O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

birinchidan, 
sub’yektiv huquq predmeti (predmet chegaralari) 
bilan boglangan. Ya’ni bir harakatni sodir etishga mo’ljallangan sub’yektiv huquq boshqa 
harakatlarga daxddor bo’lishi mumkin emas. Jumladan, xaridor, nuqsonli buyumni 
muayyan muddat ichida almashtirib berishni talab qilish huquqiga ega bo’lgani holda, 
yaxshi sifatli buyumni o’sha muddatlarda almashtirib berishni talab qilolmaydi. 
Ikkinchidan, 
sub’yektiv huquqning amal qilishi sub’yektiv chegaralar bilan 


265 
cheklangan. Bu - huquqlar konkret shaxsga tegishli bo’lib, faqat uning o’zi shu 
huquqlardan foydalanish mumkin, demakdir. Ma’lumki, sub’yektiv huquqlar jamiyatda-gi 
ularning alohida maqompariga mos ravishda sub’yektlarga: faoliyat turi munosabati bilan 
(harbiy xizmatchilar), yoshi (balog’atga etmaganlar), mehnat faoliyati shart-sharoitlari 
munosabati bilan tegishli bo’ladi va hokazolar. Shuning uchun sub’yektiv chegaralar bilan 
faqat mazmunning o’zigana emas, balki sub’yektiv huquq hajmi ham bog’liq. 
Uchinchqdan, 
sub’yektiv huquqlarni amalga oshirish chegara-lari vaqt 
chegaralariga ham ega. Shuning uchun buzilgan huquqni himoya qilishni talab etish huquqi 
muddat bilan chegaralangan. 
To’rtinchidan, 
sub’yektiv huquqdarni amalga oshirish chegaralari huquqlarni 
amalga oshirish usullari va shaklla-ri bilan bog’liq. 
Beshinchidan, 
sub’yektiv huquqni amalga oshirish chegaralariga himoya usullari 
ham kiradi. Masalan,- mehnat huquqdarini himoya qilish mehnat nizolarini qarab chiqish 
bo’yicha qonunda belgilangan tartib asosida olib boriladi. 
Oltinchidan, 
sub’yektiv huquqlarning ularning vazifalariga muvofiq amalga 
oshirilishi ushbu huquqlarning umumiy chegarasi hisoblanadi. 
Sub’yektiv huquqdarni amalga oshirish chegaralarini aniqlashga ularni cheklash 
sifatida qarab bo’lmasligani yodda tutish kerak. Aksincha, bu ijtimoiy munosabatlar tizimida 
oldindan mavjud bo’lgan odamlarning rasmiy teng ahvolining yuridik ifodasi hisoblanadi. 
Ayrim shaxslarning o’zlariga tegishli huquqdardan foydalanib, mazkur iqtisodiy va huquqiy 
muvozanat tashqarisiga chiqishga intilishlari, ularni amalga oshirish chegaralarini buzish 
huquqi suiiste’mol qilish bo’ladi. 
Huquqni suiiste’mol qilish huquqni vazifasini buzishda, qonun matnining uning 
ruhiga qarama-qarshi qo’yilishida ifodalanadi. Bunda odam rasman qonunga muvofiq 
harakat qilsa ham, aslida unga qarshi ish ko’radigan vaziyat yuzaga keladi. 
Huquqni suiiste’mol qilish sub’yektiv huquqni uning vazifasiga zid ravishda amalga 
oshirishdan iborat. Huquqni suiiste’mol qilish natijasida fuqarolar, davlat, umuman jamiyat 
huquqdari va qonuniy manfaatlariga zarar etkaziladi. O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida (ikkinchi bo’lim, beshinchi bob, 20-modda) shunday deyilgan: «Fuqarolar 
o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning 
qonuniy manfaatlari, huquqdari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shart». 
Agar fuqarolarning o’z huquqdarini qonuniy yo’l bilan amalga oshirishlari davlat 
tomonidan kafolatlanib, qonun bilan himoya kilinadigan bo’lsa, unda huquqni suiiste’mol 
qilish, aksincha, har qanday huquqbuzarlik singari siqib chiqarilishi darkor. 
Huquqni suiiste’mol qilishga misol tariqasida noqonuniy tarzda turar-joy olish uchun 
soxta nikoxdan o’tish yoki avtomashinani mavjud qoidalarni chetlab o’tib sotish uchun 
hadya kilish shartnomasini tuzish dalillarini keltirish mumkin. Himoyalash huquqini 
suiiste’mol qilishni misollarning alohida qatoriga qo’yish kerak. Zero, bunday suiiste’mol 
nomaqbul oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki davlat organlari majburlov kuchi bilan 
bog’likdir. 
Sub’yektiv qonunga noqonuniy tarzda ega bo’lib, keyin undan foydalanishga 
qaratilgan har qanday huquqbuzarlik ham huquqni suiiste’mol qilishga kirmasligiga e’tibo-
ringizni tortamiz. Faqat fuqarolarning qonuniy huquqlardan ularning vazifasiga zid holatda 
foydalanishlari shunday suiiste’mollik sifatida tan olinadi. Shuning uchun noqonuniy yo’l 
bilan huquqni sotib olish ham, qalbaki huquqni amalga oshirish ham huquqni suiiste’mol 
qilish sifatida qaralishi mumkin emas. Birinchi holatga begona mulkni egallab olish misol 
bo’lsa, ikkinchisiga merosxo’rni merosning majburiy ulushidan mahrum qilishni kiritish 
mumkin. 
Huquqni qo’llanuvchi organlarning qonuniylikni qaror toptirish, huquq-tartibotni 
mustahkamlash va jamiyatning ahloqiy asoslarini barqarorlashtirish faoliyatlarida huquqni 


266 
suiiste’mol qilishning oldini olish muhim o’rin tutishi kerak. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish