Patologik mudroq holat (uyqudan mast bo‘lish)
– ong xiralashu-
vining turlaridan bo‘lib, sud psixiatriyasida muhim o‘rin tutadi.
Yorqin, jumladan dahshatli tushlar bilan kechadigan uyqudan sekin
uyg‘onishda yuzaga keladi. Bunday hollarda uyqudagi tormozla-
nishdan avvalo harakatlarga aloqador funksiyalar qutuladi, ayni
vaqtda ongni tashkil qiluvchi oliy ruhiy funksiyalar hali turli
darajadagi tormozlanish holatida bo‘ladi. Yarim uyg‘oq odamda u
75
haqiqat deb qabul qilayotgan tushlar saqlanib qoladi. Ular atrofni
noto‘g‘ri idrok etish bilan qo‘shilib, dahshatga va patologik
kechinmalarga mos ravishda atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan
harakatlar sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Patologik mudroq
holat chuqur uyqu bilan tugaydi. Tushlarning ayrim parchalari
xotirada saqlanib qolishi mumkin.
Aqli zaiflik sindromi
psixikaning qat’iy, orqaga qaytmas
darajadagi kuchsizlanishida namoyon bo‘ladi. U o‘tmishda olingan
bilim va ko‘nikmalarning yo‘qolishi yoki kamayishi, yangilarini
olishning mumkin emasligi va qiyinligi bilan kechadi. Aqli zaiflik
sindromi bosh miya qobig‘ining, faoliyatning qattiq buzilishi
holatlarida esa ikkinchi signal tizimi organik zararlanishining oqibati
sifatida rivojlanadi.
Tug‘ma va orttirilgan aqli zaiflik farqlanadi. Tug‘ma aqli zaiflik
(oligofreniya)da (ko‘pincha homilaning tug‘ilish paytidagi jarohati
oqibatida) aqliy kamchilikning nisbatan tekis, bir xil darajasi, so‘z,
tushunchalar, bilimlar, ko‘nikmalar boyligining kamligi kuzatiladi.
Agar bu turdagi aqli zaiflik keskin bo‘lmagan shaklda namoyon
bo‘lsa, bemorlar oddiy va aniq faktlarni tushunish qobiliyatini saqlab
qoladilar, odatdagi vaziyatda oriyentir oladilar, eng oddiy ko‘nik-
malarni o‘rganish, ba’zi sodda kasbiy bilimlarni egallashga qodir
bo‘ladilar.
Hayotda orttirilgan aqli zaiflik
demensiya
deb ham ataladi.
Orttirilgan aqli zaiflikda normal aqliy faoliyat kasallik jarayonining
oqibatida buziladi. Bunda ayrim ma’lumotlar zaxirasi, nutq tuzilishi,
so‘z boyligi bemor ilgari boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lganligini
ko‘rsatadi. Chuqur aqli zaiflik va ruhiy tanazzuldan dalolat beruvchi
javob bilan bir qatorda undan ilgarigi bilimlari, avvalgi aqliy
qobiliyati va fikrlarining parchalari bo‘lgan ayrim mulohazalarni
eshitish mumkin.
Aqli zaiflikning ushbu ikkala shakli tafakkur sustligi, analiz va
sintez, hukm va tushunchalarning asosini tashkil qiluvchi yuqori
tartibdagi muvaqqat aloqalar hosil qilish imkoniyatining
cheklanganligi bilan ajralib turadi. Aqli zaiflikda aqliy faoliyatning
buzilishi bilan bir qatorda xatti-harakatni boshqarish ham buzilganligi
kuzatiladi. Bu affektiv reaksiyalarning xarakterida namoyon bo‘ladi.
76
Ifodalanganlik darajasi bo‘yicha yalpi (to‘liq) va juz’iy
(o‘choqsimon) aqli zaiflik ajratiladi.
Yalpi aqli zaiflikda
tanqidiy qarash qattiq buzilgan bo‘ladi yoki
umuman mavjud bo‘lmaydi. Bemorlarda fikrlash darajasi keskin
pasaygan va xotira buzilgan, tafakkur susaygan va samarasiz bo‘ladi.
Befarqlik, beparvolik, ustunlik qiladi. Ilgari xarakterga xos bo‘lgan
individual xususiyatlar yo‘qotilgan bo‘ladi. Agar ilgari psixikaning
har xil ijobiy simptomlari kuzatilgan bo‘lsa, endi ular mavjud
bo‘lmaydi. «Ruhiy tuzilishining vayronalari» qoladi, xolos. Yalpi aqli
ojizlikning yorqin misoli rivojlanib boruvchi shollikda kuzatiladigan
aqli ojizlikdir.
Juz’iy (lakunar) aqli zaiflikda
tanqidiy munosabat, fikrlash, xotira
to‘liq pasaymaydi. Bemorlarda o‘zining foydasizligi hissi bilan
kechadigan kayfiyat va yig‘loqilik kuzatiladi. Shaxsning avvalgi
xarakteriga xos bo‘lgan asosiy jihatlar saqlanib qoladi. Markaziy asab
tizimining qon tomir kasalliklarida kuzatiladigan aqli zaiflik bunga
misol bo‘lishi mumkin.
Aqli zaiflikning yorqin ifodalangan shakllari bilan bir qatorda
ruhiy faoliyat susayishining «xususiyatlarini pasayishi» tushunchasi
bilan ifodalanadigan yengil shakllari ham mavjud. Ularga, birinchi
navbatda, bemorning kasbiga taalluqli bo‘lgan ish qobiliyatining
pasayishi, barqaror charchoq, xotiraning yomonlashuvi, qiziqishlar
doirasining torligi xosdir. Bemor shaxsiga xos ba’zi jihatlar
yo‘qolishi, boshqalari, aksincha, sezilarli darajada kuchayishi mum-
kin. Biroq, avvalgi individuallik, umuman olganda, yetarli darajada
saqlanib qoladi. Bemor yuz berayotgan o‘zgarishlarni har doim
anglaydi. Xususiyatlarining pasayishi barqaror (statsionar) bo‘ladi
yoki asta-sekin aqli zaiflik simptomlari ko‘rinishlari bilan almashi-
nishi mumkin.
Aqli zaiflik sindromi turli kasalliklarda har xil namoyon bo‘ladi.
Rivojlanib boruvchi shollikdagi (masalan, zaxm oqibatida) aqli
zaiflikka
tanqidiy munosabatning keskin pasayishi, kasal ekanligini
mutlaqo anglamaslik, parishonxotirlik va tashqi ta’sirga
beriluvchanlik xos. Bemorlar eng oddiy aqliy operatsiyalarni bajara
olmaydilar, xotiraning borgan sari kuchli buzilishlari paydo bo‘ladi.
Bu kasallikdagi aqli zaiflikka xos xususiyat ko‘tarinki kayfiyat
77
(eyforiya) bo‘lib, u bema’ni buyuklik vasvasa g‘oyalari yoxud
bema’ni mazmunga ega bo‘lgan gaplar bilan birga keladigan
befarqlik (apatiya) va umidsizlik bilan kechadi.
Epileptik aqli zaiflikka
assotsiatsiyalarning o‘zgaruvchanligi va
qiyin harakatlanishi xosdir. Bemorlar o‘z fikrlarini shoshilmasdan,
haddan tashqari batafsil bayon etadilar, o‘zlarini chalg‘itishlariga,
gaplarini bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaydilar, nomuhim tafsilotlarga
berilib ketadilar, ayni vaqtda asosiy muhim jihatlarni e’tibordan
chetda qoldiradilar va so‘z boyligi kamayib boradi.
Shizofrenik aqli zaiflik
o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Bemorlar bilim zaxiralarini yo‘qotmaydilar, mayda tanbehlar
berishga, mavhum g‘oyalar berishga qodirdirlar. Ammo ularning bu
bilimlari maqsadsiz bo‘ladi, chunki ular assotsiatsiyalarining poyma-
poyligi, atrofdagi hech narsaga qiziqmasliklari, voqelik bilan aloqani
yo‘qotganliklari tufayli o‘z bilimlaridan maqsadli foydalana
olmaydilar. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari o‘rtasida aloqa
buzilgan so‘zlar, tushunchalar, muayyan hodisalar haqidagi bilimlar-
ning real voqelikdan uzilishiga olib keladi. Bemorlarning fikrlashi
mavzusiz bo‘lib boradi, so‘zlarga istalgan ma’no beriladi.
Aqli zaiflikning aniqlanishi sud psixiatriyasida katta ahamiyatga
ega. Kasallik tashxisi noaniq bo‘lib qolgan hollarda ham aqli
ojizlikning mavjudligi aqli norasolikni tan olishni talab etadi.
Ta’kidlash lozimki, o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunmaslik va
ularni boshqara olmaslik kabi aqli norasolikdek yuridik mezonning
bunday belgilari doimo barcha turdagi aqli ojizlikda mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |