O‘quv-metodik materiallar 1 –mavzu: «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari»



Download 122 Kb.
bet5/19
Sana14.04.2022
Hajmi122 Kb.
#550205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
меъёр

Mavzuga oid savollar:

  1. Til kishilar orasida qanday xizmat qiladi?

  2. Tilga munosabatning qanday qoidalari yuzaga kelgan?

  3. Adabiy til deb nimaga aytamiz?

  4. Adabiy tilning qanday shakllari mavjud?

  5. Hozirgi o`zbek adabiy tilining qanday me’yorlari mavjud?

  6. Fonetik me’yor qaysi shevaga asoslanadi?

  7. Talaffuz me’yorining o`ziga xos xususiyatlari bor?



3-MAVZU: Hozirgi o`zbek adabiy tilining aksentologik va grafik (yozuv) me’yorlari
Reja:
1. Hozirgi o`zbek adabiy tilining aksentologik me’yori
2.O`zbek adabiy tilining grafik (yozuv) me’yori.


Tayanch tushuncha va atamalar: orfografik me’yor, grafik me’yor, grafika, grafema, fonografema, monograf, poligraf.
Hozirgi o`zbek adabiy tilining aksentologik me’yori urg`uning to`g`ri qo`llanishini belgilaydi. Zero, adabiy talaffuz, albatta, urg`u bilan bog`liq bo`ladi. Ma’lumki, so`zdagi bo`g`inlardan birining kuchliroq ovoz (ohang) bilan talaffuz qilinishi urg`u deyiladi. Urg`u, odatda, bo`g`indagi unli tovushga tushadi. Urg`u olgan bo`g`in urg`uli bo`g`in, urg`u tushmagan bo`g`in esa urg`usiz bo`g`in hisoblanadi. O`zbek tilida urg`u dinamik urg`u bo`lib, asosan, so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi: ota`, ona`, kito`b, qishlo`q kabi. Bu aksentologik me’yordir. So`zlarga affiks qushila borishi bilan urg`u ham shunga mos ravishda ko`cha boradi: paxta – paxtakor – paxtakorlar. Yozuvda urg`uli bo`g`inni ajratib ko`rsatish lozim bo`lsa, yuqorida ko`rsatilgan misollarda qo`yilgani kabi maxsus belgi ( ` ) qo`yiladi. Ikkinchi darajali urg`ularda esa shu belgining teskari tomonga yotiqroq shakli ( ` ) qo`yiladi.
Urg`u nutq organlaridagi tovush artikulyatsiyasining kuchlanish darajasiga ko`ra bosh va ikkinchi darajali urg`ularga bo`linadi. Bosh urg`u va ikkinchi darajali urg`u, odatda, ko`p bo`g`inli so`zlarga nisbatan belgilanadi. Ikki uch bo`g`inli so`zlarda oxirgi bo`g`indagi unli kuchli ohang bilan aytilsa, oldingi bo`g`inlardagi unlilar unga nisbatan kuchsiz ohang bilan talaffuz etiladi. Masalan, dada-bosh urg`u ikkinchi bo`g`inga tushgan; dadamlar so`zida esa bosh urg`u uchinchi bo`g`inga, ikkinchi darajali urg`u ikkinchi bo`ginga tushgandir. demak, bosh urg`u, asosan oxirgi bo`g`inga, ikkinchi darajali urg`u esa undan avvalgi bo`g`inlarga tushadi: o`qituvchi, qishlog`imiz, paxtakor kabi. Yuqoridagicha so`zning biror bo`g`iniga tushgan urg`ular so`z urg`usi yoki leksik urg`u deb yuritiladi. Leksik urg`u xarakteriga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1. Bog`li urg`u. 2. Erkin urg`u.
Bog`li urg`u - so`zning birorta bo`g`iniga bog`langan urg`u. Chunonchi, fransuz tilida urg`u, asosan so`zning oxirgi bo`g`iniga (Marsel, Parij, Stendal), polyak tilida oxirgidan bitta oldingi bo`g`inga (Varshava, Vrotslav, Krakov), nemis, ingliz tillarida esa ko`pincha birinchi bo`g`inga (Genrix Geyne, Gyote, Bayron) tushadi. Demak, bu tillarda urg`u asosan so`zning bir bo`g`iniga bog`langan bo`ladi.
Erkin urg`u – bir til doirasida (masalan, rus tilida) so`zning turli bo`g`inlariga tushishi mumkin: parta (birinchida), parad (oxirida), professor (o`rtasidagi bo`g`inda). Shu nuqtai nazardan qaraganimizda, o`zbek tilida ham urg`u bog`li urg`udir. Chunki, o`zbek tilidla urg`u, asosan oxirgi bo`g`inga tushadi. Ammo bu umumiy qoidaga mos kelmaydigan holatlar ham yo`q emas.
O`zbek tilida aksentologik me’yorga ko`ra quyidagi holatlarda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydi:

  1. Kelib chiqishi jihatidan arab va tojik tiliga xos bo`lgan ba’zi ravishlarda: yangi, doim, aslo, hamisha; ba’zi yordamchi so`zlarda: ammo, lekin, hatto, garchi; modal so`zlarda: zero, afsuski, albatta.

  2. Hamma, barcha, qancha, qanday, allakim, allanima, allaqancha, jami, kimdir kabi olmoshlar.

  3. Maxsus intonatsiya bilan aytilgan ikki, yetti, o`n bir, o`n besh kabi sonlar: tashla, boshla, o`tir kabi fe’lning buyruq shakllari: har kim, har qachon, hech nima, hech qanday kabi tarkibli olmoshlarda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydi.

So`z oxiriga qo`shiladigan quyidagi affikslar ham urg`u olmaydilar:

  1. Birinchi guruh shaxs-son afikslari: kelarman, kelarsan, o`quvchiman, o`quvchisan, o`quvchimiz, o`quvchidir.

  2. Donalik va chama son yasovchi –ta, -tacha affikslari: beshta, o`nta, beshtacha, o`n yettitacha kabi.

  3. Ravish yasovchi –cha, -dek, -day affikslari: bolacha, otdek, gulday kabi.

  4. Fe’lning bo`lishsiz shaklsini yasovchi –ma affiksi: kelma, yozma, o`qima kabi.

  5. –u, -yu, -ku, -mi, -chi, -yoq, -oq kabi yuklamalar: tanimayapsizmi? Ishda-ku, biz-chi.

O`zbek tilida leksik(so`z) urg`udan tashqari, logik(mantiqiy) urg`u (gap urg`usi) ham mavjud. Logik urg`uda so`zlovchi gapdagi bo`laklardan birini kuchliroq ohang bilan talaffuz qiladi, shu so`z orqali ifodalangan bo`lakning ma’nosiga tinglovchi e’tiborini tortadi. Masalan, 1. Adham kecha shahardan qaytdi. 2. Adham kecha shahardan qaytdi. 3. Adham kecha shahardan qaytdi. 4. Adham kecha shahardan qaytdi kabi.
2. Urg`u so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish me’yorlarini belgilashdan tashqari, so`z ma’no va so`z shakllarini faroqlashda xizmat qiladi.
Urg`u tovush tomoni bir xil bo`lgan leksik birliklar va grammatik shakllarni farqlashda muhim ahamiyatga ega:

    1. olma, bosma, bo`lma (fe’lning bo`lishsiz shaklsi), olma, bosma, bo`lma (meva, predmet va joy nomlari).

    2. Yangi, hozir (sifat), yangi, hozir (ravish).

    3. Atlas (matoning bir turi), atlas (geografik kartalar to`plami).

    4. Qushcha (kichik qush ma’nosida-otning kchiraytirish shaklsi), qushchi, qushdek, qushday ma’nolarida – otdan yasalgan ravish – grammatik shakllar farqlanmoqda.

    5. uchuvchimiz, o`quvchimiz – shaxs-son affiksi (biz uchuvchimiz, biz o`quvchimiz (uchuvchimiz, o`quvchimiz – egalik affiksi (bizning uchuvchimiz, bizning o`quvchimiz) kabilar.

3. O`zbek tili leksikasi yangi tushunchalarni ifoda etuvchi yangi so`z va terminlar – rus-internatsional so`zlar hisobiga kundan-kunga boyib bormoqda. Rus tili orqali kirgan so`zlarning talaffuzini to`g`ri egallashga intilish natijasida o`zbek tili urg`usida ham ma’lum o`zgarishlar yuz berdi. Chunki rus tilidan kirgan so`zlar, asosan o`zining rus tilidagi holatini, erkinligini saqlab qoldi. Misollar: programma, texnik (ot), texnik (sifat), akademik (ot), akademik sekretar (sifat).
Ammo bu tipdagi erkin urg`uli so`zlarga o`zbekcha urg`uli affikslar qo`shilganda urg`u shu affikslarga ko`chadi. Bu tilimizda o`zlashgan so`zlarning o`zbek tili fonetik qonuniyatlariga ma’lum darajada bo`ysunganini ko`rsatadi. Bu holatni o`zbek tiliga ancha ilgari kirib o`zlashib qolgan so`zlarda ham ko`rishimiz mumkin. Masalan, lampa so`zining urg`usi rus tilida birinchi bo`g`inda, o`zbek tilida esa urg`u oxirgi bo`g`inda: lampa. Shunga o`xshash bir qator rus tilidan kirgan so`zlarning urg`usi tilimizda o`z o`rnini o`zgartirgan: tserkov, emas, cherkov; mashina emas, mashina // moshina, botinki emas, botinka //botinka kabi. Bulardan qati’ nazar, tilimizga rus tilidan va rus tili orqali chet tillardan kirgan so`zlarning asosiy qismi o`zining urg`usini to`la saqlab qolgan.
Urg`uning ahamiyati shundaki, u adabiy talaffuz (orfoepiya) bilan zich bog`liqdir. Agar so`zning urg`usi buzilsa uning ma’nosini tushunish qiyinlashadi, hatto tushunmasligi ham mumkin. Shuning uchun har bir so`zning urg`usini ham, imlosini ham puxta o`zlashtirib olish hamda to`g`ri, adabiy talaffuzga doim rioya qilib so`zlash zarur .
Grafika (gr. –yozma) muayyan tildagi yozuv sistemasidir. Bu sistema harflar, shartli belgilar, tinish belgilar kabi bir qator vositalarni o`z ichiga oladi. Grafika deganda harflar bilan tovushlar o`rtasidagi munosabatni ifodalovchi qoidalar ham nazarda tutiladi.
O`zbek yozuvi tarixidan qisqacha ma’lumot. Ma’lumki, yozuv tarixi turli bosqichlardan iborat. O`tmishda piktografik yozuv - turli predmet, voqea – hodisalarning rasmini chizishga asoslangan yozuv: ideografik (ieroglifik) yozuv - piktografik yozuvdagi rasmlarning soddalashtirilishidan yuzaga kelgan va yaxlit bir tushunchani (ayrim so`zni) ifodalaydigan belgilarga asoslangan yozuv: bo`g`inli yozuv – ideografik belgilarni soddalashtirish natijasida yuzaga kelgan, ayrim so`zlarni emas, balki bo`g`inlarni ifodalashga asoslangan yozuv: fonetik yoki fonografik yozuv – yuqorida sanab ko`rsatilgan belgilarni yanada soddalashtirigsh va takomillashtirish natijasida yuzaga kelgan hamda har biri alohida tovushni ifodalaydigan belgilarga–harflarga asoslangan yozuv sistemalari bo`lgan.
O`zbek tilining yozuv tirixida fonografik yozuv alohida o`rin tutgan. O`rta Osiyoda fonografik yozuv turlaridan bo`lgan aramey yozuvi (eramizdan oldingi III-I asrlarda), so`g`d yozuvi (eramizning I-VI asrlarda), Xorazm yozuvi (eramizning II-III asrlarida), o`rxun yoki yenisey yozuvi (eramizning V-VIII asrlarida), uyg`ur alifbosi (VI-VII asrlardan XV asrgacha), arab alifbosi (VII-VIII asrlardan 1929- yilgacha), latinlashtirilgan o`zbek alifboi (1929-1940-yillarda) asosida ish ko`rib kelingan. 1940 -yilning may oyidan boshlab to 1993 yil 2-sentabrigacha rus grafikasi negizida yaratilgan o`zbek yozuvi asosida ish ko`rgan. 1993- yil 2-sentabrda yangi lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini qabul qilish to`g`risida qaror qabul qilindi. Shu qarorga muvofiq yangi lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi ishlab chiqildi. Yangi alifboga 1995-yil 5-6-mayda o`zgartirishlar kiritildi.
Hozirgi yangi lotin o`zbek alifbosining tarkibi va xarakteri haqida quyidagilarni bilish kerak:
1. Hozirgi o`zbek alifbosining tarkibi 26 ta harf va 3 ta harfiy birikmadan tarkib topgan: a, b,e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, o, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z, o`, g`, sh, ch, ng.
2. Tovush va harf o`rtasidagi munosabatlar quyidagicha:
a) har bir har bir tovushni (fonemani) ifoda etadi;
b) alifbodagi n va g` harflari o`zaro birikkan holda o`zbek tilining sayoz til orqa tovushini ifoda etish imkonini ham beradi: singil, ko`ngil, boring kabi;
s va h harflari til oldi sh tovushini, c va h harflari ch tovushini ifoda etadi: chang, sharq kabi.
d) tutuq belgisi (‘) fonema ifoda etmaydi, balki mavjud fonemalarning yumshoqligini, ba’zi unlilarning cho`ziqligini (tana – ta’na kabi), tovush yoki bo`g`inlarning ayrim talaffuz qilinishi (jur’at, s’yezd kabi) ifoda qilish uchun shartli belgi sifatidagina xizmat qiladi;
e) o`zbek alifboidagi j harfi ikki tovushni – sirg`aluvchi j fonemasini (pojar, ajdar kabi so`zlarda) va qorishiq portlovchi j fonemasini (jiyda, majlis kabi so`zlarda) ifodalaydi.
3. Alifboni yoddan bilish lug`atlardan kerakli so`z yoki lug`at maqolasini, turli tashkilotlardagi ro`yxzat va arxivlardan kerakli familiya, hujjat yoki delolarni tez topish imkonini beradi.
4. Tinish belgilari ham o`zbek grafikasining tarkibiy qismlaridan sanaladi, chunki yozuvni tinish belgilarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Hozirgi o`zbek grafikasida quyidagi o`nta tinish belgisi nuqta (.), so`roq belgisi (?), undov belgisi (!), vergul (,) qavs (), nuqtali vergul (;), ko`p nuqta (...), tire ( - ), qushtirnoq («»), ikki nuqta (:). Tinish belgilari, punktuatsiya tamoyillari va qoidalari punktuatsion me’yorda o`rganiladi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish