O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

O‘rtacha rivojlanuvchi shizofreniya 
odatda 25-30 yoshlarda 
paydo bo‘ladi. Dastlab, ayniqsa, birinchi yillari asta-sekin rivojlanadi. 
Kasallikka vasvasa bilan bog‘liq ruhiy buzilishlar xosdir. Tipik 
vasvasa xayoldan ketmaydigan g‘oyalar va nevrozga o‘xshash 
ko‘rinishlar, bezovtalik, gumonsirash bilan boshlanadi. Bu davr bir 
necha yil davom etishi mumkin. So‘ngra kasallikning turli 
mazmunga ega bo‘lgan patologik «o‘ta qimmatli» va vasvasa bilan 
kechadigan g‘oyalar kompleksiga ega bo‘lgan paranoyyal bosqichi
(ta’qib etish, zaharlanish, rashk, ipoxondrik yoki sevgi bilan bog‘liq 
munosabatlar) boshlanadi. Paranoyyal bosqich har xil vaqt 
mobaynida – 2–3 yildan 10–20 yilgacha va undan ortiq davom etadi. 
Sof g‘ayriqonuniy harakatlar kasallik ikkinchi bosqichga o‘tayotgan 
davrda psixoz sipmtomlari kuchayishi bilan sodir etiladi. 


80
Keyinchalik klinik manzarasi murakkablashib boradi: ulug‘lik 
vasvasasi, fantastik gallyutsinator buzilishlar paydo bo‘ladi. Avvalgi 
vasvasalar tizimi yo‘qola boshlaydi, psixik avtomatizmlar jadalligi 
bo‘yicha kuchaya boshlaydi va xilma-xil tus oladi. Ijtimoiy-xavfli 
harakatlar kasallikning alohida davrlarida ham sodir etilishi. Biroq 
kasallik o‘z bosqichlarining birida barqaror tus olishi mumkin. 
Paranoidal shizofreniyaning dastlabki holati og‘ir holatidagidan 
yengilroqdir. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarning ko‘pchiligi, 
agar ular doimiy qo‘llab-quvvatlovchi davolashda bo‘lsalar, 
davolanishdan so‘ng uy sharoitida yashashlari, bunda ularda qisman 
mehnatga layoqat saqlanib qolishi mumkin. 
Sust kechuvchi shizofreniya 
kasallik sekin kechayotgan, o‘tkir 
psixotik holatlar kuzatilmayotgan bemorlarda uchraydi. Dastlab 
nevrozsimon buzilishlar, sababsiz kayfiyat o‘zgarishlari, obyektiv 
sababsiz yuzaga keladigan noaniq jismoniy shikoyatlar, charchoq 
hissi kuzatiladi. 
Kasallikning sekin rivojlanishi bemorlar ijtimoiy moslashuvini 
uzoq vaqt saqlab qolishlariga imkon beradi. Nevrozsimon buzilishlari 
bo‘lgan bemorlar kam hollarda g‘ayriqonuniy harakatlar sodir 
etadilar. 
Sust kechuvchi shizofreniya aniq psixopatik simptomlar bilan 
kechgan taqdirda vaziyat boshqacha bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchanlik, 
jizzakilik, g‘azablanish, muhit ta’siriga qarshi barqaror tura olmaslik, 
boshqalar ta’siriga beriluvchanlik, disforiya tipi bo‘yicha kayfiyat 
buzilishlariga moyillik kabi xislatlarning mavjudligi hissiy 
qobiliyatning pasayishi bilan bir qatorda xilma-xil harakatlar, 
birinchi navbatda, jamoat tartibiga qarshi qaratilgan, asosan bezorilik, 
g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etilishi uchun qulay sharoit 
hisoblanadi. Bemorning kriminogenligi tashqi qo‘shimcha omillar 
ta’sirida keskin kuchayadi, ular orasida alkogol birinchi o‘rinni 
egallaydi. Alkogoldan mast holatda bemorlar turli-tuman, jumladan 
eng og‘ir jinoyatlarni sodir etishlari mumkin. 
Vaqti-vaqti bilan qaytalanadigan xurujsimon shizofreniya 
psixozning o‘tkir, nisbatan qisqa muddatli xuruji bilan kechadigan, 
ora-sira tanaffuslar bo‘ladigan jihatlari bilan farq qiladi, shaxsdagi 
o‘zgarishlar uzoq vaqt ko‘rinmaydi.


81
Xurujlarning rivojlanishida ruhiyat buzilishining muayyan ketma-
ketligi aniqlanadi. Birinchi bo‘lib affektiv buzilishlar yuzaga keladi
kayfiyatning tushishi, xavotir, injiqlik, jizzakilik, yig‘loqilik, zavq, 
iyib (erib) ketish, zehn ochilishi hislari bilan qo‘shilib keladi. 
Kasallik chuqurlashganida harakat kuchayadi yoki, aksincha, sustlik 
kuzatiladi. Keyinchalik tuzilishiga ko‘ra har xil bo‘lgan obrazli 
vasvasa yuzaga keladi, u fantastik mazmunning kuchayishi tomon 
o‘zgarib boradi. Kuchli harakatchanlik borgan sari ko‘proq harakat-
sizlik holati bilan almashinadi va nihoyat, xurujning cho‘qqisiga 
chiqqanda oneyroidli ong xiralashishi bilan kechadigan stupor 
rivojlanadi. 
Xurujlar takrorlanishi har xil bo‘ladi - butun umr davomida bir 
martadan o‘nlab martagacha bo‘lishi mumkin. Rekurrent shizofreniya 
xuruji o‘z rivojlanishining istalgan bosqichida to‘xtashi mumkin. 
Agar hammasi faqat affektiv buzilishlar paydo bo‘lishi bilan 
cheklansa, sirkular shizofreniya haqida; depressiv buzilishlar va 
depressiv vasvasa shakllari (o‘zini yoki birovni ayblash) ko‘proq 
bo‘lganida, depressiv-paranoid shizofreniya haqida; oneyroid stupor 
rivojlanganida – oneyroid katatoniya haqida so‘z yuritiladi. 
Xurujsimon rivojlanuvchi shizofreniya 
ham xurujlar shaklida 
kechadi. Lekin bu xurujlar rekurrent shizofreniyadagi xurujlardan 
uzoqroq davom etadi. Rekurrent shizofreniyaga xos buzilishlardan 
tashqari bu yerda doimo keskin verbal gallyutsinoz, Kandinskiy-
Klerambo sindromi, keskin yuzaga keladigan interpretativ (talqinli) 
vasvasa, yorqin namoyon bo‘ladigan va davomli katatonik 
buzilishlar, parafren holatlar singari alomatlar (sindromlar) doimiy 
ravishda uchrab turadi. Ruhiy buzilishlar hech bir izchilliksiz, 
betartib yuzaga kelishi mumkin. Aqli zaiflik kuchayib boradi. 
Vaqti-vaqti bilan qaytalanadigan xurujsimon shizofreniya va 
xurujsimon rivojlanuvchi shizofreniyaga chalingan bemorlarning 
manifestli psixoz davridagi jinoyatga moyilligi (kriminogenligi) 
unchalik yuqori emas, chunki ular aksariyat hollarda o‘z vaqtida 
ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuboriladilar. 
Sud-psixiatrik baholash.
Psixozning klinik ko‘rinishi va shaxs-
ning remissiya davridagi aniq o‘zgarishlari (nuqson simptomlari) 
shizofreniya tashxisi xususida shubha uyg‘otmagan holatlarda sud-


82
psixiatriya baholashida qiyinchilik tug‘ilmaydi. Bunday holatda 
huquqbuzarliklar sodir etgan shizofreniyaga chalingan bemorlar aqli 
noraso deb topiladi. 
Shaxsdagi o‘zgarishlar unchalik sezilarli bo‘lmagan holda uzoq 
davom etgan chuqur remissiya bo‘lgan hollarda ko‘pincha bemorlar 
tashqaridan qaraganda ruhiyatni shikastlovchi vaziyatlar sharoitiga, 
jumladan huquqbuzarlik bilan bog‘liq sharoitlarga ijtimoiy jihatdan 
moslashgan bo‘ladilar. Psixiatr-ekspertlar ularda u yoki bu shaxsiy 
o‘zgarishlar va yengil ijobiy buzilishlarni aniqlaydilar. Bunday 
shaxslar kasal deb topilgandan ko‘ra sodir etilgan huquqbuzarlik 
uchun javobgarlikka tortilishni afzal bilib, o‘zlarining ruhan sog‘lom 
ekanliklarini isbotlashga har tomonlama harakat qiladilar. Shunga 
qaramay, remissiya davrida huquqbuzarlik sodir etgan shizofreniya 
bilan kasallangan bemorlarning aksariyati aqli noraso deb topilishlari 
kerak. 
Shizofreniyani aniqlashdagi qiyinchiliklar uning boshlang‘ich 
(initsial) bosqichlarida, shuningdek sust kechgan, nevrozsimon va 
psixopatologik buzilishlar yoki paranoyyal vasvasa ustunlik qilganida 
yuzaga keladi. Ushbu hollarda aqli noraso deb topilgan bunday 
bemorlar uzoq vaqt ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanishlari, 
jazo o‘tashlari, so‘ngra kasallik oqibatida takroran ijtimoiy xavfli 
harakatlar sodir etishlari mumkin. 
Shizofreniyaga chalingan bemorlar ularning muomala layoqati va 
binobarin, vasiylik qilish masalasi hal etiladigan fuqarolik ishlari 
munosabati bilan sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tishlari mumkin. 
Ruhiy kasallarning huquqlarini muhofaza qilish va xavfli 
harakatlarining oldini olish zarurligi sud-psixiatriya ekspertizasining 
ahamiyatini belgilab beradi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish