Farg’ona viloyatida 2015 yilning yanvar-iyun oylarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan
MA’LUMOTNOMA
Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish jarayonini davom ettirish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari va vazifalarini amalga oshirilishi joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning barqaror sur’atini va iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlari muvozanatini ta’minladi.
1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash.
Iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,3 trillion so’mni tashkil etib, 107,1 foizga o’sishga erishilmoqda. Yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznesning ulushi 51,2 foizga (0,6 bandga oshgan), xizmat ko’rsatish va servis sohasining ulushi 50,5 foizga (1,1 bandga oshgan) teng bo’ldi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2824,4 mlrd. so’mga etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 foizga o’sdi. Hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 117,6 foizga o’sib, 700 mlrd. so’mni tashkil etmoqda. Hisobot davrida hududiy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti ulushi 19,7 foizdan 24,8 foizga etkazildi. Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmi 846,5 mlrd. so’mni tashkil etib, 110,7 foizga o’sishga erishildi.
O’zlashtirilgan kapital qo’yilmalarni o’sish sur’ati 100,0 foizni
(1008,0 mlrd. so’m.), o’z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari hajmi
111,0 foizni (730,0 mlrd. so’m) tashkil etmoqda.
Shuningdek, chakana savdo aylanmasi 14,2 foizga (hajmi 2589,4 mlrd. so’m), jami ko’rsatilgan xizmatlar 18,0 foizga (2575,4 mlrd. so’m) va aholiga ko’rsatilgan pullik xizmatlar 13,8 foizga (1013,9 mlrd. so’m) o’sdi.
Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida mahsulotlar hajmi 2231,6 mlrd. so’mga etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 106,2 foizga o’sishi ta’minlandi.
Hududiy korxonalar tomonidan 93,2 mln. AQSh dollarlik eksport amalga oshirildi. 2015 yil 1 iyul holatiga xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 142 tani (114 ta qo’shma korxona, 28 ta xorijiy korxona) tashkil etmoqda. Ularning ishlab chiqarish, savdo va xizmatlar hajmi
562,7 mlrd. so’mni, o’sish sur’ati esa, 118,6 foizni tashkil etmoqda.
Korxonalar eksporti 99,2 mln. dollarga (o’sish 101,1%) etib, viloyat jami eksportidagi ulushi 41,7 foizdan ortdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi
PF-4434-sonli Farmoni bilan belgilangan imtiyozlarni keng qo’llash va hududda o’tkazilayotgan “Biznes forum”lar viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida korxonalar sonini ortib borishiga samarali xizmat qilmoqda.
Birgina 2015 yilning yanvar-iyun oylarida 12 ta ana shunday korxonalar, jumladan Marg’ilon shahrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Xitoy “Ol metal invest” QK, Farg’ona shahrida rezina buyumlar ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Qirg’iziston "Farg’ona izlanish-ixtiro texnologiyasi” QK, tibbiy xizmat ko’rsatuvchi O’zbekiston-Janubiy Koreya “Xusn chiroyi” QK va Xitoy “Fergana premium medikal" xorijiy korxonalari, Quvasoy shahrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Rossiya “Magma stroy invest” QK, Buvayda tumanida savdo xizmati ko’rsatuvchi O’zbekiston-Qozog’iston “Baxrom treyd group” QK tashkil etildi.
Qo’shma korxonalarni modernizatsiya qilish, mahsulotni diversifikatsiyalashga mamlakatimizda yaratilayotgan imtiyoz va kafolatlar xam asosiy omil bo’lmoqda. Xususan, viloyatda 2012 yil yakuni bilan 22 ta qo’shma korxona 11,6 mlrd.so’mlik soliq va boshqa majburiy to’lovlardan imtiyozlar olgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 22,7 mlrd.so’mni, 2014 yil yakunida esa
23 mlrd. so’mdan ortdi. Iqtisod qilingan mablag’lar o’z navbatida korxonalar faoliyatini kengaytirish va yangi ish o’rinlarini yaratishga sarflanmoqda.
Iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda o’z navbatida tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil
17 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2264-sonli qaroriga viloyat bo’yicha 9 ta loyihalar kiritilgan bo’lib, ularning umumiy qiymati 58,0 mln. dollarni tashkil etadi. Loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga 171 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 14,8 mln. dollar miqdorida mablag’lar o’zlashtirilib, 2 ta loyihalar foydalanishga topshirilgan ("Qo’qon to’qimachilik kombinati" bazasida "Indorama Kokand Tekstil" QKda ishlab chiqarishni kengaytirish (III-bosqich), Qo’qon spirt OAJda spirt ishlab chiqarishni modernizatsiya kilish).
Viloyat hokimining 2014 yil 22 noyabrdagi “Farg’ona viloyatining 2015 yilgi hududiy Investitsiya dasturi to’g’risida”gi 283-sonli qaroriga asosan viloyat bo’yicha 124 ta ishlab chiqarish loyihalari bo’yicha jami
221,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilishi hisobiga 4099 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida 81,2 mlrd.so’m (shundan 36,6 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 37,4 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 8,7 mlrd.sum boshqa xarajatlarga) mablag’ o’zlashtirildi. Belgilangan tarmoq jadvalidagi rejani 101,8 foizga bajarildi.
Dastur doirasida sanoat korxonalarni yangi tashkil etish, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish hisobiga 1-yarim yillikda 62 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 54,2 mlrd.so’mlik qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratildi. Buning natijasida jami loyihalar bo’yicha 1473 ta yangi ishchi o’rinlar tashkil etildi.
Shuningdek, “Farg’ona viloyatini 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga umumiy qiymati 804,8 mlrd. so’mga teng bo’lgan 3828 ta loyihalar kiritilgan. Jumladan, sanoat yo’nalishida 616 ta, xizmat ko’rsatish va servis yo’nalishida 2548 ta, qishloq xo’jaligi yo’nalishida 664 ta loyihalar ishga tushirilishi belgilangan bo’lib, jami 23278 ta yangi ish o’rinlari tashkil etilishi ko’zda tutilgan.
Joriy yilning 1-yarmida 1989 ta loyihalar amalga oshirilib, 10353 ta yangi ish o’rinlari tashkil etildi. Mazkur maqsadlarga 190,0 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar sarflandi.
Jumladan, sanoat yo’nalishida 299 ta loyihalar amalga oshirish belgilangan bo’lib, jami 64,7 mlrd. so’m (36,3 mlrd.so’m o’z mablag’i, 28,2 mlrd. so’m bank krediti) hisobiga 4852 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Yanvar-iyun xolatiga 309 ta loyiha amalga oshirilib,
68,5 mlrd. so’m mablag’lar o’zlashtirildi. Natijada 4962 ta yangi ish o’rinlari tashkil etildi.
Jumladan, engil sanoatni rivojlantirish bo’yicha - 68 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha - 82 ta, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo’yicha - 65 ta, kimyo va neft-kimyo sanoati yo’nalishida -
42 ta, sanoatning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha - 51 ta loyihalar amalga oshirildi.
Sanoat yo’nalishidagi loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan 135 ta loyiha tashabbuskorlariga 23,3 mlrd. so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.
Dastur doirasida Oltiariq tumanidagi “Fergana keysolushin” korxonasida pishtgan g’isht ishlab chiqarishni tashkil etish (2,5 mlrd.so’m), “Xamza art ekspo tekstili” xususiy korxonasida kalava ip chiqarishni kengaytirish va mato ishlab chiqarishni tashkil etish (1,1 mlrd.so’m), Toshloq tumanidagi “Palma plast” xususiy korxonasida plastmassa mahsulotlari ishlab chqiarishni kengaytirish (1,3 mlrd.so’m) kabi yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi.
Shuningdek, xizmat ko’rsatish va servis yo’nalishida 1190 ta loyihalarni amalga oshirish uchun 58,5 mlrd sum sarflanishi evaziga 3660 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo’lib, hozirgacha 1255 ta loyihalar amalga oshirildi. Mazkur loyihalarda 61,4 mlrd. sum miqdorida mablag’lar sarflanishi hisobiga 3815 ta ish o’rinlari tashkil etildi.
Mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida shahar, tumanlar hududida mavjud xizmat turlari soni 2009 yilga nisbatan 2-2,5 martaga ortib, sifat darajasi ko’tarildi.
Qishloq xo’jaligi yo’nalishida 420 ta loyihani amalga oshirish uchun
59,5 mlrd. so’m (shundan, 28,6 mln. so’m. o’z mablag’i, 30,9 mlrd. so’m bank krediti) sarflanishi rejalashtirilgan bo’lib, ushbu loyihalarni amalga oshishi natijasida 1561 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi kutilgan. Hozirgacha 425 ta loyiha amalga oshirilib, 1576 ta mehnat yoshidagi aholi bandligi ta’minlandi. Bu maqsadlarga 60,2 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’lar sarflandi.
Viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida go’sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha mini texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalaniladigan yangi korxonalar tashkil etish hamda mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan.
Dasturga asosan 2015 yil yanvar-iyun oylarida umumiy quvvati 550 ming tonna bo’lgan 2 ta go’shtni qayta ishlash, umumiy quvvati 2500 ming tonna bo’lgan 3 ta meva-sabzavotni qayta ishlash hamda umumiy quvvati 3150 ming tonna bo’lgan 5 ta sutni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Hisobot davrida, joriy yilga rejalashtirilgan Qo’shtepa tumanidagi “Muxammad Umar Umid eralari” fermer xo’jaligi, Marg’ilon shaxridagi "Ro’ziboev Muxammadrasul" MChJ tomonidan 2 ta go’shtni qayta ishlash, Marg’ilon shaxridagi “Margilon agro” MChJ, Bog’dod tumanidagi "Aramat Bagdada" xususiy korxonasi, O’zbekiston tumanidagi "Navbaxor kontserva" MChJ tomonidan 3 meva sabzavotni qayta ishlash loyihalari hamda Rishton tumanidagi "ISE MASTER" MChJ, Farg’ona tumanidagi "Yordon" fG’x, Quva tumanidagi "Islomjon Muzkaymoklari" xG’k, "SMACK PRODUCT" xususiy korxonasi, "SMACK GROUP" xususiy korxonalari tomonidan 5 ta sutni qayta ishlash loyihalari amalga oshirildi. Ushbu loyixalarga jami 3,3 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, 105 ta yangi ishchi o’rinlari yaratildi.
Chorvachilikni rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish hamda chorva mollari mahsuldorligini oshirish dasturi bo’yicha barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 64.2 ming tonna go’sht (o’tgan yilga nisbatan 107,1%), 359.8 ming tonna sut (107,8%) mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 170 ta loyihada 3345 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 16,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari xisobidan 16,7 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 657 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 43 ta loyihada 271 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 2,2 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 1,9 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 189 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 23 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda jami 125 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,7 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 233 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 92 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha 19 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda 2290 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 951 mln. so’m mablag’lar (shundan bank krediti 262 mln. so’m) sarflandi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga
42 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
2. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi barcha to’siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, ularga to’liq erkinlik berish.
Viloyatda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, korxonalarning faoliyati bilan bog’liq tartib-taomillarning barcha turlarini qisqartirish, soddalashtirish va ochiq-oydinlik darajasini oshirish, biznesni yuritish shart-sharoitlarini baholash mezonlarining jahon amaliyotida qabul qilingan tizimini joriy etishga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli, 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmonlari va 2014 yil
15 apreldagi PQ-2164-son qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Farmonlar va qarorning mazmun mohiyatini tadbirkorlarga etkazish bo’yicha televidenie orqali 85 dan ortiq eshittirishlar, jonli muloqotlar tashkil etildi, matbuot orqali 120 dan ortiq maqolalar berildi hamda ishchi guruh tomonidan barcha tuman, shaharlarda alohida seminarlar tashkil etildi.
Shuningdek, matbuot orqali 69 dan ortiq maqolalar berildi. Viloyatning barcha tuman va shaharlarda 236 marta seminar, davra suxbatlari, uchrashuvlar xamda bevosita muloqotlar o’tkazilib, unda 20830 nafar tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdi.
Viloyatimizda Davlat soliq boshqarmasi huzuridagi ro’yhatdan o’tkazish markazi tomonidan elektron raqamli imzo kalitini berganlik uchun to’lovni eng kam oylik ish haqining 20 foizidan 10 foiziga tushirilishi hisobiga soliq to’lash majburiyatiga ega bo’lgan jami 19465 ta sub’ektlarga 170,3 mln. so’m mablag’lari o’z hisoblarida qoldirildi.
Viloyatda farmon e’lon qilingandan so’ng tashkil etilgan 1250 ga yaqin kichik biznes sub’ektlariga nom olishlarida, ularni aloqa tarmog’iga, kanalizatsiya va suv tarmoqlariga ulanishlari, bank xizmatlari ko’rsatilishi va boshqa sohalarda farmonda belgilab berilgan imtiyozlar to’liq qo’llanildi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga muvofiq sud ijrochilari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankdagi hisob-raqamiga soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun qo’yilgan talab mavjud bo’lsa, soliq organlari tomonidan aynan shunday qarzni undirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankdagi hisob raqamiga qo’yilgan inkasso talabnomalarini ijro qilish bekor qilinishi munosabati bilan 1730 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 1850,0 mln.so’m inkasso talabnomalari qaytarib olindi.
Viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilayotganligi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo’lmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan internet tarmog’ida axborotlar doimiy yangilanib boradigan sahifa ochilib, u orqali tadbirkorlik sub’ektlarining interaktiv muloqotini tashkil etish, ro’yhatga oluvchi va nazorat qiluvchi tashkilotlar noqonuniy faoliyati yuzasidan shikoyatlar taqdim etish tartibi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hakida ma’lumot olish yo’lga qo’yildi.
Viloyatda kichik biznes sub’ektlari soni 18501 tani tashkil etib, faoliyat ko’rsatayotganlar soni 17392 taga etdi.
Kichik biznes sub’ektlari rivojlanib borishi natijasida YaHM dagi ulushi ham ortib borib, 51,2 foizni tashkil etmoqda yoki o’tgan yilga nisbatan 0,6 bandga oshdi, umumiy bandlikdagi ulushi esa 79,2 foizni tashkil etmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 440,7 mlrd. so’m miqdorida tijorat banklari kreditlari ajratilib, bu ko’rsatkich 2014 yilning mos davriga nisbatan 1,3 martaga ortdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan shart-sharoitlarning tobora yaxshilanib borayotganligi ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport hajmlarini ko’paytirish imkoniyatini yaratmoqda. Hisobot davrida ular tomonidan 93,2 mln. dollarlik eksport amalga oshirildi.
Kichik biznes sub’ektlarining sanoatdagi ulushi o’tgan yilgi
26,5 foizdan 30,0 foizga, qurilishda 81,3 foizdan 82,5 foizga, aholiga ko’rsatilayotgan pullik xizmatlarda 47,6 foizdan 48,2 foizga ko’tarildi.
3. Iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini tanqidiy baholash, uni strategik va iqtisodiy asoslangan o’lchamlargacha qisqartirish.
2015 yil yanvar holatiga viloyatda 90 ta davlat ulushi mavjud xo’jalik jamiyatlari bo’lib, ularning 43 tasi iqtisodiyotning real sektori korxonalari hisoblanadi (qolgan 47 tasi bozorlar va savdo komplekslari).
Davlat ulushi mavjud bo’lgan barcha korxona va ob’ektlarni yana bir marta tanqidiy nuqtai nazardan qayta xatlovdan o’tkazildi, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida davlat ishtirokini tubdan qisqartirishni nazarda tutgan holda, 2015-2016 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish bo’yicha dasturga qo’shimcha takliflar kiritildi.
Iqtisodiyotda davlat ulushining ishtirokini tanqidiy baholash, uni strategik va iqtisodiy asoslangan hajmlargacha kamaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va axamiyatini oshirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2340-sonli qaroriga asosan 2015-2016 yillar uchun viloyatdagi 213 ta korxona va ob’ektlarni xususiylashtirish dasturiga kirtildi. Mazkur qaror doirasida:
5 ta aktsiyadorlik jamiyatlaridagi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining ulushlari strategik xorijiy investorlarga sotilishi;
31 ta korxona va xo’jalik jamiyatlaridagi xo’jalik boshqaruvi organlarining davlat aktivlari va ulushlari, ishlab chiqarishni yanada modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash, raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkillashtirish maqsadida oshkora savdolarda xususiy mulk egaligi sharti bilan, birinchi navbatda xorijiy investorlarga sotilishi;
53 ta davlat mulki ob’ektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’ektlar investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan «nol» qiymatida tanlov asosida sotilishi;
60 ta davlat mulkining foydalanilmayotgan ob’ektlari oshkora savdolarda to’liq xususiy mulk qilib sotilishi;
21 ta tugatish yoki bankrot qilish tartibini qo’llash tashabbusi bilan chiqilgan past rentabelli va faoliyat ko’rsatmayotgan tashkilotlar;
43 ta vakil qilingan organlar xulosasi hamda tuman (shahar) hokimliklari qarori bilan buzib tashlanishi lozim bo’lgan foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob’ektlari ro’yxati belgilab berilgan.
Ushbu loyixalarning tasdiqlanishi natijasida iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini yanada qisqartirish imkoniyati yaratildi. O’zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yil 30 aprelda o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda davlat mulkini xususiylashtirish dasturi ijrosini o’z muddatida ta’minlash maqsadida viloyat hokimi boshchiligida ushbu qarorni ijrosini ta’minlash bo’yicha Maxsus shtab tashkil qilindi. Dasturga tushgan korxona va xo’jalik jamiyatlari, ob’ektlarning kadastr hujjatlari va guvohnomalari, er maydonini biriktirish bo’yicha qarorlar to’liq rasmiylashtirildi, investitsiya kiritish sharti bilan “Nol” qiymatda sotilishi belgilangan ob’ektlarni eng kam investitsiya miqdori va yaratiladigan ish o’rinlari soni shakllantirildi, buzilishi belgilangan va bo’shaydigan er maydonlarini tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi ko’zda tutilgan ob’ektlarni foydalanishga yaroqsizligi to’g’risidagi xulosalar tayyorlandi.
Strategik xorijiy investorlarga sotilishi belgilangan 5 ta aktsiyadorlik jamiyatlaridagi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining ulushlari xalqaro baholovchi kompaniyalar tomonidan baholanmoqda.
Shuningdek, 31 ta korxona va xo’jalik jamiyatlaridagi xo’jalik boshqaruvi organlarining davlat aktivlari va ulushlari hamda 60 ta davlat mulkining foydalanilmayotgan ob’ektlarida baholash ishlari to’liq yakunlanib, savdoga qo’yildi, ulardan 7 ta jamiyatlardagi davlat ulushlari (1268 mln. so’mga) va 4 ta davlat ob’ektlari (758 mln. so’mga) investorlarga sotildi.
41 ta davlat mulki ob’ektlari 44476 mln. so’m investitsiya kiritish va 1928 ta yangi ish o’rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatida tanlov asosida sotildi.
53 ta davlat mulki ob’ektlari 51526 mln. so’m investitsiya kiritish va 2268 ta yangi ish o’rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatida tanlov asosida sotildi (tanlov shartlarida 28920,0 mln. so’m investitsiya kiritish va 1635 ta ish o’rinlari yaratish);
past rentabelli va faoliyat ko’rsatmayotgan 21 ta tashkilotlar tugatish ishlari yakunlandi, ularning o’rnida 14 ta yangi korxonalar tashkil etilib, 380 ta ish o’rinlari yaratildi;
foydalanishga yaroqsiz va qurilishi tugallanmagan 43 ta ob’ektlar to’liq buzilib, buzishdan bo’shagan 6,036 gektar er maydonlaridan 5,9 gektari shahar va tuman hokimliklari komissiyasi qarorlariga asosan ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish loyihalarini amalga oshirish sharti bilan tadbirkorlarga biriktirib berildi.
Tadbirkorlar tomonidan mazkur 42 ta loyihalarda 6810 mln.so’m investitsiyalar kiritilib, 360 ta yangi ish o’rinlarini yaratiladi (shuningdek, buzishdan chiqqan yaroqli matekriallar uchun 315 mln.so’m byudjetga to’lovlar amalga oshirildi).
Sotilishi belgilangan jamiyatlar ulushlari hamda ob’ektlarga sarmoyadorlar va tadbirkorlarni jalb etish ishlari davom ettirilmoqda, jumladan xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish maqsadida ularning ma’lumotlari o’zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanib, viloyat hokimligi veb-saytiga joylashtirildi, viloyat televideniyasida doimiy ravishda reklama roliklari namoyish qilinmoqda, turkum ko’rsatuvlar va bosma nashrlarda chiqishlar tashkillanmoqda.
4. Korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyillar va yondashuvlarni tubdan o’zgartirish, shuningdek ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlarining korporativ menejmentiga doir xalqaro zamonaviy standartlarni joriy etish.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoni doirasida tizimli ishlar davom ettirmoqda.
Joriy yil boshiga viloyatimizda 74 ta aktsiyadorlik jamiyati mavjud bo’lib, mazkur farmonga ko’ra 29 ta aktsiyadorlik jamiyati nochor va tugatilishi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi belgilangan.
Shundan, 17 ta mashina traktor parklarini “Viloyat MTPlar birlashmasi” AJga birlashtirib filial shaklida qayta tashkil etish bo’yicha hukumat qarori loyihasi kiritilishi belgilangan bo’lib, bugungi kunga qadar viloyat “MTPlar birlashmasi” hamda barcha 17 ta tuman MTPlarda birinchi bosqich aktsiyadorlar umumiy yig’ilishlari o’tkazildi. Birlashtirish bo’yicha qo’shma aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi 15 iyul kuni o’tkaziladi hamda birlashtirish ishlari 1 avgustga qadar tugatiladi.
Qolgan 12 ta tugatilishi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi belgilangan aktsiyadorlik jamiyatlaridan 5 ta jamiyatni aktsiyalar chiqariluvi bekor qilindi, qolgan 7 ta jamiyatlarda ham bu boradagi ishlarni joriy yilning 1 avgustiga qadar yakunlash choralarini ko’rilmoqda.
Shuningdek, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini o’rganish natijasida ishchi guruhi tomonidan yana 2 ta korxonani tugatish (“BeshKraft” AJ QK) va qayta tashkil etish (“Beshariq agro invest”AJ) taklifi kiritildi.
Viloyatdagi iqtisodiyot real sektoridagi 43 ta aktsiyadorlik jamiyatlarida ularning tashkiliy tuzilmasini tarmoq xususiyatlarini inobatga xolda namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirish, aktsiyadorlik jamiyati ijro organining raxbarini tayinlash to’g’risidagi qaror xorijiy menejerlar xam ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida qabul qilinishi yuzasidan ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish maqsadida aktsiyadorlar umumiy yig’ilishlarini o’tkazildi.
Farmonning 3-bandida davlat ulushiga ega aktsiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini uch oy muddatda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va printsiplari, menejment va marketingni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni boshqarish tizimida qo’llay bilishi bo’yicha attestatsiyadan o’tkazilishi belgilangan bo’lib:
Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi (R.Azimov) ning 14.05.2015 yildagi 4-sonli qarori bilan Farg’ona viloyatidagi 30 ta aktsiyadorlik jamiyatining ijro organi rahbari va o’rinbosarlari attestatsiyadan o’tkazish ro’yxatiga kiritilgan.
Mazkur ro’yxatga kiritilgan jamiyatlar ijro organi rahbari va ularning o’rinbosarlari attestatsiyadan o’tkazish grafik bo’yicha 5 ta aktsiyadorlik jamiyati rahbarlari Respublika komissiyasida hamda komissiyaning viloyatda o’tadigan 25 ta jamiyatlar rahbarlari attestatsiyalarini tashkillashtiriladi.
Attestatsiya yakunlari bo’yicha bo’shagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish choralarini ko’riladi.
Farmonda 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazishi belgilangan bo’lib, Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yil 25 iyundagi 5-sonli bayoni bilan tasdiqlangan aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish reja-jadvaliga asosan:
viloyatdagi 43 ta aktsiyadorlik jamiyati sifatida faoliyatini davom ettirayotgan korxonalarni mas’ul xodimlarini 2016 yil yanvarigacha xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish moliyaviy hisobotlarni nashr etishga o’qitish;
2015 yil ohirigacha viloyatda faoliyat yuritayotgan auditorlik kompaniyalar auditorlarini Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazish yuzasidan malakasini oshirish;
aktsiyadorlik jamiyatlarini yillik moliyaviy hisobotni nashr etish va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazishini 2015 yilda 2 ta jamiyatda (Universalbank va Quvasoytsement), 2016 yilda qolgan aktsiyadorlik jamiyatlarida tashkil etiladi.
Prezident Farmonida korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilangan chet el kapitali ishtirokida aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2015 yildagi PQ-2340-sonli Qarori bilan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining ulushlari strategik xorijiy investorlarga sotilishi ko’zda tutilgan 5 ta aktsiyadorlik jamiyatlariga investorlarni jalb qilish maqsadida ularning ma’lumotlari o’zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanib, viloyat hokimligi veb-saytiga joylashtirildi, viloyat televideniyasida doimiy ravishda reklama roliklari namoyish qilinmoqda, turkum ko’rsatuvlar va bosma nashrlarda chiqishlar tashkillanmoqda.
Shu bilan birgalikda, Farmon mazmuni va ahamiyati to’g’risida, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlari, ularning xo’jalik birlashmalari va uyushmalari, hududiy boshqarmalar va idoralar, tijorat banklari va sug’urta kompaniyalari, tuman (shahar) hokimliklari vakillari ishtirokida seminarlar va davra suhbatlari o’tkazildi, ommaviy axborot vositalarida, xususan viloyat hokimi rahbarligida viloyat televideniyasi va gazetasida chiqishlar tashkil etildi, targ’ibot va tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.
Farmon talablaridan kelib chiqib, Respublika biznes maktabining Farg’ona mintaqaviy bo’linmasida “Korporativ boshqaruv asoslari va kompaniya moliyasini rejalashtirish” kursi bo’yicha o’quv kurslari tashkil qilinib, unda aktsiyadorlik jamiyatlarining ijro organi a’zolari, korporativ maslaxatchilari, qimmatli qog’ozlar mutaxassislari korporativ boshqaruv soxasida o’zlarining bilim va ko’nikmalarini oshirmoqdalar.
Mazkur yo’nalishda, viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilot va boshqarmalar, shahar va tumani hokimliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari hamda ularning birlashma va uyushmalari bilan birgalikda real iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalaridagi aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini isloh qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |