari va shartnomaviy narxlarining o‗zaro
bog‗liqlikda (talab va taklif asosida) o‗zgarishi
va shakllanishi muhiti
tushunchasi bilan hamohangligini idrok qilish mumkin. Bu muhitda
6
Shoxa‘zamiy Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. – T.: ―Iqtisod-moliya‖, 2015. – 234 b.
27
ko‗chmas mulk qiymatining ekspert bahosi shakllanishi munosabati
bilan uni qiymatli muhit desa bo‗ladi.
KMQBHB har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy va o‗z
tabiatiga ega qismi (turi)dir. Bunda KMQBHB iqtisodiyotni ko‗chmas
mulk qiymatini baholash xizmatlari bilan ta‘minlaydi, ko‗chmas mulk
mulkdorlarning iqtisodiy faolligini va mulkiy tizim sifatini aks ettiradi.
Zero, mulk qiymati bahosisiz mulkiy munosabatlar, ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayoni va bozor faoliyati natijalarini aniqlash qiyin.
KMQBHBning maqsadi – ko‗chmas
mulk qiymatini baholash
bilan bog‗liq erkin raqobatga asoslangan malakali xizmatlar ko‗rsatish
uchun baholovchi va ko‗chmas mulk mulkdori (buyurtmachisi)
o‗rtasidagi ochiq munosabat, obyektiv konyunktura, yetarli, zaruriy va
qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
KMQBHBning vazifasi – uning ushbu maqsadiga erishishi bilan
bog‗liq funksiyalarni samarali bajarishini ta‘minlashdan iborat.
Iqtisodiyotda
quyidagi
shart-sharoitlar
mavjud
bo‗lganda
KMQBHB samarali faoliyat ko‗rsatishi mumkin:
- samarali mulkchilik tizimini mavjudligi;
- baholovchilarni
sifatli xizmatlar, ko‗chmas mulk mulkdorlarini
esa
bunday
xizmatlarga
ekvivalent
pul
mablag‗lari
bilan
ta‘minlanganligi;
- talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;
- bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining samarali faoliyati;
- bozor iqtisodiyoti qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukm
surishi;
- iqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, risklarni
hamda turli indikatorlarni tahliliyligi va bashoratliligi.
KMQBHBning
faoliyat
ko‗rsatishini
asosiy
tamoyillari
quyidagilardan iborat:
- barcha potensial buyurtmachilar o‗z mablag‗larini foydali tarzda
ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlariga yo‗naltirishlari
uchun
ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish;
- bozorda tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi, ularning narxlarini
obyektivligi va qonuniyligi;
28
- erkin raqobat yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish;
- baholash faoliyati huquqiy ta‘minotining sifatliligi;
- baholash tashkilotlarining transparentliligi (shaffofligi);
- baholovchi va ko‗chmas mulk mulkdor (buyurtmachi)lari
huquqlari va manfaatlarini himoya qilinganligi.
KMQBHBning asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning
tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga baholovchilarning
birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan qoidalarini uyg‗unlashtirish
asosida ta‘minlanadi. Bunda ko‗chmas mulk qiymatini baholash
xizmatini ko‗rsatish bitimi (shartnomasi)ning tartibi va intizomi katta
ahamiyatga ega.
KMQBHBni
tartibga
solish
tamoyillari
ko‗p
hollarda
mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy holatga bog‗liq bo‗ladi,
ammo shu
bilan birga ular shakllangan jahon tajribasini ham inobatga olishlari
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: