O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Qadriyatlar tizimida inson huquqlari va erkinliklari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
9-§. Qadriyatlar tizimida inson huquqlari va erkinliklari 
Qonun ustuvorligi deyilganda, qonunning boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarga 
nisbatan ustunliganing o’zigina emas, balki jamiyat a’zolariga amaldaga qonunchilik 
tarafidan berilgan barcha huquq va erkinliklarning majmui ham nazarda tutiladi. Huquqiy 
davlatda inson huquqdarining biron tarzda kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. Aksincha, u 
mazkur huquqlarni muntazam ravishda va beistisno ta’min etishi va ularni himoyalab 
turishi lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyat va davlat hayotining barcha 
sohalarida huquqiy tenglik masalasi prinsipial ahamiyat kasb etadi. Uning hal qilinishi 
uchun davlat tomonidan ishonchli kafolatlar yaratilishi va tenglik amalda ta’minlanishi 
zarur. 
Huquqiy davlatda yashayotgan inson va fuqaroning huquq va erkinliklarining 
ro’yxati xalqaro hujjatlarda aks ettirilgan. Bular sirasiga, eng avvalo, 1948 yil 10 dekabrda 


278 
BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqdari umumjahon 
deklaratsiyasi, 1966 yil 16 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul etilgan 
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt hamda Fuqarolik va 
siyosiy huquqdar to’g’risidagi xalqaro pakt kiradi. 
Qayd etib o’tilgan hujjatlarda sanab o’tilgan huquq va erkinliklar huquqiy 
davlatlarning konstitutsiyasida mustahkamlab va kafolatlab qo’yilgan. Ularda asosiy e’tibor 
aybsizlik prezumpsiyasini ko’zda tutadigan shaxsning yuridik jihatdan himoyalanishi 
masalasiga qaratiladi. Aybsizlik prezumpsiyasi esa haqiqiy demokratik davlatda fuqaroning 
u yoki bu jinoyatni sodir etishda aybdorligi yoki aybsizligi masalasini faqat sud hal qiladi, 
degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, o’lim jazosi tayinlanishi mumkin bo’lgan jinoyat 
yuzasidan fuqaro ishni maslahatchilar sudi ko’rib chiqishini talab etishga haqlidir. 
1948 yili qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 30 ta moddadan 
iborat. Unda «barcha insonlar erkin va sha’ni hamda huquqlari jihatidan tengdir. Ularga akl 
va vijdon berilgan, bir-biriga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo’lishlari lozim», deb 
yozib qo’yilgan. Shuningdek, mazkur hujjatda inson sha’nini erga uradigan 
munosabatlarga, zulm va jazoga yo’l qo’yilmasliga ham ko’rsatib o’tilgan. 
Deklaratsiyaning 6-moddasida har bir shaxsning huquq egasi ekanligi, ya’ni insonga 
qonunchiliqda belgilab qo’yilgan huquqdarni olish va foydalanish imkoniyati berilishi 
belgilab qo’yilgan. 
Shuningdek, Deklaratsiyada hech bir shaxs asossiz ravishda qamoqqa olinishi, 
ushlab turilishi yoki surgun qilinishi mumkin emasligi, har bir odamning tengravishda 
qonun himoyasida bo’lishi, oshkora va adolatli sud qilinishi bayon etilgan. Deklaratsiyada 
fuqaroning shaxsiy va oilaviy hayotiga ruxsatsiz aralashish, uy-joyining, xat-xabarlarining 
daxlsizligi huquqiga tajovuz etish mumkin emasliga ham ko’rsatib o’tilgan. Insonning 
davlat tomonidan tan olinishi va hurmat etilishi shart bo’lgan boshqa huquq va erkinliklari 
(fikr, vijdon va din erkinligi, har qanday davlat hududida erkin harakatlanish, boshqa 
davlat hududidan boshpana topish, mehnat qilish, teng haq olish, erkin kasb tanlash, 
ishsizlikdan himoyalanish, kasaba uyushmalari tuzish huquqlari) ham bayon qilingan. 
Siyosiy va g’oyaviy plyuralizm huquqiy davlatning muhim belgilaridan sanaladi. 
Bunday plyuralizmsiz uning mavjudligi ma’nosizdir. Plyuralizm sharoitida faoliyat 
ko’rsatayotgan turli ijtimoiy kuchlar o’zlarining siyosiy tashkilotlari vositasida davlat 
hokimiyatini qo’lga olish uchun madaniy vositalar yo’li bilan o’ziga raqib bo’lgan kuchlarga 
qarshi halol siyosiy kurash olib boradi. Royaviy plyuralizm esa ularga o’zlarining dasturiy 
qarashlarini erkin ifoda-lash va g’oyaviy konsepsiyalari foydasiga erkin targ’ibot-tashviqot 
olib borish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Siyosiy va g’oyaviy plyuralizm jamiyatdagi demokratiyaning namoyon bo’lishi va 
tantanasidir. U jamiyatning har bir a’zosiga u yoki bu siyosiy tashkilotga kirish, g’oyaviy 
jihatdan ma’qulini tanlash masalasini o’zi hal etishga imkon beradi. Davlat jamiyatga biron 
muayyan mafkurani zo’rlab singdirmasligi yoki biron siyosiy tashkilotga ustunlik bermasligi 
kerak, degan tushunchaning ma’nosi ham shunda. 
Deklaratsiyada qayd etilgan barcha huquq va erkinliklar davlat tomonidan amalda 
ta’minlanishi lozim. Bu vazifa, eng avvalo, turli qonun hujjatlarining qabul etilishi va joriy 
qilinishi hamda ularning ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasida mustahkamlanishi 
orqali amalga oshiriladi. Inson huquqlari borasidagi xalqaro hujjatlar sirasida Fuqarolik va 
siyosiy huquqdar to’g’risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy huquqlar 
to’g’risidagi xalqaro pakt hamda Bolaning huquqdari to’g’risidagi konvensiyani ham sanab 
o’tish lozim. 
Zamonaviy fuqarolik jamiyatidagi huquqlarning yuqorida qayd etilgan xususiyatlari 
orasidan bittasini alohida ajratib ko’rsatish zarur. Insonning huquq va erkiyliklari 
qonunchilik hamda huquqiy siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qolayotgandan 


279 
tashqari, u yoki bu xatti-harakatni baholash sud himoyasi predmeti sifatida ham ahamiyat 
kasb etmoqtsa. Shuning uchun ham davlat hujjatlari ustidan, agar shikoyatchining 
nazarida huquqdari cheklanayotganday tuyulsa, xalqaro sud organlariga murojaat qilish 
imkoniyati paydo bo’ladi. 
Real hayotda fuqarolarning huquq va erkinliklari dunyoning har joyida buzilib 
turibdi. Bular quyidagilarda ko’rinmoqtsa: xalqlarning huquqlariga tegishli bo’lgan xalqaro 
hujjatlarning buzilishi, fuqarolar huquqiy tengaiganing buzilishi, ekstremist kuchlar 
tomonidan huquq va erkinliklardan noqonuniy maqsadlarda foydalanish, qonunlarning 
bajarilmasligi. 
Dunyo hamjamiyatida inson huquq va erkinliklari buzilishlariga hali to’la chek 
qo’yilgani yo’q. Genotsid, irqiy kamsitishning turli ko’rinishlari, harbiy jinoyatlar, 
shuningdek, insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlar batamom bartaraf etilgan emas. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish