O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Fuqarolik jamiyati va uning tuzilishi



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
11-§. Fuqarolik jamiyati va uning tuzilishi 
«Huquqiy davlat» tushunchasi, «fuqarolik jamiyati» tushunchasi bilan chambarchas 
bog’langan. 
Zamonaviy fuqarolik jamiyati tushunchasi bir qancha muhim belgilarning mavjud 
bo’lishini shart etib qo’yadi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zining «O’zbekiston XXI 
asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid , barqarorlik shartlari va taraqkdyot kafolatlari» 
kitobida shunday deb ta’kvdlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati bu - insonning o’z-o’zini 
kamol toptirishiga xalaqit qilmaydigan, balki yordamlashadigan, shaxs manfaatlarini 
amalga joriy qiladigan, uning huquq va erkinliklarining eng ko’p darajada ta’minlanishiga 


280 
sharoit tug’diradigan ijtimoiy makondir»
74

Fuqarolik jamiyati uchun xarakterli bo’lgan belgilarni qarab chiqsak: birinchidan, 
fuqarolik jamiyati uchun plyuralizm xosdir. Bu turli siyosiy kuchlar - siyosiy partiyalar, 
jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari mavjud bo’ladi, deganidir. Bu kuchlar gorizontal 
aloqalar, bitimlar, sabr-toqat va o’zaro bir-birini tushunish yo’li bilan o’z maqsadiga etishi 
lozim. Fuqarolik jamiyatida plyuralizm insonlar orasida qaror topadigan madaniy 
munosabatlar doirasida va vositasida amalga oshiriladi. Turli ijtimoiy shakl va 
institutlarning mavjudligi individning barcha ehtiyoji hamda manfaatlarini qondirish va 
inson mohiyatining barcha qirralarini namoyon qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati erkin kishilar hamjamiyatidir. Inson erki masalasini 
fuqarolik jamiyatida uch xil sharhlash mumkin. Siyosiy jihatdan inson erki masalasi fuqaro 
sifatida uning turli siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga erkin ravishda kirishini, o’z 
faoliyatini erkin suratda amalga oshirishini, shuningdek, davlat va mahalliy boshqarish 
organlariga saylov jarayonida ishtirok etishini ko’zda tutadi. Iqtisodiy jihatdan mulkka 
egalik qilishni va o’zi xoxlagan turdagi, lekin qonunda taqiklanmagan tadbirkorlik faoliyati 
bilan mashgul bo’lishni, banklarda hisob raqami ochishni, qimmatli qog’ozlarga egalik 
qilishni, o’ziga tegishli bo’lgan mulkdan daromad olish maqsadida foydalanishni bildiradi. 
Ijtimoiy ji-hatdan esa ma’lum bir sinfga yoki tabaqaga mansublik insonning hayoti 
davomida o’zgarishi mumkin. Masalan, ziyoli odam tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish 
oqibatida biznesmenga aylanishi mumkin. 
Uchinchidan, fuqarolik jamiyati ochiq ijtimoiy jamiyatdir. Unda so’z erkinligi, 
jumladan tanqid qilish erkinligi, oshkoralik, axborot olish erkinligi, erkin ravishda 
mamlakatga kelish va ketish, boshqa mamlakatlar bilan madaniy, ilmiy va axborot 
almashish huquqi ta’minlanadi. 
To’rtinchidan, fuqarolik jamiyati o’z imkoniyatlari hisobiga taraqqiy etadigan va o’z-
o’zini boshqaradigan tizimdir. Jamiyat harakatining eng muhim jihatlaridan biri fuqarolar 
tashabbusi bo’lib, u ongli ravishda jamiyat foydasiga yo’naltirilishi lozim. Odamlar turli 
tashkilotlarga birlashib, o’zaro turli-tuman, ba’zan esa o’zlarining qarama-qarshi 
manfaatlariga bo’ysunib, munosabatga kirishar ekan, shu yo’l bilan davlatning siyosiy 
hokimiyat sifatidagi aralashuvisiz jamiyatning uygun tarakqiyotini ta’minlaydi. Masalan, 
ko’pgana mamlakatlarda iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari mavjud, ular 
jamoat tashkiloti sifatida iste’molchilarning huquqini sifatsiz mahsulot-lardan himoya qiladi. 
Iste’molchining sog’ligiga yoki boshqa manfaatlariga sifatsiz mahsulot tufayli zarar etgan 
paytda sudga iste’molchining huquqini himoya qilishni so’rab, da’vo arizasi bilan murojaat 
qiladi. 
Beshinchidan, fuqarolik jamiyati huquqiy demokrntik jamiyat bo’lib, bu erda inson 
va fuqaroning tabiiy na konuniy huquqlarining himoya qilinishi bog’lovchi omil vazifasini 
bajaradi. Huquqlarni himoya qilish va ta’miplash ham qonunchilik, ham davlat kafolatlari 
bilan, shuiingdek, nohukumat jamoat tashkilotlarining faol harakati bilan ta’minlanadi. 
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va rivojlanishi ma’lum sharoitlarda mumkin 
bo’lib, ularning asosiysi turli siyosiy kuchlarning eng muhim ijtimoiy qadriyatlar masalasida 
konsensusga kelishi hisoblanadi. Bu qadriyatlar esa quyidagalardan iborat: insonning 
huquq va erkinliklari, haqiqiy xalq hokimiyati, insonning mehnatini va boshqa hayotiy 
ehtiyojlarini ragbatlantirishga va himoya qilishga qobil bo’lgan bozor iqtisodiyoti, ijtimoiy 
adolat, huquqiy davlat. 
Fuqarolik jamiyatining tuzilishi, deganda uning o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sirda 
bo’lgan tarkibiy qismlarining majmui tushuniladi. 
74
Karimov I.A. «Uzbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka tahdid, barkarorlik shartlari va tarakiyot kafolatlari». 
O’zbekiston, 1997. 166-bet. 


281 
Bunday tarkibiy qismlar sirasiga iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy - ma’rifiy, 
madaniy va axborot tizimlari kiradi. Biroq ta’kidlash zarurki, bu tar-kibiy qismlar ba’zan 
shunchalik chambarchas bog’lanib ketganki, ularni bir-biridan ajratish ham mushkul bo’lib 
qoladi. 
Ijtimoiy tizim kishilarni oiladagi, ishdagi, jamoat tashkilotlaridagi va ijtimoiy 
tabaqalardagi munosabatlari bo’yicha birlashtiradi. U fuqarolik jamiyatining birlamchi 
negazi bo’lib, fuqarolik jamiyatining boshqa tizimlariga ham ta’sir ko’rsatib turadi. 
Ijtimoiy tizimda bosh rolni oila o’ynaydi, chunki aynan oilada o’sib kelayotgan yosh 
avlodga tarbiya beriladi, aynan oilada keyinchalik butun jamiyatga o’z ta’sirini 
ko’rsatadigan psixologik iqlim shakllanadi. O’zbekistonda oilaga katta e’tibor qaratilmokda, 
yoshlarga va ko’p bolali oilalarga ko’mak berilmokda. 1998 yilning O’zbekistonda «Oila 
yili», 1999 yilning esa «Ayollar yili», 2000 yilning - «Sog’lom avlod yili» deb e’lon kslinishi 
ham buning yorqin isbotidir. 
Qadim vaqtlardan buyon Sharqtsa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi kuch 
mahalla bo’lib kelgan. Mustaqillikka erishilgandan so’ng bu ezgu an’analar O’zbekiston-da 
qayta tiklana boshladi. Mahalla haqiqatan ham ijtimoiy institut bo’lib, bu erda odamlarning 
o’zaro yaqin munosa-batlari qaror topadi. 
Ijtimoiy tizimlar qatorida keyingi o’rinlarni yirik tuzilmalar hisoblanadigan siyosiy 
Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish