Ishsizlik bo’yicha nafaqa qonunda belgilangan tartibda ishsiz deb tan olingan fuqarolarga beriladigan nafaqa.
Kam ta’minlanganlik jamiyatning katta qismi uchun xos bo’lgan mo’tadil turmush tarzini olib borish uchun moddiy boyliklarning yetishmasligi sababli yuzaga keladigan holat.
Kam ta’minlangan oilalar daromadi yashash minimumidan past bo’lgan oilalar.
Kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda beriladigan nafaqa uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan nafaqaning bu turi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |