Farg’ona viloyatida 2015 yilning yanvar-iyun oylarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan ma’lumotnoma



Download 245,5 Kb.
bet3/3
Sana29.01.2017
Hajmi245,5 Kb.
#1372
1   2   3

7. Aholi bandligini ta’minlash, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 oktyabrdagi “2015 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturga ko’ra viloyatimizda joriy yilda jami 92823 ta ish o’rinlari tashkil etilishi belgilangan.

Dastur ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 1-yarim yillikda (4337 ta korxonada) 44309 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etildi (101,6%).

Jumladan, sanoatda 3671 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 1721 ta, qishloq xo’jaligida 942 ta, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga 801 ta, tijorat banklari tomonidan kreditlar hisobiga 8489 ta, yakka tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 4282 ta, uy mehnatini barcha shakllarini tashkil etish hisobiga 15794 ta, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish hisobiga 8609 ta ish o’rinlari yaratildi.

Yanvar-iyun oylarida bandlikka ko’maklashish markazlarimizda 23702 nafar (shundan ayollar 10963 nafar) ish izlovchi fuqarolar ro’yxatga olinib, ularning 22837 nafari (10450 nafar) ishga joylashtirildi, 1157 nafariga (714 nafar) ishsizlik maqomi berildi, 574 nafar (225 nafar) fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. Ro’yxatga olingan ishsizlardan 502 nafari turli kasblarga qayta o’qishga yuborildi, 81 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

2015 yilning 1-yarim yilligida 70 marotaba bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkalari o’tkazilib, ularda 3808 ta korxona va tashkilotlar 23750 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Shu hisobiga 1795 nafar ish izlovchi fuqarolar ishga joylashtirildi.

Viloyatda ijtimoiy ximoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo’lmagan shaxslar uchun 2015 yilga 2132 ta korxona va tashkilotlarda 16572 ta ish o’rinlari band qilingan bo’lib, ularning 7157 tasi nogironlar uchun, 88 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolar uchun belgilangan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 7349 nafar fuqarolar zahira qilingan ish o’rinlariga ishga joylashtirildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 35 mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, sohaning umumiy bandlikdagi ulushi 79 foizni tashkil qildi. Ko’rilgan choralar natijasida, viloyatda ishsizlik darajasi o’tgan yilning mos davridagi 5,6 foizdan 5,2 foizga yoki 0,4 bandga (4,8 mingtaga) pasayishiga erishildi.

Shuningdek, chetga noqonuniy ishlash uchun chiqib, qaytib kelgan fuqarolarni bandligini ta’minlash ishlari davom ettirildi. Yanvar-iyun oylari davomida 21774 ta fuqarolar chet mamlakatlardan uylariga qaytarilib, 15229 tasining bandligi ta’minlandi, qolganlarining ham ish bilan band etish choralari ko’rilmoqda.

2014-2015 o’quv yilida 144 ta kasb-hunar kollejlarini 7 ta soha yo’nalishlari bo’yicha jami 57834 nafar bitiruvchilar (shundan 28481 nafari qizlar) tamomlamoqda.

Jumladan, ta’lim sohasida 4848 nafar, gumanitar fanlar va san’at sohasida 437 nafar, ijtimoiy fanlar (biznes va huquq) sohasida 11518 nafar, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari sohasida 27163 nafar, suv va qishloq xo’jaligi sohasida 7008 nafar, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohasida 5194 nafar, xizmatlar sohasida 1666 nafar bitiruvchilar hisoblanadi.
8. Keksa avlod kishilariga g’amxo’rlik va e’tiborni kuchaytirish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, ularning hayotiga tegishli mavjud muammolarni hal etish. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini amalga oshirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 18-fevraldagi


“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2302-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimining shu yil 24 fevraldagi 66-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan 6 ta yo’nalish 81 ta banddan iborat “Keksalarni e’zozlash yili” viloyat hududiy dasturi ishlab chiqildi.

“Keksalarni e’zozlash yili” viloyat hududiy dasturida jami 500 mlrd. so’m, 20,9 mln AQSh dollaridan ortiq mablag’lar sarflanishi ko’zda tutilgan. (byudjet mablag’lari-147,1 mlrd.so’m, ijrochi va homiylar mablag’lari 308,2 mlrd.so’m hamda tijorat bank kreditlari- 44,7 mlrd.so’m)

Dastur doirasida 1-yarim yillikda 331,1 mlrd. so’m (yillik rejaga nisbatan 66,2 foizga) hamda 11,9 mln. AQSh dollari (yillik rejaga nisbatan 56,9 foizga) miqdorida mablag’lar sarflandi.

Viloyatda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va front orti faxriylari G’alabaning 70-yilligiga medal bilan taqdirlash marosimlari tashkil etildi. 9 may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga (309 nafar) 700 ming so’m, shuningdek viloyat Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi tomonidan 300 ming so’mdan jami 92,7 mln. so’mlik, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmatni o’tash davrida halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga (14 nafar) 200 ming so’mdan 2,8 mln. so’mlik manzilli yordam ko’rsatildi.

Viloyatda istiqomat qilayotigan 1941-1945–yillardagi urushning har bir qatnashchisi ro’yxati shakillantirilib, may oyida Farg’ona viloyatidagi mavjud 250 nafar urush faxriylari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan analogli va raqamli televidenie signallarini qabul qiladigan televizorlar bilan bepul ta’minlandi. Shuningdek, 305 nafar urush qatnashchilariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mobil telefon apparati bepul tarqatildi.

Saxovat xamda Muruvvat uylariga yolg’iz qariyalarni fiziologik holati va sanitariya normalarini hisobga olgan holda ularga beriladigan eng zarur oziq-ovqat maxsulotlarining miqdori va sifati tarkibini yaxshilash maqsadida 842,3 mln. so’m byudjet mabalag’lari ajratildi.

Jami 1147 mln. so’m malag’larn o’zlashtirilishi hisobiga viloyatdagi 616 nafar urush va mehnat fronti faxriylari, yolg’iz fuqarolar hamda ijtimoiy muhofazaga muxtoj keksalarning uy-joylari ta’mirlandi.

Urush va mehnat fronti faxriylari, yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2122 ta korxonalar tomonidan 3399 nafar keksa kishilarga turli ko’rinishdagi ijtimoiy yordamlar ko’rsatildi.

Keksalarda surunkali, shu jumladan yashirin kechuvchi va ilgari aniqlanmagan kasalliklarni erta aniqlash yo’li bilan kasalliklar 8454 nafar keksalarni jumladan 1941-1945 yillarda urushda qatnashganlar, urush nogironlari, mexnat fronti qatnashchilari, mexnat faxriylari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Aniqlangan kasalliklari bo’yicha sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Viloyatning 15 ta qishloq tumanlarining uzoq va borish qiyin hududlarida joylashgan QVPlarga biriktirilgan 10416 nafar keksalarni ixtisoslashgan shifoxonalar mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar bilan qamrab olindi.

Umurtqa pog’onasi kasalligiga chalingan 51 nafar bemorga konservativ terapevtik davolash yo’li bilan tibbiy yordam ko’rsatildi, keksalar kataraktasi kasalligiga chalingan 91 nafar bemorga va glaukoma kasalligiga chalingan 85 nafar bemorga ko’zni saqlab qoluvchi operatsiyalar bajarish yo’li bilan tibbiy yordam ko’rsatildi, 154 nafar bemorlarda LOR tizimi kasalliklarini erta aniqlash maqsadida zamonaviy endoskopik va otomikroskopik tekshiruv usullarini amalga oshirildi. Sinusit kasalligiga chalingan 20 nafar bemorda kam invaziv endoskopik operatsiyalarni bajarildi.

Keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning yordamchi va reabilitatsiya texnika vositalari bilantia’minlash maqsadida Reabilitatsiya texnik vositalaridan nogironlar aravachasi bilan 110 nafar, eshitish moslamasi bilan 53 nafar, xassa va to’ltiq-tayoq bilan 85 nafar nogironlar ta’minlandi.

557 nafar 1941-1945 yillardagi urush va mehnat frontining faxriylari sanatoriya-sog’lomlashtirish muassasalariga jo’natildi, 85 nafar ishlovchi keksalar bepul, 120 nafar keksa mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari orqali bepul, xodimlarning ota-onalaridan ishlamaydigan 277 nafar pensionerlar imtiyozli asosda sog’lomlashtirildi, 700 nafar mehnat fahriylarini viloyatdagi sanatoriylarda sog’lomlashtirildi.

Jami 102 ta kam ta’minlangan keksalarga tegishli bo’lgan xonadonlarning kadastr xujjatlarini bepul tayyorlab berildi.

Viloyatda 3250 dan ziyod keksalar kinoteatrlar, teatrlar, muzeylar, kontsert tomoshalari, boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga bepul borishlarini tashkil etildi.

265 ta korxonada 343 nafar nafaqa yoshidagi shaxslarga moddiy yordam ko’rsatildi va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi, 466 ta korxonada yubiley sanalari munosabati bilan 715 nafar pensiyaga chiqish arafasidagi va pensiya yoshidagi shaxslarga qimmatbaho sovg’alar topshirildi, 359 ta korxonada 472 nafar ishla-maydigan pensionerlarga moddiy yordam ko’rsatildi.

Aholi yashash punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 63 ta ob’ektlarda 31 ta ichimlik suvi qudug’i qazildi, mavjud 6 dona ichimlik suvi quduqlarini ta’mirlandi, 37 ta komplekt nasos o’rnatildi, 7 ta suv minoralar qurildi, 40,5 km ichimlik suv tarmoqlar tortildi va qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida "Farg’ona ETXK" AJ balansida mavjud bo’lgan 7 km uzunlikdagi 6-10 kVli, 12,7 km uzunlikdagi 0,4 kVli elektor tarmoqlari va 11 dona transformator punktlari rekonstruktsiya qilindi, 5,7 km uzunlikdagi 6-10 kVli, 11,7 km uzunlikdagi 0,4 kVli yangi havo tarmoqlari va 21 dona transformator punktlari qurildi.

Aholining madaniyat va dam olish markazlarida, mahalla guzarlarida O’zbekiston yozuvchilari, shoirlari, artistlari va boshqa atoqli fan, madaniyat va san’at arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ijroga yo’naltirildi. Ushbu band ijrosi bo’yicha yanvar-may oylari davomida 380 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Shundan Davra suhbatlari 2 ta, madaniy-marifiy tadbirlar 6 ta, kontsert dasturlari 21 ta, ijodiy uchrashuvlar 4 ta va boshqalar. O’zbekiston xalq xofizi Mamurjon Uzoqovni va O’zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovlarni xotirlash, iste’dodli yosh ijrochilarni kashf etish, ularni qo’llab-quvvatlash, iqtidori va mahoratini namoyish etishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida talovning birinchi bosqichi 15-20 may kunlari shahar, tumanlarda, ikkinchi viloyat bosqichi 23 may kuni Farg’ona shahrida Ahmad al-Farg’oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida o’tkazildi.

Viloyatda MXX xizmati, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tomonidan viloyatda istiqomat qilayotgan 871 nafar kam ta’minlangan fuqarolarning xar biriga 280 ming so’mlik jami 280 mln so’mlik kiyim kechaklari, uy ro’zg’or buyumlar, maishiy texnika vositalar shahar va tumanlarda bayram dasturxonlari tashkil etilgan holda tarqatildi.



“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida keksa yoshdagi 206 nafar mehnat faxriylari uchun Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Andijon, Qo’qon shaharlariga sayyohlik safarlari tashkil etildi.
Download 245,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish