86
Soxta demensiya
isteriyada kelib chiqadigan, aqli ojizlikka
o‘xshab ketadigan psixotik holatdir. U ko‘pincha sud-tergov vaziyati
sharoitlarida kuzatiladi. Soxta demensiyaga o‘zini noto‘g‘ri tutish,
ba’zan bema’ni javoblar berish va harakatlar qilish xosdir. Bemorlar
o‘zlarining qayerda
ekanliklarini, hozir qaysi oy, yil ekanligini to‘g‘ri
ayta olmaydilar, eng oddiy savollarga noto‘g‘ri javob beradilar, eng
oddiy topshiriqlarni qo‘pol xatolar bilan bajaradilar, javoblari doimo
qo‘yilgan savolga mos keladi. O‘qish va yozishda xatolar –
grammatik xatolar, harflarni tashlab ketish,
dastxatdagi notekisliklar
– kuzatiladi. Bemorlarning tashqi ko‘rinishiga quyidagilar xos: ular
sarosimaga tushgan, ko‘zlari baqraygan, yuzida bema’ni tabassum.
Reaktiv vasvasa psixozlari
noodatiy vaziyatda, o‘ta qiyin
moslashish sharoitida – masalan, sud-tergov vaziyati sharoitida,
hibsga olinganidan so‘ng urush, to‘satdan atrofidagilardan ajralib
qolgan sharoitda (shaxtaning kirish qismi bosib qolganida) – qulog‘i
og‘irlarda, begona tilda so‘zlashuvchilar orasida, transportda og‘ir
sharoitda uzoq yurganda va boshqa holatlarda yuzaga kelishi
mumkin.
Kuchli reaktiv paranoid manzarasi juda tipik xususiyatga ega:
aniq ko‘rinib turgan qo‘rquv, xavotir,
sarosima fonida yuzaga
keladigan vasvasa g‘oyalarining oddiyligi, nihoyatda affektivlik va
obrazlilik. Kuchli psixotik holat rivojlanishidan avval yashirin
xavotir, muqarrar musibatdan xavotirlanish, qandaydir yomon narsani
kutish hissiga xos bo‘lgan qisqa muddatli davr keladi. Derealizatsiya,
soxta tanishb olish hodisasi kuzatiladi. Bemorlar atrofdagi hamma
narsa «atayin» qilingani, o‘zlariga
qarshi fitna uyushtirilganini,
atrofdagilar shubhali tarzda bir-birlariga qarashayotgani va
pichirlashayotganligini aytadilar. Kuchayib borayotgan xavotir va
shubha fonida to‘satdan o‘lim xavfi hissi yuzaga kelishi mumkin.
Bemorlar atrofdagilarda qotillikni rejalashtirayotgan dushmanlarni
ko‘radilar. Tahlikali xususiyatga ega bo‘lgan eshitish va ko‘rish
gallyutsinatsiyalari bo‘lishi mumkin. Bemorlar asabiylashgan,
qo‘rquvdan
u yoqdan bu yoqqa yuguradilar, ta’qib etuvchilardan
yashirinishga urinib, o‘zlarini o‘ldirishga harakat qiladilar. Kasallik
og‘ir kechadi, bir necha kun kasalxonada yotgach psixotik holat
yo‘qoladi.
87
Sud-psixiatrik baholash.
Reaktiv psixoz holatida ijtimoiy xavfli
harakatlar sodir etgan bemorlar ularga ayb qilib qo‘yilayotgan
qilmishlarga nisbatan aqli noraso deb topiladilar. Yuqorida
aytilganidek, odatda reaktiv psixozlar sud-tergov vaziyatlari davrida
yuzaga keladi. Sud-psixiatriya ekspertizasi tekshiriluvchining ruhiy
holatiga ko‘ra sud, tergovda hozir bo‘lish va qilmishi uchun javobgar
bo‘lish imkoniga ega yoki ega emasligidan iborat asosiy masalani hal
qilishi kerak. Reaktiv psixozlarning
dastlabki holga qayta olish
xususiyati tufayli jinoyat ishlari kasallik davrida vaqtincha to‘xtatib
turiladi. Bemorlar davolanish uchun sog‘ayib ketgunlaricha
psixiatriya muassasalariga yuboriladilar. Mahkumlarda reaktiv psixoz
yuzaga kelganida ham masala shu tariqa hal qilinadi. Bunday
shaxslar muddatidan ilgari jazodan ozod qilinmaydilar, ular kasallik
holatidan butunlay chiqqunlaricha psixiatriya statsionarida davola-
nish uchun yuboriladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: