Fuqarolik huquqi
mulkiy munosabatlarni, shuningdek, shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni (masalan, ismga bo’lgan huquq, mualliflik huquqi, qadr-qimmatni himoya
qilish) tartibga soladi. Mulk munosabatlari, meros va vorislik munosabatlari ham fuqarolik
huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Bu huquq normalari o’z ta’siri bilan korxona,
muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslarning barcha fuqarolik oboroti (muomalasi),
xo’jalik faoliyatini, jumladan, mulkga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf
etish, mulkni sotib olish va sotish, hadya qilish, meros qoldirish, mulkni ijaraga saqlab
turishga, garovga berish, mahsulot yetkazib berish kabi munosabatlarni qamrab oladi.
Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqi normalari har qanday mulkiy munosabatlarni
ham tartibga solavermaydi. U faqat taraflar huquqiy jihatdan teng bo’lgan mulkiy mu-
nosabatlarni tartibga soladi. Masalan, da’vogar va javobgar, kreditor va qarzdor,
buyurtmachi va pudratchi kabi. Bu huquq tarmog’iga hokimiyat va bo’ysunish tarzidagi
ma’muriy va moliya huquqlari uchun xos bo’lgan munosabatlar yotdir.
Fuqarolik huquqi huquq tarmoqlari tizimida eng yirigi bo’lib, u hajman yirik va
kompleks xarakterdagi huquq tarmogi hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabatlarining
rivojlanishi, turli mulk shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan uning ob’yekti yana
ham kengaymoqda. Shu bois mazkur huquq tarmog’i quyidagi qator huquq
tarmoqchalarini o’z ichiga oladi: meros huquqi, mualliflik huquqi, turar joy huquqi, patent
huquqi va boshqalar. Fuqarolik huquqining bosh normativ akti O’zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksidir. Bundan tashqari, ushbu huquq tarmog’i ichiga
kiradigan ba’zi huquq tarmoqchalari normalari ham kodekslashtirilgan. Masalan,
O’zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Uy-joy kodeksi.
Mazkur huquq tarmog’i tartibga soladigan munosabatlar mazmuni uchun
taraflarning tengligi xosdir. Shu bois fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish usuli
dispozitiv xarakterga ega. Ya’ni qonunda belgilangan qoidalar doirasida shartnomada
munosabat ishtirokchilarining muayyan xatti-harakat variantlarini mustahkamlash va
ularga asoslanib, ish yuritish huquqining mavjudligidir.
Oila huquqi,
huquq tarmog’i sifatida fuqarolik huquqiga bog’liq va unga yaqin. Oila
- nikoh munosabatlari sohasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga
soladi, Uning normalari nikoh tuzish hamda uni bekor qilish, er-xotinlar, ota-onalar va
bolalar o’rtasidagi munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylikka oid
munosabatlarni, oila a’zolarining mulkiy ahvoliga, ularning o’zaro huquq va
majburiyatlariga doir masalalarni tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
oila huquqining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Bu huquq tarmog’ining tartibga solish
usuli taraflarning tengligiga asoslanadi va dispozitiv xarakterga ega bo’ladi.
Jinoyat huquqi
yordamida davlat qanday ijtimoiy xavfli xatti-harakat jinoyat
hisoblanishi va ular uchun qanday jazo tayinlanishini belgilaydi. Jinoyat huquqi jinoyat
sodir etgan shaxslarga nisbatan mutasaddi davlat organining vakolatlarini, jinoyatchilarni
jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlarini, ularga nisbatan davlatning qoralov
siyosati prinsiplarini, konkret jinoyatlar tarkibini va ularga belgilanadigan jazolar tizimi
hamda turlarini, aybning shakl turlarini o’z normalarida mustahkamlaydi.
Jinoyat huquqining bosh normativ akti O’zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksidir. Bu huquq tarmog’ining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o’tkazish usuli ja-miyat
179
uchun xavfli munosabatlarni qat’iy man etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |