O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Huquqiy davlat va hokimiyatlar bo’linishi tamoyshga



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

8-§. Huquqiy davlat va hokimiyatlar bo’linishi tamoyshga 
 
Huquqiy davlatda davlat hokimiyati mutlaq emas. Bu hol nafaqat huquqning 
ustuvorligi, davlat hokimiyatining huquqqa bogaab qo’yilgani bilan, balki davlat 
hokimiyatining qanday tuzilgani, uning qanday shaklda va qaysi vositalar bilan amalga 
oshirilishi bilan ham belgilanadi. Shu erda hokimiyatlarning bo’linishi nazariyasiga to’xtalish 
lozim. Bu nazariyaga binoan, hokimiyatlarning (qonun chiqaruvchi, ijro qiluvchi va sud 
hokimiyatlarining) qo’shilib ketishi, bir organ, bir kishining qo’lida to’planishi despotik 
rejimning o’rnatilishi, binobarin, shaxs erkining yo’qqa chiqarilishini anglatadi. Shu bois, 
huquq bilan chegaralanmagan avtoritar mutlaq davlat hokimiyati paydo bo’lishining oldini 
olish uchun hokimiyat shahobchalari bir-biridan ajratilishi va aniqlashtirilishi lozim. 
Hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro qiluvchi va sud hokimiyatlariga ajratish tamoyili 
hokimiyatning ushbu har bir shahobchasi mustaqil va boshqasining vakolatiga daxl 
qilmagan holda faoliyat ko’rsatishini bildiradi. Mazkur tamoyilni hayotga muntazam suratda 
joriy qilish yo’li bilan hokimiyat shahobchalaridan birining boshqasiga tegishli vakolatlarni 
o’ziga olib qo’yish xavfining oldi olinadi. Hokimiyatlar bo’linishi tamoyili hayotga joriy etilishi 
uchun «to’siq va cheklovlar» tizimi bilan ham ta’minlanishi darkor bo’ladi. «To’siq va 
cheklovlar» tizimi hokimiyat shahobchalaridan birining boshqasiga tegishli vakolatlarni 
tortib olishi xavfiga mutlaqo o’rin qoldirmaydi va davlat organlarining me’yorida faoliyat 
ko’rsatishini ta’minlaydi. 
Shu nuqtai nazardan AQSh namuna bo’lishi mumkin. Hokimiyatlar bo’linishi 
nazariyasiga binoan bu erda qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari faqat o’z 
vakolatlari doirasida harakat qiladigan uchta kuch sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ayni vaqtda, 
bir hokimiyat organining boshqasiga ta’sir etish shakllari ham ko’zda tutilgan. Masalan, 
prezident Kongress tomonidan qabul qilingan qonunlarga veto qo’yish huquqiga ega. O’z 
navbatida, kongress vetoni bartaraf qilishi mumkin, agar buning uchun Kongressning har 
ikki palatasidagi deputatlarning kamida uchdan ikki qismining roziligi olinsa. Senatga 
prezident tomonidan tayinlangan hukumat a’zolarini tasdiqlash vakolati berilgan. 
Shuningdek, u prezident tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlarni ham 
ratifikatsiya qiladi. Prezident jinoyat sodir etsa, Senat sudga prezidentni mansabidan 
mahrum qilish masalasini hal etishi uchun da’vo bilan murojaat qiladi. Biroq, «impichment» 
haqidagi ishni Vakillar palatasi qo’zgashga vakolatli xolos. Senatning qudratini 
cheklaydigan ta’sir vositalaridan yana biri esa uning raisi vitse-prezident ekani bilan bog’liq. 
Biroq, ovoz berish chogada ovozlar teng bo’lib qolgan taqdirdagana Senat raisi ovoz berish 
jarayonida ishtirok etishi mumkin. Mamlakatda konstitutsiyaviy nazoratni AQShning Oliy 
sudi amalga oshiradi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish