Ixtiyoriy tibbiy sug’urta ixtiyoriy tibbiy sug’urta dasturlari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy sug’urtaning tarkibiy qismidir. Ixtiyoriy tibbiy sug’urta jamoaviy va yakka tartibda bo’lishi mumkin. Uning asosiy maqsadi sug’urta qilingan shaxslarni majburiy tibbiy sug’urta dasturlaridan ortiqcha sifatli tibbiy xizmatlar bilan kafolatli ta’minlashdir.
Internat uyi parvarish, maishiy va tibbiy xizmatga muhtoj qariya va nogironlarning doimiy yashashi uchun mo’ljallangan muassasadir. Internat uylari yashovchilarning turiga qarab: qariyalar va nogironlar internat uyi, 18 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan nogironlar internat uyi va “Mehnat faxriylari pansionati” kabi turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |