O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Jinoyat ijroiya huquqi 
- mahkumparning huquqiy holati, jazolarni va boshqa 
jinoiy -huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar, organlar tizimi, ularning 
faoliyatini tekshirish va nazorat etish, har xil jazo turlarini ijro etish tartibiga doir 
normalarni o’z ichiga oladi. 
Mazkur huquq tarmogining usuli - tarbiyalash va rag’batlantirish jarayonlarini 
hokimiyat va bo’ysunish usuli bilan qo’shib olib borishga asoslangan. Asosiy huquq 
normalari O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida jamlangan. 
Jinoyat protsessual huquqi - protsessual huquq tarmoq-laridan bo’lib, u jinoyat 
ishlarini ochish, sudda ko’rish bo’yicha sud, prokuratura va surishtiruv hamda dastlabki 
tergov organlarining faoliyatini, shu faoliyat shakllarini tartibga soluvchi normalarni o’z 
ichiga oladi; Jinoyat - protsessual huquqi jinoyat jarayonining ishtirokchilari bo’lmish 
gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, ayblov va himoya 
vakillarining protsessual huquq hamda majburiyatlarini, ularning huquqiy holatini 
belgilaydi. Huquq tarmogining bosh normativ akti - O’zbekiston Respublikasining Jinoyat 
protsessual kodeksi. Bu huquq tarmog’i ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ham 
imperativ, ham taraflar tengligiga asoslangan usullardan foydalanadi. 
Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik, oila, mehnat, er va moliyaviy sohaparda 
vujudga keladigan nizolarni qarab chiqish yuzasidan sud faoliyatini tartibga soladi. 
Fuqarolik protsesssal huquqi jarayoni ishtirokchilarining huquqiy holati, ularning huquq va 
majburiyatlari ham ushbu huquq tarmogi normalari bilan belgilangan. O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi huquq tarmog’ining asosiy normativ hujjati 
hisoblanadi. 
Fuqarolik protsessual huquqiga juda yaqin turadigan huquq tarmog’i - xo’jalik 
protsessual huquqi bo’lib, u xo’jalik sudlari tomonidan sudda mulkchilikning turli shakllariga 
mansub xo’jalik sub’yektlari va ular bilan fuqarolar hamda tadbirkorlar o’rtasida vujudga 
keladigan xo’jalik nizolarini ko’radi. 
Yuqoridagilardan tashqari, O’zbekiston huquqida majmuaviy xarakterga ega bo’lgan 
tarmoqlar, jumladan, xo’jalik huquqi, ekologaya huquqi, savdo va tadbirkorlik huquqlari 
ham shakllangan. Mamlakatimizdagi asosiy huquq tarmoqlari shulardan iborat. 
Xalqaro huquq - xalqaro, eng avvalo, davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi. 
Shu sababli u bironta ham davlatning milliy huquq tizimiga kirmaydi. Xalqaro huquqda 
uning sub’yektlarining jamoaviy irodasi mustahkamlangan va mujassamlashgan. Turli 
xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining hujjatlari ushbu huquqning normativ bazasi hisoblanadi. Bu 
hujjatlarda xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi norma va tamoyillarning yaxlit, 
mukammal tizimi o’z ifodasini topgan bo’lib, ular xalqaro huquq sub’yektlari hisoblanmish 
davlatlarning o’zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. 
Hozirgi zamon xalqaro huquqi ommaviy va xususiy xalqaro huquqqa bo’linadi. 
Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari o’rtasidagi mulkiy va 
boshqa munosabatlarni, ularning huquqiy holati-ni, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat 
qonunchiligani qo’llash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi. 
Davlatlar, xalqlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqning 
sub’yektlari hisoblanadi. 


180 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish