O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
6-§. Davlat, huquq, shaxs 
Huquqiy davlat - huquq bilan bog’liq davlatdir. J.Shevale haqqoniy ravishda 
ta’kidlaganidek, «huquqiy davlat» tarkibi etarli darajada murakkab va tuzilmasi bir xil 
emas. Bir tomondan, huquqiy aralashuvning oqibat maqsadlarini aniqlash kerak bo’lganida 
(masalan, odil sudlov maqsadlari yoki uning usuli (protsessual shakllarni) yoxud me’yoriy 
ta’sir kuchini (majburiy jazo choralari tabiatini) aniqlash kerak bo’lganda, huquq davlatdan 
shikoyat qiladi ... Ikkinchi tomonidan esa, aksincha, faqat hamma fuqarolar tomonidan 
41
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-tom. T., «O’zbekiston» 1997. 130-bet. 


258 
bajarilishi majburiy bo’lgan huquqiy me’yorlarning birgaliqtsa amal qilishida davlatning 
qudrati ifodalangani uchungina emas, balki u butunicha huquq bilan boglanganligi, 
yuridiklashtirish omili jamiyat siyosiy tashkilotining bir shakli sifatida davlatni farqlovchi 
xususiyat sifatida maydonga chiqadigan tarzda uning tizimlari huquqiy kobiqqa o’ralganligi 
uchun ham huquqdan shikoyat qiladi».
42
Davlatning huquqqa bog’langanligini uning eng avvalo inson va fuqaro huquqdari 
bilan bog’liqligi sifatida tushunish lozim. Har qanday tsivilizatsiyalashgan jamiyatda 
tug’ilgan kunidan boshlab har bir kishiga tegishli bo’lib, undan tortib olib bo’lmaydigan 
huquqlar ob’yektiv suratda mavjudligi umum e’tirof etilgan - bu huquqlar insonga 
tabiatdan in’om etiladi. Davlat va shaxs munosabatlari ularning o’zaro huquqlar va 
majburiyatlar bilan bog’lanishi asosiga qurilishi kerak. 
Inson huquqlari nazariyasi va amaliyotts uzoq tarixga ega. Inson huquqlari - tarixiy-
tabiiy hodisadir. Bu esa, ular jamiyat tarixiy rivoji, inson hayotining doimiy o’zgarib turuvchi 
sharoitlarini hisobga olgan holda insonning tabiiy va ijtimoiy mohiyati asosida vujudga 
keladi va rivoj topadi demakdir. Inson huquqi - muayyan ijtimoiy munosabatlarini 
muvofiklashtiruvchi me’yorlar va tamoyillar majmuidir. 
Shuni nazarda tutish kerakki, har bir tarixiy berilgan huquq tizimi huquq sub’yekti va 
tegishli ravishda uning huquqlari va majburiyatlari haqidagi, uning ozodligi yoki ozod 
emasligi to’g’risidagi tasavvurlar sifatida inson haqidagi muayyan yuridik ta’limotni o’z 
ichiga olib kelgan va oladi.
Inson huquqiari to’g’risidagi tasavvurlarning shakllanishi va evolyutsiyasi tarixi, 
shaxs huquqdari va erkinliklarining rivojlanganlik darajasi ijtimoiy taraqqiyot darajasi va 
tegishli jamiyatda huquqning rivojlanishi bilan belgilanishidan dalolat beradi. 
Umuman huquq va inson huquqlari - prinsipial jihatdan bir tartibdagi va bir turdagi 
hodisalardir. Inson huquqlari - umuman har qanday huquqning zarur qismi, ijtimoiy 
muvofiklashtirishning maxsus turi va maxsus shakli sifatida huquq mohiyatini ifodalashning 
muayyan shaklidir. Inson huquqlari huquqsiz va undan tashqarida mavjud bo’lmaganidek, 
huquqning ham inson huquqlarisiz bo’lishi mumkin emas.
43
Ilgari qayd etib o’tganimizdek, har qanday huquqning o’ziga xos xususiyati 
munosabatlar muayyan doirasi ishtirokchilari rolida chiquvchi amalda xilma-xil odamlarning 
asos-e’tibori bilan mavhum, rasmiy tengligidan iborat. 
Huquqqa xos teng erkinlik tamoyili faqat bir ma’noda, ya’ni u huquq tamoyili ta’siri 
ostiga tushib qolgan munosabatlar doirasining barcha ehtimol tutilgan ishtirokchilari uchun 
bir xil darajada ahamiyatli, degan ma’no-dagina umumiy xarakterga ega bo’ladi. Biroq, bu 
umumiylik nisbiydir. Chunki u huquq tomonidan muvofikdashtiriladigan munosabatlar 
sub’yektlari bilangana cheklanadi. Ishtirokchilar tarkibi singari munosabatlar huquq 
shakllari doirasi ham tarixiy rivojlanish jarayonida o’zgaradi hamda barchaning rasman 
tengligi va erkinligi tan olingunga-cha odamlarning erkin va erkin bo’lmagan kishilarga 
bo’linishining ijtimoiy-tarixiy evolyutsiyasini ifodalaydi. 
Odamlar u yoki bu qismining to’liq yoxud qisman erkin emasligi (kullik, 
krepostnoylik) saqpanib kelgan vaqtlarda huquqning o’zi va undan foydalanish rasman 
teng kishilar doirasiga kirmaganlarga nisbatan imtiyoz (huquq-imtiyoz)dan iborat edi. Ya’ni 
inson ijtimoiy maqomi, muayyan urug’, tabaqa, guruhga mansubligi yoki mulki, boyligi 
borligiga qarab tegishli huquqlarga ega bo’lgan. 
Inson huquqlari hozirgi zamon ta’limoti tarixiy yo’lining turli bosqichlarida 
imtiyozlilikning u yoki bu ko’rinishi haqida so’z borgan. Ushbu tarixiy qatorda shunday 
imtiyozlarga ega bo’lgan odamning so’nggi tipi fuqaro bo’ldi, imtiyozli kishi huquqlarining 
42
Shevalier J.L. Elat de dzoit //Reunede dzoit publt. 1998. № 2. Z. 316 
43
Qarang: Общая теория права и государства: /Под ред. В.В.Лазарева. -M., 1994. 311-bet. 


259 
so’nggi shakli esa - fuqaro huquqidir. Tarixiy taraqqiyot davomida tobora ko’proq kishilarni 
fuqaro sifatida huquqiy e’tirof etishning kengayib borishi ro’y berdi. Huquqiy tenglik 
tamoyili tobora ko’proq odamlar doirasiga yoyilib bordi. 
Turli davrlarda rasmiy tengaik tamoyili mazmuni qanday o’zgarib borganligini 
kuzatish qiziqarlidir. Chunonchi, talion tamoyilida (qonga-qon, jonga-jon) va odil sudlov-
ning afsonaviy tarozusi qiyofasida qilingan jinoyatga teng (baravar, adolatli) qasos g’oyasi 
o’z aksini topdi. Bu holatda biz ko’proq jinoiy huquq bilan ish ko’ramiz, huquqiy tenglik esa 
eng avvalo, mas’uliyatli tenglik, jinoyat bilan jazo o’rtasidagi tenglik, jazoning keltirilgan 
zararga mos kelishidir. 
Tenglikni ifodalash va amalga oshirishning boshqa shakli - qur’a inson 
munosabatlarining yanada yanada kengroq doirasi /ne’matlar, hurmat-ehtirom, 
lavozimlarni taqsimlash, qarorlar qabul qilish, janjallarni hal etish kabilar/ni qamrab oladi. 
Qur’a ishtirokchilari taqdir oldida birdek tengdirlar. Qur’a dastlab taqdirning o’zini, mazkur 
voqea u yoki bu ishtirokchisi uchun tegishli rolning u tomonidan tanlovini bildirgan. 
Keyinchalik kur’aning shakli o’zgarib, kur’a ishtarokchisining o’z ulushi, o’z taqdirini 
o’zi tanlashiga aylanadi. Natijada kur’a tuzilmasi - tengaik Huquqiy tamoyilini ko’shish va 
amalga oshirishning yangi va istiqboshsh shakli shakllanadi. 
Sudning paydo bo’lishi bilan aynan bir sudning o’ziga sudlanuvchi bo’lganlarning 
tengligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan tenglik haqida, uning adolat va 
huquq bilan bog’liq tasavvurlarning rivojini kuzatish qiziqarlidir. Qadim davrlardanoq 
tenglik adolat va huquq tamoyili sifatida talqin etib kelingan. Lekin bunda tenglikning ikki 
turli - arifmetik tenglik (o’lchov, tarozu tengligi va hokazolar) va geometrik tenglik ma’noga 
qarab tenglik) mavjud edi. 
Misol uchun Arastu huquqni (tabiiy huquqni ham, irodaviy belgilangan huquqni 
ham) siyosiy huquq bilan tenglashtirgan. Arastuning fikricha, bu tenglik odamlarning 
«buning ustiga erkin bo’lib tugalgan va mutanosib ravishda yoki arifmetik teng 
fuqarolarning»,
44
siyosiy (polisli) uyushish sharoitlarida mavjud bo’ladi. 
To’ralar (ya’ni siyosiy bo’lmagan) hokimiyati va munosabat xilida (vahshiylarcha 
istibdod tuzumlarida, xo’jayin bilan qul o’rtasidagi munosabatlarda) huquq faqat siyosiy 
huquq sifatidagana mavjud bo’lishi, inson huquqi esa faqat (polis a’zosi) huquqi sifatida 
bo’lishi mumkin. 
Antik-ma’rifiy yondashuvning boishanishi qadimgi grek sofistlari ijodi bilan bog’liq. 
Sofist Protagorning mashhur «Hamma narsaning mezoni - inson» ta’rifi buyuk 
insonparvarlik ma’nosi bilan to’liq. Bir qator sofistlar (Antifont, Likofron, Alkidam) barcha 
kishilarning tabiiy tengligi - tabiat bo’yicha, tabiiy huquq bo’yicha tengligi g’oyasi bilan 
chiqishdi. Odamlarning tengsizligi, shu jumladan, erkin va qullarga bo’linish ular tomonidan 
odamlarning sun’iy tartiblari, polis qonunlari sifatida talqin etilardi. 
Inson huquqdari ta’limotida rimlik yuristlar tomonidan ishlab chiqilgan huquq 
sub’yekti tushunchasi muhim rol o’ynaydi. Mazkur tushuncha yuridik shaxs 
konstruksiyasida o’z aksini topgan. Shunisi qiziqki, ular tabiiy huquqqa ko’ra, hamma erkin 
bo’lib tupshadi, kullik esa xalqlar huquqi bo’yicha kirib kelgan, deb hisoblashsada, ularning 
o’zlari yana qullarni huquq ob’yekti sifatida qoldirib, faqat ozod kishilarni yuridik shaxs 
sifatida tan olardilar. Ularning huquqiy sub’yektlikni nafaqat xususiy, balki ommaviy 
huquqqa ham taalluqli deb hisoblashganini qayd etish muhimdir. 
Rimlik mualliflar tomonidan qonun talablarining yalpi umumiyligi va birligadek 
muhim tamoyil asoslab berilgandi. U: «Qonun ta’siri hammaga birdek bo’lishi kerak», deb 
ifodalangan. 
Urta asrlarda umuman feodal tuzumi tuzilishi va mavjudligining huquq hamda 
44
Qarang.: Аристотель. Соч. 4.-М., 1983, 159-bet. 


260 
tabaqaviy va ierarxik tamoyillari bilan Huquqiy bog’lanishning yanada keng yoyilgan va
 
batafsilroq tarkibi yuzaga keladi. Feodal jamiyatida inson huquqlari uning qaysi tabaqaga 
mansubligiga qarab belgilanadigan bo’ldi. Xilma-xil ijtimoiy maqomlar turli huquq-
imtiyozlar belgilardi. 
Qadim zamonlarda yuzaga kelgan odamlarning yalpi tengligi g’oyasi o’rta asrlarda 
turli nuqtai nazarlardan turib, turli shakl va yo’nalishlarda rivojlanishda davom etdi. O’sha 
davr huquqiy hujjatlarida ushbu g’oyaning amaliy ifodasi tabaqaviy huquqlar va ozodliklar 
/erkinliklar/dan iborat bo’lgandi. Shunga qaramay, burjua konstitutsiyalari hamda inson 
huquqdari va erkinliklari yuridik konstruksiyalarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan tarixiy 
istiqbolli yo’nalish bo’lgan. 
Tabiiy huquqning akl-idrokka asoslangan nazariyasi, avval ta’kidlaganimizdek, 
G.Grotsiy, B.Spinoza, J.Lokk, Sh.Monteske, T.Jefferson va boshqa mutafakkirlar asarlarida 
ishlab chiqilgan. Ularning feodal tuzumini tanqid qilganliklari va shaxs huquqlari va 
erkinliklari to’g’risidagi yangi tasavvurlarni, individ bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarda 
huquq hukmronligining zarurligi haqidagi yangi tasavvurlarni asoslab berganliklari burjua 
dunyoqarashining shakllanishiga, burjua inqiloblarini yuridik tayyorlashga va ular 
natijalarini yuridik mustahkamlashga katta hissa bo’lib qo’shildi. 
Inson tabiiy huquqlarining ajralmasligi, hokimiyatlarning bo’linishi ta’limotiga bog’liq 
holda konstitutsiyaviylikning shakllanish jarayonida o’z rolini o’ynadi va ilk burjua 
konstitutsiyaviy qonunchililigi va davlat-huquqiy amaliyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 
Chunonchi, 1789 yilgi Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasida barcha 
odamlarning erkinligi va huquqiy tengligi tantanali e’lon qilingandi. Inson huquqlari unda 
«tabiiy, ajralmas va muqaddas» deb baholangan. «Tabiiy» deb atalishining sababi 
shundaki, insonga uning tugalishi chogida tabiat va faqat tabiatgana tabiiy huquqdarni 
taqdim etadi. «Ajralmas» deb tan olinishida ularni hayotiy faoliyat yurituvchi jonzod 
sifatida insonga xos tub sifatlar qatoriga kiritishlari hamda uning timsolida «ijtimoiy ittifoq 
a’zosi»ni yo’qotishning yaqqol taxdvdisiz bu huquqlarni ayirib olib bo’lmagani nazarda 
tutiladi. 
Nihoyat, Deklaratsiyada inson huquqlari «muqaddas» deb atalgan. Bu erda 
«muqadtsas»lik favqulodda muhim, yuksak hurmatga sazovor va barqaror demakdir. 
Bunday huquqlar qatoriga erkinlik, mulkchilik, xavfsizlik va jabr-zulmga qarshiliq 
ko’rsatish kiritilgan. Tafakkur va fikrlarni, shu jumladan diniy masalalar bo’yicha erkin izhor 
etish ham inson huquqlari sifatida tan olingan. Qonun oldida hammaning tengligi tamoyili 
e’lon qilingan. Deklaratsiyaning bir qator moddalari jinoiy-huquqiy sohada inson huquqdari 
va erkinliklarini himoya qilishga bagishlangan. Aybsizlik prezumpsiyasi «har bir odam aksi 
isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi» degan ta’rifda tan olinadi. 
«Birinchi avlod» huquqlari deb atash mumkin bo’lgan qator fundamental siyosiy va 
fuqarolik huquqlarini e’lon qilib, ularni amaliyotga kiritib, Deklaratsiya inson huquqlari 
tuzilmasi rivojining ilk bosqichini ochib berdi. Ushbu davrda inson huquqdari o’zining ideal 
qiyofasidan ayniqsa uzoklikda edi. Ularni amalga oshirish ijtimoiy tarkibotlar omonidan 
vujudga keltirilgan qiy-inchiliklarga duch keldi. Natijada «teng bo’lib tugilgan» odamlar 
«faol» va «passiv» fuqarolarga bo’lina boshladilar, «inson huquqlari» tushunchasiga 
qarama-qarshi siyosiy hayotga «tsenz» tushunchasi kirib keldi. 
Ushbu tuzilma taraqqiyotdagi ikkinchi bosqich huquqlarining yangi, ikkinchi avlodi - 
ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarning paydo bo’lishi munosabati bilan endi bizning asrimiz 
sanasiga kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar (mehnat qilish, ma’lumot olish, ijtimoiy 
ta’minlanish huquqi) siyosiy huquqlarga qaraganda davlatning ham moddiy, ham yuridik 
xususiyatdagi choralariga ko’proq muhtojdir. Busiz mazkur huquqlar ozgana bo’lsa ham 
izchil amalga oshishi qiyin. 
Uchinchi boskdch asrimizning ikkinchi yarmiga tegishpi bo’lib, inson haq-huquqlarini 


261 
riyuj toptirish, amalga oshirish va muhofaza qilishda xalqaro huquq rolining keskin oshishi 
bilan tavsiflanadi. Huquqlar va erkinpiklar ro’yxaga yanada ko’proq kengayadi, ularning 
«uchinchi avlodi» shakllanadi. 
Uchinchi avlod inson huquqlariga bag’ishlangan xalqaro-huquqiy hujjatlar orasida 
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi alohida o’rin tutadi. Dastlab Inson huquqlari xalqaro xartiyasi 
Inson huquqlari deklaratsiyasi, Inson huquqlari to’g’risidagi konvensiya va Konvensiya 
qoidalarini hayotga tatbiq etish bo’yicha tadbirlar aks etgan hujjatdan iborat bo’lishi kerak 
deb belgilagandi. 
1948 yil dekabrida taklif etilgan hujjatlarning birinchisi - Inson huquqdari 
umumjahon deklaratsiyasi qabul qilindi. Ikkinchi va uchinchi hujjatlarni tayyorlash 
davomida inson huquqlarining barcha toifalari kiritiladigan yagona shartnoma o’rniga Inson 
huquqlari to’g’risida ikkita paktni qabul qilishga qaror qilindi. Bular - Iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt hamda Fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlar 
to’g’risidagi xalqaro paktdir. Paktlarni hayotga tatbiq etish tadbirlari paktlarning o’zlariga 
ham, shuningdek, alohida hujjat - Fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlari to’g’risidagi 
paktga fakultativ bayonnomaga ham kiritilgan. 
Xartiyani tashkil etuvchi hujjatlarning yuridik kuchi turlicha. Inson huquqlari 
Umumjahon deklaratsiyasi tavsiya beruvchi me’yorlar, me’yor-da’vatlarni aks ettirsa, 
ikkinchi tomondandalqaro shartnomalar sifatida paktlar shu paktlar qatnashchilari bo’lgan 
davlatlar uchun majburiy xatti-harakat me’yorlarini belgilab beradi. Shundan kelib chiq-qan 
holda Xartiyaga yagona hujjat sifatida qarab bo’lmaydi - bu etarli darajada mustaqil 
xalqaro hujjatlarni bir-lashtiruvchi umumiy nomdir. 
Deklaratsiyada ifodalangan huquqlar va erkinliklarni to’rt guruh bo’yicha tasniflash 
mumkin. Birinchi guruhga elementar huquqlar va erkinliklar deb nom olgan huquqlar va 
erkinliklar: yashash, daxlsizlik, qullikdan ozod bo’lish huquqi, azob-ukubatga yoki 
vahshiylarcha, insonlikka isnod bo’lgan yoki jazoga mustahiq bo’lmaslik, qonun oldida 
barchaning tengligi, odil sudlovning taomil kafolatlariga taalluqli bir qator huquqlar, shaxsiy 
va oilaviy hayotga o’zboshimchalik bilan aralashish hamda or-nomus va sha’niga yoki 
xatlardagi sirlarga o’zboshimchalik bilan tajovuz qilishdan himoyalanish kiritiladi. 
Ikkinchi guruhni fuqarolik huquqlari tashkil etadi. Bular: shaxsning huquqiy sub’yekt 
sifatida tan olinish huquqi, davlat hududida erkin yurish va o’ziga istiqomat joyini tanlash 
erkinligi, boshpanadan foydalanish huquqi, fuqarolik huquqi, nikoxdan o’tish va oila tashkil 
etish huquqi, mulkka egalik qilish huquqidir. 
Siyosiy huquqdar va erkinliklar qatorida Deklaratsiya: fikr, vijdon va din erkinligi; 
e’tiqodlar va ularni izhor etish huquqi; tinch yig’ilishlar va uyushmalar o’tkazish (tuzish) 
huquqi; o’z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqini belgilaydi. 
Nihoyat, 22-28-moddalarda mehnat qilish huquqi, ishni o’z erki bilan tanlab olish, 
teng mehnatga teng haq olish, kasaba uyushmalariga birlashish huquqi, dam olish va 
bo’sh vaqt huquqi, muayyan turmush darajasiga ega bo’lish huquqi, bilim olish huquqi kabi 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar sanab o’tiladi. 
Har bir kishining jamiyat oldidagi majburiyatlari keltirilgan hamda individning o’z 
huquq va erkinliklarini amalga oshirish chogida ularni cheklash mumkin bo’lgan asoslar 
belgilangan. Mazkur cheklashlar boshqalarning huquq va erkinliklarini tan olish va hurmat 
qilishni ta’minlash maqsadida, shuningdek axloqiylik mulohazalari bo’yicha jamoat tartibini 
hamda umumiy farovonlikni ta’minlash maqsadida belgilanadi. Ana shunday barcha 
cheklashlar, agar ular to’g’ridan-to’g’ri qonunda belgilangan bo’lsa, mavjud bo’lishi 
mumkin. 
Xulosa qilib shuni qayd etish joizki, Garb demokratiyasi va Rarb tsivilizatsiyasining 
barcha qadriyatlari insonning tabiiy huquqdari sifatida butun jahon hamjamiyati tomo-


262 
nidan tan olingan emas. Jahonning turli mamlakatlarida tarkib topgan madaniy 
an’analarning xilma-xilligi buning asosiy sabablaridandir. 
Inson huquqdari, davlat - jamiyat - shaxs nisbati to’g’risida gapirarkanmiz, shunday 
bir muammo, ya’ni huquqiy tartibga solish va davlat faoliyatining chegaralari haqida 
albatta to’xtalish kerak. Avval boshidanoq, munosabatlarni tartibga solishga yondashuvda 
tamoman qarama-qarshi qarash ikki mavjudligani qayd etamiz. Ulardan birinchisi - «tunga 
qorovullik davlati» nomini olgan konsepsiya bo’lib, unga muvofiq davlat eng ahamiyatli 
munosabatlarnigana tartibga solishi, to’g’rirogi muhofaza etishi kerak. 
Ikkinchi yondashuv shundan iboratki, odamlar o’rtasidagi munosabatlarning tobora 
ko’proq mikdori davlat boshqaruvi doirasiga kirib qoladi. Ayni zamonda bunday tajriba 
fuqarolar butun hayotiy faoliyatiga mayda-chuydalarda ham davlat organlarining 
aralashuviga olib kelishi mumkin. 
Huquq jamiyat o’z vazifalarini hal etadigan asosiy, lekin birdan-bir vosita emasligani 
yodda tutish zarur. Kishilarning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti ijtimoiy me’yorlarning 
butun bir majmui bilan tartibga solinadi. Buning ustiga huquqiy tartibga solish predmeti 
boshqa qoidalar ta’siri predmetlariga mos kelishi, lekin ayni paytda farq qilishi ham 
mumkin. Har ikkala holatda ham hech bo’lmasa nazariy jihatdan huquqiy sohaning tashqi 
va ichki chegaralarini aniqdash zarur. 
Shunga ko’ra, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish nomuvofiq yoki 
butunlay mumkin bo’lmay qoladigan sarhadlar, chegaralar to’g’risidagi masala ko’ndalang 
bo’ladi. Buni bilish juda muhim. Zero, qonuniylik va o’rnatilgan huquq-tartibot fakdt 
amaldagi qonunlarni bajarmagan hollardagana buzilmay, balki qonunchilik, huquqni 
qo’llanish faoliyati jarayonida huquqning ta’sir doirasidan chiqib ketilganda ham ro’y 
beradi. Shaxs manfaatlariga rioya qilish nuqtai nazaridan ham, jamiyat manfaatlariga rioya 
etish nuqtai nazaridan ham bunday harakatlar nomaqbuldir. 
Huquqiy tartibga solish chegara(lari to’g’risidagi masala bilan birinchilar qatori 
tabiiy-huquqiy qarashlar taraf-dorlari qiziqishgan. Ular shunday bir qoidani e’lon qilishdiki, 
unga muvofiq ijobiy huquq tabiiy huquqqa asoslanishi, unga mos bo’lishi va uning 
chegaralaridan chiqmasligi kerak. Ular fikriga ko’ra, insonning tabiiy, ajralmas huquqdari 
davlat uchun mezon bo’lib xizmat qilishi kerak. 
Mazkur nuqtai nazarning keyingi vaqtlarda tarafdorlari soni ortib bormoqda. 
Huquqiy tartibga solish chegaralari tushunchasi «huquqiy tartibga solish doirasi» 
huquqiy kategoriyasi bilan chambarchas bog’likligini esda tutish lozim. Biroq, yuridik 
adabiyotda hanuzgacha huquqiy tartibga solish doirasi, hajmi mezonlariga yagona 
yondashuv tarkib topgani yo’q. 
Chunonchi, bir xil mualliflar fikriga ko’ra, huquqiy tartibga solish mazmuni, hajmi va 
doirasini belgilash huquq ijodkorligi organlari vakolatiga kiradi; huquqiy tartibga solish 
chegaraliligi ob’yektiv mezonlar - ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari, huquqning ichki 
qonuniyatlari va xususiyatlari bilan, huquqiy ta’sir o’tkazishning sub’yekti va ob’yekti sifat 
tavsifi bilan belgilanadi. Huquqiy tartibga solishning doirasi va chegaralari bir-biriga mos 
kelmaydigan hamda qonun hujjatlarini tako-millashtirishga, binobarin, ana shu muvofiklikni 
ta’minlashga qaratilgan. 
Boshqa olimlar nuqgai nazariga ko’ra, huquqiy tartibga solish doirasi huquq ta’siriga 
berilgan ijtimoiy makondir. Tartibga solish chegaralari - bunday makonning chegaralari, 
sarhadlaridir. Qonun chiqaruvchi ta’sir doiralari ehtimol tutilgan /potensial/ boshqarish 
doirasi; zaruriy boshqarish doirasi; qonuniy tartibga solish doirasi; huquqni amalga 
oshiruvchi tartibga solish doirasini farqlaydi. 
Bizning nazarimizda, huquqiy tartibga solish doirasini 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish