5-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo’llari
Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi.
O’z vaqtida Sen-Simon, jamiyatning ikkita: anarxiya va mustabidlikdan iborat dushmanlari
bor, deb ta’kidlagan edi. O’rganish va ta’riflab berishda Gegel katta rol o’ynagan fuqarolik
jamiyati, uning ta’biricha, ijtimoiy aloqalarning shunday etukligi sifatida maydonga
chiqadiki, mazkur har ikki chegara (anarxiya va mustabidlik) amalda istisno etiladi. Uning
fuqarolik jamiyati taxlilida ikki asosiy tamoyil yotadi, ya’ni individlar faqat o’zlarining
xususiy manfaatlarini ko’zlaydilar va ular o’rtasida har biri har biriga bog’liq bo’lgan ijtimoiy
aloqa vujudga keladi. Boshqacha aytganda, Gegel fuqarolik jamiyati deganda, aslida
burjua munosabatlarining iqtisodiy tarkibini tushunardi.
Bu tushunarli. Zero, «fuqarolik jamiyati» so’z birikmasi nemis tilida ikki xil ma’noni
bildiradi: Burger -ham fuqaro, ham burjua degani. Xususiy mulkchilikning ijtimoiy tartiboti
sifatida maydonga chiqar ekan, fuqarolik jamiyati zarurati raqobat va ma’muriy hokimiyat
tomonidan boshkdrib bo’lmaydigan boshqa jarayonlar orqali o’ziga yo’l ochuvchi bozor
munosabatlari tizimidan iborat.
Inson ijodiy imkoniyatlarini faol namoyon qilishni ko’zda tutuvchi munosabatlar
tarkib topgavda, shaxs erkinligi sharpasi jism va qonga ega bo’lganda fuqarolik jamiyati
bo’lishi mumkin. Bu erda shu narsa ravshanki, «jamiyat» va «fuqarolik jamiyati»
tushunchalari o’rtasiga tenglik belgisini qo’yib bo’lmaydi.
«Fuqarolik» sifatlovchisi, o’zining shartligiga qaramay, boy mazmunga ega. Ushbu
atama ma’nosi olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Biroq, fuqarolar istiqomat qiluvchi
har qanday jamiyat ham fuqarolik jamiyati deb atalmasligi hammaga ravshan. Zotan
huquq amal qiladigan har qanday davlat ham huquqiy bo’lavermaydi. Misol uchun, sobiq
Sho’ro jamiyati hech qachon fuqarolik jamiyati bo’lmagan, shuningdek, hech qachon
huquqiy davlat ham bo’la olmagan.
Shunisi qiziqki, ko’p vaqtlardan ma’lum bo’lgan fuqarolik jamiyati tushunchasi sobiq
sho’rolar makonida huquqshunos olimlar uchun nisbatan yangi va bo’sh ishlangan mavzu
bo’lib qolgandi. Shuning uchun ham ushbu g’oyaning o’zi ijtimoiy ongamizda juda kam
tarqalgan. Huquqiy davlat g’oyasi ancha ko’proq qaror topgan. Agar huquqiy davlat
konsepsiyasi rasmiy ravishda 80-yillar o’rtalarida paydo bo’lgan, to’g’rirog’i, olg’a surilgan
va sobiq Ittifoq olimlari va siyosatdonlari tomonidan faol muhokama etilgan bo’lsa,
fuqarolik jamiyati to’g’risida jumladan, bizning respublikamizda ham yaqindagana
gapiriladigan
bo’lindi. Ushbu tushunchaning O’zbekiston
Respublikasi yangi
Konstitutsiyasida o’z aksini topmagani bunga misol bo’la oladi. Hatto unda mazkur
atamaning o’zi yo’q. Vaholanki, uning ko’pgana unsurlari (xususiy mulk, bozor
munosabatlari, siyosiy plyu-ralizm, aybsizlik prezumpsiyasi, shaxsiy manfaatlarning davlat
manfaatlaridan ustunligi kabi tushunchalar) Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining biron-bir asari yo’qki, unda «fuqarolik
jamiyati» atamasi tilga olinmagan bo’lsin. Ayniqsa, bu uning respublikamizdagi iqti-sodiy
islohotlarga bagashlangan fundamental asariga ko’proq taalluklidir. Uning dastlabki
sahifalarini ochganda quyidagalarga ko’zimiz tushadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |