Kasb kasalligi xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili ta’siri natijasi bo’lgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg’un yo’qotishiga sabab bo’lgan o’tkir yoki surunkali kasalligi.
Kasbga oid meqnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasi kasbga oid mehnat qobiliyatining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berguniga qadar bo’lgan, foizilarda ifodalangan, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayishi.
Kafolat (arabcha “kafolat” - mas’uliyatli ishontirish) - insoniyat, jamiyatning demokratiya va huquqiy davlat tomonidan rivojlanish jarayonida qo’lga kiritilgan yutuqlaridan biri. Uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turlari farqlanadi.
Keksalar 75 yoshdan 90 yoshgacha bo’lgan aholi qatlami keksalar guruhiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |