O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Huquqiy tartibga solish predmeti va usuli - huquqni tarmoq va institutlarga



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
2-§. Huquqiy tartibga solish predmeti va usuli - huquqni tarmoq va institutlarga 
ajratishning asosi sifatida 
Huquqiy tartibga solish predmeti deganda, huquq bevosita tartibga soladigan narsa 
- ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlar o’zining xususiyatiga ko’ra, 
yuridik normalar o’rtasida alohida bog’liqlikni vujudga keltiradi, ularni yaqinlashtiradi. Shu 
bois huquqiy tartibga solish predmeti huquq normalarini ma’lum tarmoqqa kiritishda, 
guruhlashda asos bo’lib hisoblanadi. Huquqiy tartibga solish predmeti tuzilmasi quyidagi 
elementlarni o’z ichiga oladi: 
a) huquqiy tartibga solish predmeti sub’yektlari (individual va jamoa); 
b) sub’yektlarning xulq-atvori, xatti-harakati, qilmishi; 
v) atrof-muhit ob’yektlari: narsalar va hodisalar - bular yuzasidan insonlar bir-birlari 
bilan munosabatga kirishadilar va ma’lum manfaat yuzasidan ularga qiziqadilar; 
g) muayyan munosabatlarning paydo bo’lishi va barham topishining bevosita 
sababchilari bo’lgan ijtimoiy faktlar: hodisa va harakatlar. 
Demak, huquqiy tartibga solish predmeti - huquqiy ta’sir doirasidagi barcha 
munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiy maydon doirasidagi munosabatlardir. 
Huquqiy tartibga solish predmeti - jamiyat a’zolari bo’lmish insonlar o’rtasida 
vujudga keladigan va tarkib topadigan faktik, real munosabatlar bo’lib, ular ob’yektiv 
ravishda huquqiy tartibga solinishga muhtoj bo’ladilar. Bunday munosabatlar xilma-xil va 
ko’p sonli, ya’ni boshqaruv, mehnat, mulk, oila sohalarida bo’lishi mumkin. Ular mazmunan 
turlicha bo’lganlari holda, muayyan umumiy xususiyatlardan ham xoli emas. Umumiylik 
quyidagilarda ko’rinadi: 
1. Insonlar va ularning turli jamoalari, birlashmalari uchun hayotiy muhim bo’lgan 


176 
munosabatlardir; 
2. Munosabatlar stixiyali tarzda bo’lmay, balki doimo aniq maqsadga yo’naltirilgan, 
irodaviy munosabatlardir; 
3. Munosabatlar, albatta, barqaror, qayta-qayta takrorlanadigan, tipik (xos va mos) 
munosabatlardir; 
4. Munosabatlar insonlarning xatti-harakati orqali ifodalangan va shu bois ularning 
kechishi ustidan chetdan nazorat olib borish mumkin. 
Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar, aniqrog’i, ularning mazmuni, hajmi, 
ixtisoslashganligi, guruhlashganligi huquq tizimining ham tarkibiy tuzilishini, uning ichki 
«qurilmasi»ni belgilovchi bosh omil va bosh mezon bo’lib xizmat qiladi. 
Ta’kidlash joizki, har bir huquq tarmog’ining huquqiy tartibga solish predmeti o’z 
xususiyatiga ega. Shu bois bu holat mazkur tarmoq ob’yekti bo’lgan ijtimoiy munosabat-
larning ma’lum turshsh tartibga solish usulining ham o’ziga xos bo’lishini taqozo etadi. 
Huquqni tarmoqlarga ajratipgaing yana bir muhim asosi huquqiy tartibga solish 
usulidir. 
Huquqiy tartibga solish usuli - jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarga 
huquqning ta’sirida qo’llaniladigan usul, vosita va yo’llar majmui. Huquqiy tartibga solish 
usuli uzoq tarixiy jarayonda shakllangan munosabat bo’lib, davlat undan huquqiy 
normalarni yaratishda va ijtimoiy munosabat ishtirokchilari o’rtasidagi huquqiy aloqalarni 
tartibga keltirishda foydalanadi. Agar huquqiy tartibga solish predmeti huquq nimani 
tartibga soladi, degan savolga javob bersa, huquqiy tartibga solish usuli esa huquq shu 
ijtimoiy munosabatlarni qanday, qaysi yo’l, usul bilan tartibga soladi, degan savolga javob 
hisoblanadi. 
Huquqiy tartibga solish usuli huquqni tarmoqlarga ajratishning qo’shimcha asosi 
bo’lsada, uning huquqiy tartibga solishning samaradorligini oshirishdagi roli kattadir. 
Ta’kidlash lozimki, darslik va ilmiy adabiyotlarda huquqiy tartibga solish usullari 
turlari va ularning tasniflari to’g’risida yakdillik yo’q. Biroq turlicha tasniflarning 
mavjudligiga qaramasdan, ularning barchasini maz-munan ikki guruhga bo’lish mumkin: 
1) avtonomiya usuli (dispozitiv); 
2) avtoritar usul (imperativ). 
Avtonomiya usuli, asosan, fuqarolarning huquqi, oila huquqi, mehnat va savdo 
huquqi, ya’ni xususiy huquq harakati daxldor sohalarda qo’llaniladi. 
Avtoritar usul esa davlat huquqi, ma’muriy huquq, moliya huquqi, jinoyat huquqi, 
ya’ni ommaviy huquq harakati daxldor sohalarda qo’llaniladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish