mexanizmini ta’minlash yuzasidan muayyan tadbirlarni amalga oshirishdir.
Ushbu tadbirlar ham davlat tomonidan, ham ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini kengaytirish
natijasida amalga oshirilmog’i lozim»
63
Bu shu narsa bilan bog’liqki, «...kundalik hayotda insonni, fuqaroni kamsitadigan
ko’plab faktlar uchrab turadi. Bu hol mansabdor shaxslarga, huquq-tartibotni muhofaza
qilish organlariga, ya’ni vazifasiga ko’ra inson huquqlari-ni muhofaza qilishi lozim bo’lgan
kishilarga murojaat qilinganda uchramoqtsa». Shuning uchun, deb ta’kidlaydi Prezident, -
«inson huquqdarini va erkinliklarini himoya kdpish masalalarida sud organlark va, eng
avvalo, Konstitutsiyaviy sud qat’iy pozitsiyada turmogi lozim». Buning uchun u respublika
qonunchiligini inson huquqdari sohasidagi xalqaro me’yorlar va andozalar bilan
muvofiklashtirish choralarini ko’rishni taklif etadi.
Aholining siyosiy faolligimi oshirish masalalariga Prezidentimiz maxsus to’xtaladi.
Uning haqqoniy ta’biricha, «... aholining aksariyat qismi kundalik yumushlar, odamdagi
turmush tashvishlari, iqtisodiy muammolar bilan yashay-di. Odamlarning yangi demokratik
qadriyatlarni idrok etishi ko’ngildagidek emas». Aftidan, bu aholining siyosiy madaniyati
pastligi natijasidir. Bu holat fuqarolarning siyosiy, nodavlat va jamoat tuzilmalarini
shakllantirish-da sust ishtirok etayotganida o’z aksini topmokda. Bu respublikada keng
ko’ppartiyaviylik tizimi ishlab turishi uchun Huquqiy asoslar to’la mavjudligiga qaramay,
«siyosiy partiyalarning shakllanish va qaror topish jarayoni g’oyat sust kechayotgani,
ularning siyosiy va iqtisodiy dasturlari ham zaifligi»ning sabablaridan biridur. «Mamlakatni
siyosiy va iqtisodiy rivojlantirishning muqobil (amaliy) turlarini ishlab chiqish va himoya
qilishda ular etarlicha faollik ko’rsatmayaptilar». Respublikada muxolifatning mavjudligi
muammosi ham shundan kelib chiqadi. Bunday muxolifat, Islom Karimovning
ta’kidlashicha, «tsivilizatsiyalashgan jahonda, umum e’tirof etilgan demokratik ta-moyillar
asosida faoliyat ko’rsatayotgan va rivojlanib bo-rayotgan jamiyat uchun, odatdagi holdir».
Albatta, bunda «muxolifat» deganda biz nimani ko’zda tutamiz, bu tushunchaga
qanday ma’no beramiz - shuni aniqlab olish muhim ahamiyatiga ega. Prezidentimiz qat’iy
ishonch bilan aytadiki, bu erda gap islohotlar dasturlari-ning muqobil variantlarini,
jamiyatning taraqqiyoti va yangilanish yo’lidan olga siljishini taklif etishga qodir
konstruksiyaviy muxolifat haqida ketishi kerak.
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalari oldiga
prinsipial yangi vazifalarni ko’ndalang qo’ymokda. Biroq, deb qayd etadi Prezidentimiz,
«bizning matbuotimiz, televidenie va radio hozircha zamo-naviy ish usullari va shakllarini
egallab olganicha yo’q, xalqaro mezonlarga muvofiq emas. Matbuot sahifalarida va
televidenieda chuqur taxliliy materiallar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy va xalqaro sharhlar yo’q,
bahs-munozara ko’rinmaydi. Ayrim ommaviy davriy nashrlarning aniq fuqarolik pozitsiyasi
va qiyofasi ko’zga tashlanmaydi». Ayni paytda, ommaviy axborot vositalari
demokratiyalash yo’lining, islohotlar yo’lining faol yo’l ko’rsatuvchilari bo’lishlari, shu bilan
birga ular ham mohiyatlariga ko’ra demokratik bo’lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |