bu, eng avvalo, xususiy mulkka
asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek, oila, tabaqa, davlat tuzumi, huquq,
axloq, burch, madaniyat, ta’lim-tarbiya, qonunlar va ulardan kelib chiqadigan
sub’yektlarning o’zaro yuridik aloqalaridan iborat. Uning ta’biricha, tabiiy,
«madaniyatsiz» holatdan odamlar fuqarolik jamiyatiga kirib kelishlari kerak
edi, zero, ana shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqatga aylanadi».
31
Ayni paytda u, bunday jamiyat faqat «hozirgi zamon dunyosi»dagina bo’lishi
mumkinligini ta’kidlardi. Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyati yovvoyilik, qoloklik, no-
tamadduniylikka qarshi qo’yilardi.
Inson, uning roli, funksiyalari, maqomi Gegel ta’limotining asosiy unsuri sifatida
maydonga chiqadi. Gegel qarashlariga muvofiq alohida shaxs o’zi uchun o’zi maqsad bo’lib,
uning faoliyati eng avvalo o’zining (tabiiy va ijtimoiy) ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
bo’ladi. Ayni paytda, o’z ehtiyojlarini faqat boshqa odamlar bilan muayyan munosabatlarda
bo’lgan holatdagana qondira oladi. «Fuqarolik jamiyatida har kimning o’z manfaati o’zi
uchun maqsad bo’lib, boshqa hamma uning uchun hech narsa zmas. Lekin boshqalar bilan
munosabatda bo’lmasdan o’z maqsadlarining to’la hajmiga erisha olmaydi».
32
Fuqarolik jamiyati marksistlar e’tiboridan ham chetda qolmadi. Chunonchi, Marks
o’zining ilk asarlarida oilani, tabaqa, sinflarni, mulkchilikni, taqsimotni tashkil etishni
belgilash maqsadida ushbu atamani tez-tez qo’llardi. Bunda ularning tarixiy bog’liklik
mohiyati, iqtisodiy va boshqa omillarga tobeligini u ko’p ta’kidlardi.
Keyin uning asarlarida bizga yaxshi tanish bo’lgan ishlab chiqarish kuchlari, ishlab
chiqarish munosabatlari, bazis, ustqurma, ishlab chiqarish usuli va boshqa shu kabi
atamalar ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi.
Shunga qaramay u shunday deb yozgandi:
«Ishlab chiqarshi, ayirboshlash va
taqsimot rivojining muayyan bosqichini olib ko’ring va siz muayyan ijtimoiy tuzum, oila,
tabaqalar, sinflarning muayyan tashkilotini, muayyan fuqarolik jamiyatini olasiz» (muallif
ajratib ko’rsatgan).
Muayyan fuqarolik jamiyatini oling va siz bunda faqat fuqarolik jamiyatining rasmiy
ifodasi bo’lgan muay-yan siyosiy tuzumni olasiz».
33
Shunday qilib, fuqarolik jamiyati haqidagi masala inson hayotining eng oqilona va
31
Qarang: Гегель. Работы разных лет. -М., 1973. 50-bet.
32
Философия права. -М., 1990. 228-bet.
33
Qarang: Маркс К., Энгельс Ф. Соч. Т.З. 64-bet.
253
maqsadga muvofiq tuzumi tarzida qo’yilgandi. Mohiyatan gap tsivilizatsiya rivojining yangi
bosqichi haqida, ijtimoiy taraqqiyotning halqa bo’ylab yangi siljishi haqida ketayotgandi. Bu
o’ziga mos keladigan rasmiy tan olinishi va ifodalanishi kerak edi. Bunda taklif etiladigan
barcha modellar va ta’limotlarda bosh tamoyil - mulkchilik va davlatning yagona
«tashkilotchi va muvofiklashtiruvchi» rolidan, o’z qo’lida barcha ijtimoiy rishtalar va
aloqalarni ushlab turishdan voz kechishi tamoyili turardi.
Mulkdan uzokdashishi har qanday shaxsda salbiy aks etadi, chunki bu bilan u
o’zining iqtisodiy ildizlaridan uzib olinadi. Ozod va teng huquqli individ - mulkdorlar,
moddiy va demak, ma’naviy, shaxsiy, siyosiy, axloqiy erkinlik, inson sha’ni - fuqarolik deb
ataluvchi jamiyatning asosiy qadriyatlaridir. Shuning uchun fuqarolik jamiyati fuqarolardan
iborat bo’lgani uchun emas, balki fuqarolarga kerakli sharoitlarni yaratib bergandagina o’z
nomini okdaydi.
Biz o’tmish mutafakkirlari aytib ketgan gaplarni ataylab keltirdikki, bu bilan, bizda
fuqarolik jamiyati qurilishi hech vaqosiz bo’sh joyda emasligini, balki nazariy meroslar
etarlicha borligini ko’rsatib borishga intildik. Albatta, o’zgalar tajribasidan nusxa ko’chirish
yara-maydi. Lekin uning nimalardan tuzilganini bilib olish shubhasiz zarur.
Fuqarolik jamiyatining alomatlaridan gapni boshlaymiz. Ular mazkur jamiyat
mavjudligining uch darajasida -iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy darajalarida joylashadi.
Tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, endilikda xususiy mulk faqat odamlarni bir-biridan
ajratibgana qolmay, balki ularni jipslashtirishini ham inkor etish mumkin emas. Oxir -
oqibatda aynan mulkchilik davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom holatda bo’lgan fuqarolik
jamiyati tartibotlarini shakllantirishda yordam beradi. Gegel «fuqarolik jamiyati haddan
tashqari boyigan holatida ham favqulodda qashshoqpik bilan, chuvrindilarning paydo
bo’lishiga qarshi kurashish uchun etarli darajada boylikka ega emas», deb yozib
ketganidan beri katta o’zgarishlar ro’y berdi. Rivojlangan kapitalizm mamlakatlarida to’la
etuk va tsivilizatsiyalashgan jamiyat tarkib topdi. U kishilar hayoti darajasi va sifati bo’yicha
sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridan ancha ustun-turardi. Rarbning ko’pgina
mamlakatlarida fuqarolik jamiyati sinflar o’rtasidagi munosabatlar tengligani ijtimoiy
inqiloblar darajasigacha olib bormaslikka qodir bo’lib chikdi. Proletariatning ham u erlarda
yo’qotadigan narsalari bor.
Huquqiy davlatchilikning asosiy poydevorlari nimalardan iborat? Muhimlarini sanab
o’tamiz: mustaqil ishlab chiqaruvchi, erkin iste’molchi (xaridor) va ozod fuqaro.
Avval boshdanoq, xususiy shaxs ham, shu qatori har qanday jamoa ham mustaqil
ishlab chiqaruvchi bo’lishi mumkinligini qayd etamiz. Barcha hozirgi zamon mamlakatlarida
teng asoslarda davlat mulkchiligi ham mavjud.
Aynan xususiy mulkchilik jamiyatida muhtojlikda yoki xohishiga ko’ra uning istalgan
a’zosi qonun doirasida davlatga «yo’q» deb, ayni paytda hayoti uchun zarur mablag’lardan
ajralmay qoladigan holatni shakllantiradi.
Agar, ishlab chiqaruvchilar ko’pchilik bo’lmasada, ular jamiyatning bir qismi bo’lib
qolaversa, hamma - iste’molchi hisoblanadi, Moddiy va ma’naviy ne’matlar iste’molchisi
hisoblangan fuqaro tanqislik bo’lmagan holatdagana o’zini nisbatan xotirjam his qiladi. Ana
shundagana jamiyat va davlat barqarorlikka ega bo’ladi.
Zarur mollar va xizmatlar tanqisligi imtiyozlar va ijtimoiy adolatsizlikni keltirib
chiqaradi: mollar va xizmatlarni egallangan lavozimning katta-kichikligaga qarab taqdim
etish boshlanadi, Shu tariqa mollar hajmining harakati ustidan nazoratni ma’muriy
hokimiyat butunlay o’z qo’liga oladi va iste’molchi unga haddan tashqari tobe bo’lib qoladi.
Bunday holatda endi gap fuqarolik emas, balki totalitar jamiyat haqidagina borishi mumkin.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsifi endiliqda huquqiy davlat tushunchasida a’lo tarzda
jamlangan. Shuni ham boshdayoq qayd etish joizki, tarixiy jarayon rivojida birinchilikni
fuqarolik jamiyatiga (Marks) yoki davlatga /Gegel/ berish iqtisodiyot bilan siyosatni bir-
254
biriga qarama-qarshi qo’yishga olib keladi. Bu esa, nazariyada ham, shuningdek
amaliyotda ham noto’g’ridir.
Agar faqat davlatchilikning rivoji asos qilib olinadigan bo’lsa, fuqarolik jamiyatining
siyosiy tavsifi hech ham to’liq bo’la olmaydi. «Demokratiya ta’sirchan bo’lishi uchun
fuqarolik jamiyataning plyuralizmi kerak bo’ladi».
34
Uni ko’ppartiyaviylik, jamoat
birlashmalarining keng tarmog’i, tadbirkorlar, mustaqil jamoalar uyushmalari, mahalliy
boshqaruvning xilma-xil shakllari va boshqalar ta’minlaydi.
Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyati siyosiy hayotining muhim qismidir.
Ular fuqarolik jamiyati hayotiyligining, uning atrof muhit bilan moslashish qobiliyatining
muhim shartlaridan biri bo’lgan qaytar aloqani amalga oshiradi.
Umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi - ma’naviy hayot sohasidagi fuqarolik
jamiyati alomatlari ana shu iborada o’z ifodasini topgan. Ozodlik, qonun oldida tenglikka,
ijtimoiy adolatga izchil yo’nalganlik fuqarolik jamiyatida teng sharoitlarni ta’minlaydi. Bu
esa juda muhim, deb ta’kidladi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti: «...Islohotlar davomida
kishilar o’z mehnat va akdiy imkoniyatlarini amalga oshirishlari . . . uchun Konstitutsiyada
ko’zda tutilgan ijtimoiy kafolatlar va imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Tashabbuskorlik va
omilkorlik butun choralar bilan rag’batlantirilishi lozim»
35
Fuqarolik jamiyati sharoitida huquq faqat iqtisodiy va siyosiy hukmronlik qiluvchi sinf
irodasinigina emas, balki o’z davri insonparvarlik asoslari, uning ahloqiy yo’nalishlarini
ifodalaydi. Kantning fikricha, fuqarolik-huquqiy holati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
«jamiyat har bir a’zosining inson sifatidagi erkinligi; fuqaro sifatida uning har bir boshqa
odam bilan tengligi; jamiyat har bir a’zosining fuqaro sifatida mustaqilligi».
36
Albatta, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat ziddiyatlardan xoli emas. Zero,
ko’pchilik jarayonlar hokimiyatlar tomonidan kuchli ehtiyot choralari ko’rilmay, erkin
tartibda kechadi. Fuqarolik jamiyatida, chamasi, boshqa har qanday jamiyatdagidan
ko’proq kambag’allarning yanada kambagal, boylarning yanada boyroq bo’lishi uchun
shart-sharoitlar yaratilishi mumkin. Shuning uchun ham bu erda davlatning o’z vaqtida
vaziyatni tuzatib, to’g’rilab borishi juda muhim ahamiyatga ega. Biroq, agar u muayyan
afzalliklarga ega bo’lsa ham, bu afzallikni taqsimot munosabatlari sohasida emas, balki
ishlab chiqaruvchi kuchlarning shiddatli rivojlanish qobiliyatidan izlash kerak. Hozircha
chukur ilmiy idrok etishni talab qiluvchi fuqarolik jamiyatining qandaydir bir qiyofasi tarkib
topgan, xolos.
Lekin hozirning o’zidayoq, u yoki bu mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan qat’i
nazar, har qanday fuqarolik ja-miyatiga xos bo’lgan eng umumiy g’oyalar va tamoyillarni
ko’rsa-tish mumkin. Ulardan ba’zilarini quyida keltiramiz:
1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining xilma-xilligi, bozor munosabatlari;
2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so’zsiz e’tirof etish va muhofaza qilish;
3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik tabiati;
4) qonun va odil sudlov oldida barchaning tengligi, shaxsning ishonchli yuridik
himoyalanganligi;
5) hokimiyatlarning bo’linishi va ularning o’zaro hamkorlikda ishlashiga asoslangan
huquqiy davlat;
6) siyosiy va mafkuraviy fikrlar xilma-xilligi, oshkora muxolifatning mavjudligi;
7) so’z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
8) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, ularning o’zaro
majburiyatlari va mas’uliyati;
34
Дарендорф Р. Дорога к свободе: демократия и ее проблемн в Восточной Ееропе. /Вопроси философии. - 1990.
9-son, 73-bet.
35
Karimov I.A. Vatan sajdagox; kabi muqaddasdir. 3-tom. T., «O’zbekiston» 1996. 302-303-betlar.
36
Кант И. Соч. В 6-ти томах...-М., 4-tom, 2-qism. 79-bet.
255
9) sinfiy tinch-totuvlik, sherikchilik va milliy ahillik;
10) odamlarning munosib hayot darajasini ta’minlovchi ta’sirchan ijtimoiy siyosat.
Fuqarolik jamiyati - shaxsiy hokimiyat rejimiga, o’zboshimchalikka, sinfiy nafratga,
totalitarizmga, odamlar ustidan zo’ravonlikka o’rin bo’lmagan, qonun, axloq, insonparvarlik
va adolat tamoyillarini hamma hurmat qiladigan erkin, demokratik, huquqiy
tsivilizatsiyalashgan jamiyat. Bu - aralash iqtisodiyotga ega bo’lgan ko’p ukladli raqobatli
bozor jamiyati, tashabbuskor tadbirkorlik, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlarinig oqilona
muvozanati ta’minlangan jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyatida fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlari asosan qonunlarga
itoatkorlik va soliqlarni to’lashdangana iborat qilib qo’yilgan bo’ladi. Albatta, muayyan
vaziyatlarda va munosabatlarda fuqarolarda ularning ijtimoiy, mehnat, tadbirkorlik va
boshqa turdagi faoliyatlari bilan, xizmat, harbiy, oilaviy burchni ado etish bilan bog’liq
boshqa majburiyatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Biroq, bunday tizimda pastdan
yuqoriga (vertikal) emas, balki gorizontal aloqalar ko’proq bo’ladi.
Fuqarolik jamiyati fuqaro va uning erkinligidan boshlanadi. Fuqaro so’zining o’zi
shaxsning mustaqilligi, tenghuquqliligi, sha’ni va o’z-o’zini hurmatlashining sinonimi sifatida
yangraydi. Bu jamiyat hamisha har turli tabaqaviy amaldorlarga qarama-qarshi qo’yilgan,
odamlarning tengsizlik holatiga qarshi, ularning huquqlarda cheklanishiga qarshi da’vat
sifatida qabul qilingan. «Tabaqa» maqomi yoki krepostnoylik maqomi tahqirlovchi va
kamsituvchi nomlar edi. Ayni paytda «fuqaro» unvoni burch, mas’uliyat hissini ifodalar,
xalqqa xizmat qilish bilan bog’lanardi. Nekrasovning: «Shoir bo’lmasligang mumkin, lekin
fuqaro bo’lishga majbursan», degan satrlarini eslaylik.
Fuqarolik huquqiy jamiyati uchun yana ikki tamoyil - aybsizlik prezumpsiyasi va
«qonun taqikdamagan hamma narsaga ijozat beriladi» ta’rifi ham xarakterlidir. Mazkur
tamoyillarning birinchisiga muvofiq belgilangan tartibda aybi isbotlanmaguncha, odam
halol, hech narsada aybi yo’q, deb hisoblanadi. Boz ustiga, isbotlash mashaqqatlari ham
ayblovchilar zimmasiga tushadi. Ikkinchi tamoyil, erkin fuqaro qonun va axloqqa zid
kelmaydigan har qanday harakatlarni qilishga haqpi, degan ma’noni bildiradi.
Fuqarolik jamiyati - siyosatlashuvdan va mafkuralashishdan xoli jamiyatdir. Biroq,
bu sira ham mazkur jamiyat hech qanday siyosat yurgazmaydi, konkret g’oyalar yoki
qarashlardan foydalanmaydi yoxud ulardan qaysi birlarini afzal ko’rmaydi, degan ma’noni
aslo bildirmaydi. Fuqarolik jamiyatiga mafkuraviy yakka hokimlik begona ekanligi boshqa
gap. Bironta nazariya, agar u yagona va eng to’g’ri, nuqsonsiz va tanho uning o’zi
yashashga haqli deb takdim etilgan taqdirda ham istisnolikka da’vo qilolmaydi. Masalan,
sobiq Ittifoqda kommunistik g’oyaning ahvoli nimalar kechgani ma’lum. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: «Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi
sifatida o’rnatilishi mumkin emas», degan qoida aks etgan.
Bu erda bir holatga e’tiboringizni tortishni istardik. Bizning nazarimizda, yuqoridagi
modda juda ham sipo ta’riflangan deb bo’lmaydi. Zero, davlatda, har qalay, umum-milliy
g’oya bo’lishi, uning atrofida butun jamiyatni jipslashtirish mumkinku. Shuning uchun
jamiyatni mafkuraviylashtirishdan xoli qilishni jo’n tushunish kerak emas. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.Karimov mustaqilligamizning dastlabki yillaridayoq (1993 yil 6
mayda) bejiz shunday demagandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |