Maslahat geriatrik markazlar keksalarga tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha faoliyat ko’rsatadigan markaz hisoblanib, unda vrachlar keksalar uchun rejali turda maslahat o’tkazadi va tashkil qiladi, tuman (shahar)da yashovchi keksalar ro’yxatini tuzadi, surunkali keksa bemorlarni davolaydi va doimiy kuzatishda bo’ladi.
Mahalla (arabcha “mahalla” - joy, o’rin, makon) O’zbekistonning muayyan tarixiy sharoitlarida asrlar davomida shakllanib, faoliyat ko’rsatayotgan, aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik, uyushma. Har bir mahalla o’z hududida ishlab chiqarishni tashkil etishi, kichik korxonalar ochishi, o’zi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini mahalladagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, o’z hududidagi aholini ish bilan ta’minlashi, aholiga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |