Real daromadlar aholining pul daromadlaridan turli to’lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar) ajratib tashlangandan so’nggi qolgan pul daromadini iste’mol narxlar indeksiga bo’lish orqali aniqlanadigan pullik daromadlar.
Salomatlik zonalari keksalar va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko’rsatishda davolash-sog’lomlashtirish majmuasining yangi shakli bo’lib, uning asosiy vazifasi keksa yoshdagi aholini va nogironlarni sog’lomlashtirish, sog’lig’ini tiklash va hayotining faollik davrini uzaytirishdir. “Salomatlik zona”sining asosiy omillari iqlim bilan davolash, davolash badan tarbiyasi, mehnat terapiyasi, fizik davolash va boshqa davolash usullaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |