O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Moliya huquqi 
davlatning moliya va byudjet faoliyatini amalga oshirish, banklar va 
boshqa moliyaviy muassasalar faoliyatida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga 
soladi. Tarmoqning predmeti bo’lib moliyaviy munosabatlar, davlat byudjetini shakllantirish 
va ijrosini ta’minlash, pul muomalasi, bank operatsiyalari, kreditlar, soliqlarga oid 
munosabatlar hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat ko’pincha ijro etish, farmoyish berish 
xarakteriga ega va shu bois u ma’muriy huquq bilan ancha bog’liqdir. Bu faoliyat yana 
davlat - hokimiyat xarakteriga ham ega. Shuning uchun u konstitutsiyaviy huquq bilan 
bog’liq. Bu tarmoqning usuli - tekshirish, nazorat, bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar 
berish yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishdan iborat. 
Yer huquqi 
yerdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga soladi. Uning 
normachari unumli foydalanish va yer tuzilishi, yer fondini saqlash va taqsimlash, turli yer 
shakllarining ularning ma’muriy - xo’jalik ahamiyatiga qarab, huquqiy holatini aniqlashga 
doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Yer huquqi o’z ichiga o’rmon, suv va tog’ 
huquq tarmoqchalarini ham oladi. Bu huquq tarmog’i-ning asosiy normativ akti bo’lib, 
O’zbekiston Respublikasining yer kodeksi hisoblanadi. Yer huquqi ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solishda yo’l berish, ruxsat berish va man etish usullaridan foydalanadi. 
Qishloq xo’jalik huquqi 
- qishloq xo’jalik shirkatlari, fermer xo’jaliklari, dehqon 
xo’jaliklari, ijara xo’jaliklarining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi, ularning boshqa 
xo’jalik sub’yektlari hamda davlat organlari bilan o’zaro munosabatlari, qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarishidagi mehnatdan foydalanish va unga haq to’lash tartibi, daromadni 
taqsimlash tartibiga doir munosabatlarni tartibga soluvchi normalar majmuidan iborat. 
Ma’lumki, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, 
bozor munosabatlarining qishloq xo’jaligiga keng kirib borishi va mustahkamlanishi bu 
huquq tarmog’ining ahamiyatini oshirmoqda. 
Qishloq xo’jalik huquqi normalari qonunlarda, normativ aktlarda va qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarishi tashkiliy shakllarining Namunaviy nizomlarida mustahkamlangan. Bu 
normalar hali kodekslashtirilmagan. Mazkur huquq tarmog’ining asosiy usuli dispozitiv 
xarakterda bo’lib, u qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi munosabatlarni 
mustahkamlash, muhofaza qilish, tavsiya etish, yordam ko’rsatish yo’llari bilan amalga 
oshiriladi. 


178 
Mehnat huquqi 
normalari mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, o’zgarishi va 
barham topishining shartlarini aniqlash, ish vaqti hamda dam olish vaqti muddatining 
davomiyligini aniqlash, mehnat muhofazasi, mehnat intizomiga doir munosabatlarni 
tartibga solishga qaratilgan. Mehnat munosabatlari sub’yektlariga ishchi va xizmatchilar, 
davlat organlari va jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari kiradi. Mehnat huquqining 
mehnat munosabatlarini tartibga solishda qo’llaydigan usullari bo’lib rag’batlantirish, 
tegishli shartnomalarga normativ hujjat tusini berish hisoblanadi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish