Huquqni tatbiq etish sub’yektlariga ko’ra uning quyidagi ikki shaklini
ko’rsatish mumkin:
individual va jamoa tomonidan tatbiq etish. Huquq normalarining
amalda qo’llanishi uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ma’lum
darajadagi amaliy faoliyati talab qilinadi. Huquq normalari kishilarning muayyan
181
munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi va shunga ko’ra konkret huquqiy
munosabatlarning vujudga kelishi, o’zgarishi yoki to’xtatilishi sodir bo’ladi.
Huquqni tatbiq etuvchi sub’yektlar faoliyati xarakteriga ko’ra, huquqni
tatbiq etishning to’rt xil shaklini ko’rsatish mumkin
- huquq normasiga rioya qilish,
huquq normasini bajarish, huquq normasidan foydalanish va huquq normasini qo’llash:
a) huquq normalariga rioya qilish - huquq normalarida belgilangan majburiyatlarni
bajarish va huquq normalari man etgan harakatlarni sodir etmasliqdan iborat;
b) huquq normalarini bajarish - odatda, hayotga tatbiq etish bilan bog’liq bo’lgan
majburiyat yuklovchi qonunlarni faol (aktiv) harakatlar bilan bajarish;
v) huquq normalaridan foydalanish - huquq normalari orqali tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabatlar qatnashchilarining tegishli normalarda nazarda tutilgan huquqlaridan
foydalanishi;
g) huquq normalarini ko’llash - ma’lum yuridik ishlar bo’yicha yuridik faktlar yoki
muayyan huquq normalariga asoslanib, vakolatli organlar yoki mansabdor shaxslar
tomonidan individual qarorni tayyorlash va uni qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan hokimiyat
faoliyatidir.
Huquqni tatbiq etishning yuridik mexanizmi turli xil bo’lib, uning mazmuni
mamlakatning huquqiy tizimi xususiyatlari bilan belgilanadi.
2-§. Huquqni qo’llash
Huquqni tatbiq etish jarayoni odatda davlat va uning organlari ishtirokisiz sodir
bo’ladi. Fuqarolar va tashkilotlar huquqiy munosabatlarga ixtiyoriy, majburlov kuchisiz va
o’zaro kelishuvga asosan kirishadilar va shu munosabatlar orqali o’zlarining sub’yektiv
huquqdaridan foydalanadilar, o’zlariga yuklatilgan majburiyatlarini bajaradilar hamda
qonun bilan o’rnatilgan normalarga rioya qiladilar. Shu bilan birga ba’zi hollarda huquqni
tatbiq etish uchun davlatning aralashuvi zaruriyati tugiladi, chunki busiz huquqni amalga
oshirish mumkin bo’lmay qoladi.
Bir qator huquqiy munosabatlar davlat va davlat organlarining bevosita ishtiroki
bilan belgilanadi. Masalan, armiya safiga chaqirish, fuqarolarning nafaqa olish huquqini
amalga oshirish, sodir qilingan huquqbuzarlik uchun tegishli ta’sir choralarini belgilash kabi
faoliyat bo’yicha tegishli davlat organlarining bu masalalar bo’yicha huquqni tatbiq etishga
qaratilgan qarori zarur bo’ladi.
Umuman olganda, davlatning huquqni qo’llash borasidagi faoliyati jamiyat
manfaatlaridan kelib chiqadi va qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Huquqni qo’llash - ma’lum yuridik ishlar bo’yicha yuridik faktlar yoki muayyan huquq
normalariga asoslanib, vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan
individual qarorni tayyorlash va uni qabul qilish bilan bogliq, bo’lgan hokimlik faoliyatidir.
Huquqni qo’llashning quyidagi belgilari mavjud:
huquq normasini qo’llash vakolatiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shahslar
tomonidan amalga oshiriladi;
individual xarakterga ega;
muayyan huquqiy oqibatlarni-sub’yektiv huquq, majburi-yatlar, javobgarliklarni
o’rnatishga yo’naltirilgan;
maxsus belgilangan protsessual shakllarda amalga oshi-riladi;
individual harakatga ega bo’lgan yuridik qaror chiqarish bilan yakunlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, huquqiy normalarni qo’llash
davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga
oshiriladi.
182
Do'stlaringiz bilan baham: |