Ish beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi umumiy sug’urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sug’urtalangan shaxsning u mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha o’z vazifalarini sug’urta qildiruvchining hududi yoki undan tashqarida bajarayotganda mehnatda mayib bo’lishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va sug’urtalangan shaxsni boshqa ishga o’tkazish zaruratini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg’un yo’qotishi yoxud vafot etishiga sabab bo’lgan hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |