O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Alohida holatlar 
Alohida holatlar to‘satdan boshlanish, uzoq davom etmaslik 
(daqiqalar, kamdan-kam hollarda soatlar davom etadi), ongning 
buzilishi, asosan esning kirdi-chiqdi bo‘lib qolishi, shu davrda yuz 
bergan hodisalarni batamom yoki qisman unutish kabi umumiy 
belgilar bilan birlashadigan ruhiy faoliyatning vaqtinchalik buzilishi 
hollarining nozologik va simptomatik yig‘ma guruhi. Alohida 
holatlar ruhiy kasallikka chalinmagan shaxslarda yuzaga keladi va 
odatda ularning butun umri davomida bir marta uchraydi. 
Alohida holatlarga quyidagi kasallik shakllari kiradi:
1) patologik mastlik; 
2) qandaydir surunkali kasallikning alomati bo‘lmagan ongning 
kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi; 
3) patologik uyqusirash holatlari; 
4) patologik affekt; 
5) «qisqa tutashuv» reaksiyasi. 
Barcha alohida holatlarga xos bo‘lgan umumiy jihat ruhiy 
faoliyat buzilishlarining rivojlanish qonuniyatlaridagi, ularning 
kechishi va tugashidagi katta o‘xshashlik va umumiylik, ularni bilib 
olishning juda qiyinligidir. Alohida holatlar sog‘lom odamlarda 


88
uchrashi mumkin, ammo ko‘pincha u yoki bu darajadagi ruhiy 
og‘ishlarga ega bo‘lgan shaxslarda kuzatiladi. Bunday shaxslar 
o‘tmishda boshdan kechirgan markaziy asab tizimidagi organik 
kasalliklar (bosh suyagi va miya jarohatlari, infeksiyalar va 
intoksikatsiyalarda), alkogolizm, fe’lidagi (xarakteridagi) psixopatik 
jihatlar, nevrotik buzilishlarning qoldiq ko‘rinishlari mavjudligi bilan 
bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. 
Epilepsiya (tutqanoq) 
Epilepsiya – miloddan ko‘p asrlar avval ham ma’lum bo‘lgan 
kasallik. Uning tavsiflanishi qadimgi Misr, Hindiston, Yunonis-
tonning saqlanib qolgan qo‘lyozmalarida uchraydi. Epilepsiyaning 
nomi «qamrab olaman» ma’nosini bildiruvchi grekcha «epelyam-
bano» so‘zidan kelib chiqqan. Epileptik tutqanoq to‘satdan yuz 
berishi, kuchli talvasaga tushish, so‘ngra uyg‘otib bo‘lmaydigan 
uyquga ketish holatlari bilan qandaydir tushunarsiz, g‘ayritabiiy, 
ilohiy kuch bilan bog‘liqlik taassurotini yuzaga keltirgan. 
Yuzaga kelish xususiyati va kechishi bo‘yicha ikki guruhini 
ajratish mumkin. Birinchisi – davriy, keskin kechadigan qisqa 
muddatli buzilishlar – epileptik paroksizm deb ataladi. Bunga aurali 
va katta talvasali tutqanoqlar bilan bir qatorda, kichik tutqanoqlar, 
absanslar, psixik ekvivalentlar va kayfiyat buzilishlari ham kiradi. 
Ikkinchi guruhi – bemor shaxsining o‘ziga xos epileptik o‘zgarishlari 
va epileptik aqli ojizlikka olib keluvchi xarakter va intellektdagi 
doimiy buzilishlar. 
Katta talvasali tutqanoq 
xushdan ketishdan bir necha daqiqa 
oldin keladigan aura bilan boshlanishi mumkin. Aura vaqtidagi 
kechinmalar har xil bo‘ladi: hid bilish aurasi chog‘ida bemorlar 
qandaydir hidlarni sezadilar, ko‘rish aurasi chog‘ida – yorqin nur, 
olov, figuralarni ko‘radilar, bemorlar sovuq, uvushish, chumoli 
yurishini his qilishlari mumkin. Ruhiy aura qo‘rquv, kamroq hollarda 
farog‘at va xursandchilik his qilishda namoyon bo‘ladi. 
Katta talvasali tutqanoq aurasiz boshlanishi ham mumkin. Bemor 
to‘satdan xushidan ketadi, ko‘pincha juda noqulay va nomuvofiq 
joylarda yiqiladi. Xushdan ketish bilan bir vaqtda tutqanoqning 
birinchi – tonik talvasa fazasi boshlanadi. Barcha muskullar kuchli 


89
tonik taranglik holatida, yuz qotib qolgan talvasali bujmayish 
holatida, bosh yon tomonga burilgan, ko‘z soqqalari yon va yuqoriga 
qaragan, jag‘lar qattiq siqilgan. Tovush chiqaruvchi oraliq 
mushaklarining tirishishi tutqanoq boshlanishi paytida bemorning 
qattiq qichqirig‘i bilan kechadi, nafas olish to‘xtaydi, ko‘z 
qorachiqlari kengaygan va yorug‘likdan ta’sirlanmaydi. Yuz dastlab 
oqaradi, so‘ngra ko‘karadi. Tonik faza bir necha soniya davom etadi 
va klonik tirishish (talvasa) fazasi bilan almashadi. Nafas olish 
tiklanadi, shovqinli va bo‘g‘iq kechadi. Yuz, qo‘l-oyoq, gavda 
mushaklarida ayrim mushaklar guruhlarining beixtiyor qisqarishlari 
bilan bog‘liq kuchli to‘lg‘anish hollari yuzaga keladi. Og‘izdan 
so‘lak ko‘pik holida chiqadi, ixtiyorsiz siyish va defakatsiya yuz 
berishi mumkin. Asta-sekin titrash kamayib, nihoyat yo‘qoladi. 
Tutqanoq 2–3 daqiqa davom etadi. 
So‘ngra epileptik komaning uchinchi fazasi boshlanadi. U 20–30 
daqiqa davom etadi. Ushbu holat uyquni eslatadi, ammo koma 
holatidagi bemorni uyg‘otib bo‘lmaydi. Koma tabiiy uyqu bilan 
almashadi. Tutqanoq tugaganidan so‘ng bemor lanjlik, charchoq 
hissini tuyadi. Hushga kelgach tutqanoq haqidagi xotiralar saqlanib 
qolmaydi. Katta talvasali tutqanoqlar birin-ketin kelgan va ular 
orasidagi tanaffuslarda bemor koma holatidan chiqmagan holatlarda 
«epileptik status» haqida so‘z yuritiladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish