O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


U davlat suvereniteti, qonunning ustuvorligi



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

U davlat suvereniteti, qonunning ustuvorligi, 
hokimiyatlarnnng bo’linishi, shaxs huquqlari va erkinliklarining poydorligi 
tamoyillari asosiga quriladi.
Ushbu tamoyillarning har biri bizning Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilgan. 
Shuning uchun ham ular huquqiy davlatchiligimizning konstitutsiyaviy asoslari sifatida 
qaralishi mumkin. 
Bu erda shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi faqat yuridik 
hujjatgana bo’lib qolmay, balki muayyan dasturiy uzoqni ko’zlovchi salmoqqa ham ega. 
Ham bugungi, ham ertangi kunimizning Asosiy qonuni sifatida u jamiyatimizda sodir 
bo’layotgan o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlarini oldindan belgilab boradi. Fuqarolarning 
kundalik hayotlarida konstitutsiyaviylik ruhini, huquqqa va qonunga hurmatni 
shakllantirishdagi ahamiyati shundan kelib chiqadi. 
Konstitutsiya tamoyillarining universalligi uning Muqaddimasida o’zining yorqin 
ifodasini topdi. Funda-mental qadriyatlarimizni mavjud shart-sharoitlar bilan boglar ekan, 
Konstitutsiya ijtimoiy ideal ahamiyatini kasb etadi: uning Muqaddimasida biz axloqiy 
qarashlarimiz va insonparvarlik ohangani topamiz. 
Konstitutsiyaviy me’yorlarning universalligani taqozo etuvchi yuqoridagi qadriyatlar 
eng oliy maqsad va vazifani gavdalantirib, uning uchun xalq tomonidan va xalqning o’zi 
45
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. T., «O’zbekis-pyun» 1996. 7-8-betlar.


267 
uchun konstitutsiyaviy tuzum yaratilyapti. Lekin, ma’lumki, huquq odamlar hissiyotlari va 
ularning da’vatkor qadriyatlarini emas, balki ularning xatti-harakatlarini boshqaradi va shu 
tariqa konstitutsiyaviy tuzum asoslarida mantiqiy rivojini topadi. Masalan, Muqaddimada 
e’lon qilingan demokratiya qadriyatlari 1-moddadamustahdsamlanib: «O’zbekiston - 
suveren demokratik respublika», - deyilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining bir yilligiga bagishlangan tantanali yigalishda so’zga chiqar ekan, bu muhim 
hujjat ahamiyatini aniq ta’riflab berdi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy ahamiyati shundan iboratki, u 
dunyoning siyosiy xaritasida yangi suveren davlat paydo bo’lganligini qonuniy 
mustahkamladi. Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida so’zlagan nutqida I.Karimov buni 
alohida ta’kidladi: «1992 yil dekabrida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul 
qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo’ldi. Hech bir dashtat o’zining Asosiy 
qonunida davlat va jamiyat qurilishining tamoyillarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, 
jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari va strategik yo’nalishlarini mustahdamlamasdan 
turib, haqiqiy suveren davlat bo’la olmaydi. Bizning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
eng demokratik, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan me’yor va talablarga javob beradi, deyish 
uchun to’la asoslarimiz bor».
46
Suverenitetning o’zi nima va unga nima uchun bunday katta ahamiyat beriladi? Agar 
suverenitet haqida umuman gapiradigan bo’lsak, uni shunday ta’riflash mumkin: 
«suverenitet - davlatning o’zi mustaqil ravishda, chetdan hech kimning aralashuvisiz 
o’zining ichki va tashqi siyosatini belgilay olishini ko’rsatuvchi, XVI asrdayoq Ovrupoda 
milliy mustaqil davlatlarning tashkil topish davrlarida tarkib topgan tushunchadir». 
Davlat suvereniteti: 
* mazkur davlat fuqarolarining uning suvereniteti yuzasidan iroda izhoridan; 
* boshqa suveren davlatlar tomonidan ushbu davlatning xalqaro huquq sub’yekti 
deb tan olinishi va u bilan diplomatik munosabatlarni o’rnatishidan; 
* xalqaro tashkilotlarga kirishidan; 
* xalqaro shartnomalarni imzolab, ratifikatsiya qilgandan keyin davlatning butun 
hududida o’z majburiyatlarini bajara olish qobiliyatidan
* inson huquqlarini tan olishi va muhofaza etishidan iborat. 
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng bir yil o’tgach uning birinchi 
Prezidenti Islom Karimov shu munosabat bilan yozgandi: «Uzbekiston chinakam 
mustaqillikka erishish maqsadini birinchilar qatori bildirganligini jonajon o’lkamiz uchun 
faxr-iftixor tuygusi bilan qayd etib o’tish kerak. Sobiq Ittifoqdagi respublikalardan birinchi 
bo’lib prezidentlik boshqaruvini amalda joriy etgan ham, keng miqyosdagi islohotlarni 
amalga oshirish, jamiyatni tubdan o’zgartirish va yangilash yo’liga o’tib olgan ham bizning 
respublika bo’ldi. 
O’zbek xalqining ajralmas huquqi - o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi ro’yobga 
chiqarildi. 1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. 
Muqaddas orzu ushaldi - Uzbekiston tinch, parlament yo’li bilan o’zining haqiqiy 
davlatchiligiga erishdi».
47
Respublika ko’pmillatli aholisining irodasi «O’zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi va 
umumxalq referendumida yakdillik bilan tasdiqlandi. 
Shu zahotiyoq respublikada huquqiy demokratik davlat asoslari qo’yila boshladi. Eng 
avvalo totalitar tizim nuqsonlari keskin barham toptirila boshlandi. Ko’ppartiyaviylik, fikrlar 
46
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-tom. T., «O’zbekistpon» 1997. 107-bet. 
47
Karimov I.A. Uzbekiston: milliy istiklol, iktisod, siyosat, mafkura. 1-tom. T., «O’zbekiston» 1996, 37-bet. 


268 
va g’oyalar xilma-xilligi real voqelikka aylana boshladi. Bir g’oya - kommunistik g’oyaning 
yakka hokimligiga barham berildi. Umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya, inson huquqdari 
va erkinliklarining jahon e’tirof etgan shakllari ustuvorligi tobora ko’proq qaror topa bordi. 
Hokimiyatlar - qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlariga bo’linish tamoyili 
izchil amalga oshirilmokda. O’zbekiston xalqi davlat hokimiyatining chinakam manbaiga 
aylanmoqda hamda bu hokimiyatni bevosita o’z vakillari - deputatlar korpusi orqali amalga 
oshirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida shunday deb 
ta’kidlangan: «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. 
O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston 
Respublikasi Konstitu-tsiyasi hamda uing asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan 
idoralar tomonidangiia amalga oshiriladi».
48
Yosh, navqiron davlatni oyoqqa turg’azishni har tomonlama yuridik ta’minlashga 
qaratilgan respublika parlamentining qonun ijodkorligi faoliyati darhol faollashib ketdi. 
Boshqaruvning prezidentlik shakli o’zagi bo’lgan davlat boshqaruvining ilgor va ta’sirchan 
tizimi shakllanmokda. Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq Prezident davlat va ijroiya 
hokimiyatining boshligi va ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Raisi hisoblanadi. Prezident hokimiyati - milliy mustaqillik va hududiy yaxlitlikning, xalqaro 
shartnomalar va bitimlarga rioya etilishining kafolatidir. U respublika Aso-siy Qonuni 
talablarining bajarilishini hamda fuqarolik jamiyatining normal ishlab turishini ta’minlaydi. 
Joylarda boshqaruv tizimi qayta tashkil etilmokda - viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda hokimlik tuzilmasi ta’-sis etildi. Uning zarurligi Oliy Majlisning birinchi ses-
siyasida Prezidentimiz tomonidan shunday asoslab berilgan: «Eski, qotib qolgan tizim bilan 
yangi tizim o’rtasidagi kurash keskin tus olgan hozirgi o’tish davrida ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kuchli ijro hokimiyati zarur. Buni 
hayotning o’zi har qadamda taqozo etmoqda. Jamiyat tubdan yangilanayotgan bir paytda 
bizga malakali, har tomonlama tajribaga ega bo’lgan, o’zgarishlarni hayotga tatbiq etishga 
qodir boshqaruv apparati kerak. 
...Yangi tarixiy jarayonda o’tmishda sinalgan an’anaviy boshqaruv idoralari - 
hokimliklar qayta tiklandi. Ular-ning faoliyati va islohotlarni qo’llab-quvvatlayotgan kuchlar 
mavjudligi tufayli davlatimizda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik saklanib turibdi. Har 
birimizning xonadonimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda».
49
Qonunning ustuvorligani, uning oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashga 
da’vat etilgan sud hokimiyati islohoti amalga oshirilmoqtsa. Bu jarayon mashaqqatli, ammo 
huquqiy davlatni mustahkamlashning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida zarur jarayondir. 
Bu erda hokimiyatning uchinchi mustaqil tarmogi sifatida butun sudlov tizimini 
demokratiyalash darkor. Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida sudlarning roliga 
to’xtalib, Prezidentimiz jumladan shunday degandi: «...Ijtimoiy turmushimizning 
demokratik instituti tariqasida sudning ahamiyati jiddiy oshirilishi zarur. 
Fuqarolarning qonuniy huquqdari va erkinliklarini himoya qilish sudlarning va 
huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining faoliyatida asosiy mazmunga aylanmogi 
kerak... 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish