Nogironlar jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo’ lgan shaxslar.
Nogiron bolalar jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sezgi nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslar.
Nogironlik bo’yicha nafaqalar nogironlik sodir bo’lgan hollarda, ya’ni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo’qotilganda, faqat I- va II-guruh nogironlariga tayinlanadi va to’lanadi.
Nogironlik guruhlari sog’lig’i yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasi. Nogironlikning uch guruhi, sabablari, shuningdek, nogironlik boshlangan vaqt va qancha muddatga belgilanishi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |