Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatish o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatish, shu jumladan, ularni bepul oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa iste’mol mollari bilan ta’minlash Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish nogironlarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |