- Xalq sudni faqat odamlarni koralay-digan,
jazolaydigan organ deb emas, aksincha ularning haq-huquqlari va manfaatlarini
himoya qiladigan organ deb bilishi kerak».
68
Inson huquqlari qonunchilik kafolatlari tizimini shakllantirish huquqiy davlatning
muhim tamoyili, fuqarolik jamiyatini bunyod etishning zarur sharti hisoblana-di. Bizning
respublikamizda bunday tizimning konstitutsiyaviy, huquqiy asoslari yaratilgan.
«Fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida, - deb ta’kidladi Prezidentimiz,
-
Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy
g’oya va qoidalarini o’ziga singdirgan».
69
Bizning respublikamiz uchun bu prinsipi-al
yangi ohangdagi va yo’nalishdagi hujjat bo’lgandi. Zero, «...biz so’nggi 70 yil mobaynida
davlatga qaramlik va soginish holatida yashadik. Mamlakatdagi barcha boyliklarning,
mulkning egasi davlat deb hisoblab keldik. Qaysi masalani olmaylik, davlat manfaati
birinchi o’rinda, fuqaro, shaxs manfaati esa, deyarli hisobga olinmasligi eski
Konstitutsiyalarning har qaysi moddasida yaqqol ko’zga tashlanar edi».
70
Bugungi kunda O’zbekistonda inson va fuqaroning ajralmas huquqdari - so’z
erkinligi, e’tiqod erkinligi, kasbni, ishni erkin tanlash huquqi va boshqa huquqlar qonun
yo’li bilan ishonchli tarzda mustahkam himoyalangan. Shunga qaramay, Respublikamizda
fuqaro, shaxs huquqlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilik sohasida jadal ish olib
borilyapti. Bu ish bir necha yo’nalishga ega.
Birinchi yo’nalish
- ijtimoiy hayotni boshqarish, fuqarolarning siyosiy huquqlari va
erkinliklarini ta’min-lashga yo’naltirilgan qonunchilikdir. Bu erda muayyan ish-lanmalar
mavjud. Ularga «Oshkoralik to’g’risida»gi, «Saylovlar to’g’risida»gi, «Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to’g’risida»gi, «Prezidentning or-nomusi va sha’nini muhofaza etish
to’g’risida»gi, «Fuqarolik to’g’risida»gi, «Ko’ngalli jamoat tashkilotlari to’g’risida»gi,
«Muqobil xizmat to’g’risida»gi, «Referendum to’g’risida»gi, «Mehnatni muhofaza qilish
to’g’risida»ga, «Sugurta to’g’risida»gi, «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi va boshqa
qonunlar kiradi.
Yangi Konstitutsiyada butun bir bo’lim (ikkinchi bo’lim)da mamlakatimiz tarixida ilk
68
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-tom, T., «O’zbekiston», 1996. 186-bet.
69
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-tom, T., «O’zbekiston», 1996. 95-bet.
70
O’sha kitob, 94-bet.
276
bor inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari konstitutsiyaviy
tarzda mustahkamlandi. Saylov huquqdarining kafolatlanishi to’g’risidaga qonun qabul
kdpindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |