Mutlaq qashshoqlik daromadlarning umuman yo’qligi yoki shaxsning (oilaning) minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadning yo’qligidir. Qashshoqlikning bu turi ko’pincha daydilar, boshpanasizlar orasida uchraydi.
Naf oluvchi xodim o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda sug’urta tovonini olish huquqiga ega bo’lgan shaxs.
Nafaqa fuqarolarga qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda qisman yoki to’liq mehnatga layoqatsizlik, og’ir moddiy sharoit, bolali oilalarni qo’llab- quvvatlash, shuningdek, qarindoshlardan biri vafot etgan taqdirda muntazam yoki bir marta beriladigan pul to’lovlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |