O‘quv-metodik materiallar 1 –mavzu: «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari»



Download 122 Kb.
bet2/19
Sana14.04.2022
Hajmi122 Kb.
#550205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
меъёр

2-mavzu:
Lisoniy me’yor- jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo`lgan til birliklarining nutq jarayonida qo`llanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til materiali sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardayoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan.
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik aslo mumkin bo`lmagan.
Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo`ladi. Tildan foydalanishda an’anaviy me’yorlarning davrlar o`tishi bilan o`zgarib va yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o`rganilishi bejiz emas. Zero, nutq madaniyati uchun adabiy til me’yor bo`ladi. Xo`sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha, “Til me’yori- bu til birliklari va uning qurilishini o`zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo bo`lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig`indisidir”. Ya’ni, adabiy til me’yoribu, til unsurlarining xalq o`rtasida ko`pchilikka ma’qul bo`lgan variantini tanlashdir.
Tilshunoslik fani o`z shakllanish va rivojlanish tarixiga ega bo`lgani kabi til me’yori muammolarini o`rganish ham ma’lum tarixga ega. Uzoq vaqtlar davomida til me’yori va adabiy tilni me’yorlashtirish muammolari tilshunoshlar e’tiboridan chetda qolib keldi. Bu masalani hal etishda Praga tilshunoslik maktabi deb yuritiluvchi ilmiy markazning xizmati beqiyosdir. Ular til me’yorining obyektiv hodisa ekanligini, uning til tizimi ichidagi mohiyatini ko`rsatishga harakat qildilar, bu esa keyinchalik juda ko`p tilshunoslarning ilmiy kuzatishlari obyekti bo`lib qoldi.
1930-yillarning boshida Praga tilshunoslik maktabi a’zolarining ilmiy ishlarida til me’yori va adabiy tilni me’yorlash, uning kodifikatsiyasi masalalari katta nazariy muammo sifatida tahlil qilindi. Ular til me’yorini vazifaviy (funksional), ijtimoiy-lisoniy (lingvosotsiologik) va konkret lisoniy-tarixiy hodisa sifatida o`rgandilar.Ular til me’yorini u yoki bu tilda so`zlovchi umumjamoa tomonidan muntazam foydalaniladigan lisoniy struktura vositalarining yig`indisi deb tushundilar. Til me’yorini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishda bu maktab a’zolaridan B.Gavranek, V.Matezius, A.Yedlichka, V.Barnet, E.Vaxek va boshqalarning xizmatlari diqqatga molikdir.
B.Gavranek o`z ilmiy kuzatishlarida me’yorni tizim (sistema) sifatida xarakterlab, me’yor tushunchasini til mavjudligi doirasiga bevosita aloqadorligini va til doirasida qo`llanilishini ta’kidlaydi. U til me’yori haqida fikr yuritar ekan, lisoniy me’yordagi umum uchun majburiylik omilini asosiy belgi deb hisoblaydi.
“ .. til me’yori, bu ma’lum bir lisoniy guruh a’zolari uchun shart bo`lgan, majburiy qoidadir. Me’yor til tizimida o`z aksini topadi va muntazam ravishda ishlatiladi, aks holda u o`zining eng muhim vazifasi- kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi vazifasini bajara olmagan bo`lar edi” 2,- deb yozadi. Praga maktabi a’zolari yozef Vaxek va V.Barnetlar ham bu yo`nalishda unumli ish olib bordilar.
Ingliz tilshunosligida til me’yori masalarini o`rganishda E.Gauerz, A.Markuord va b.larning xizmatlari katta. Ular me’yorni umumjamoa tomonidan qo`llaniladigan va til jamiyati tomonidan to`g`ri deb qabul qilingan til shakllari deb tushunadilar.
Rus tilshunosligida til me’yorining ilmiy aniqlanishi normativ grammatikalar, ritorikaga oid asarlar va lug`atlar yaratishlardan boshlangan. U M.V.Lomonosov nomi bilan bog`liq. Uning “Rossiya grammatikasi” va “Ritorika” kabi ishlarida rus tili normativ grammatikasi va stilistikasining asoslari yaratildi. Til me’yori haqidagi fikrlar A.X.Vostokov, Ya.K.Grot, A.A.Potebnya. V.I.Chernishev va b. Ilmiy ishlarida o`z aksini topdi. Xususan, V.I.Chernishev “Pravilnost i chistota russkoy rechi. Opit russkoy stilisticheskoy grammatiki” (1909, 1913) kitobida til me’yori va nutq madaniyati haqida juda ko`p qimmatli ilmiy fikrlar aytgan. U til me’yorining o`zgaruvchanligini tildagi daliliy misollar bilan isbotladi, me’yorda variantdorlik kategoriyasi mavjudligi g`oyasini yaratdi, u yoki bu til birliklarini me’yoriy hol deyish uchun juda ko`p manbalarga asoslanish kerakligini uqtirdi.
Rus tilshunosligining yana bir vakili G.O.Vinokur til me’yori va nutq madaniyati muammolarini stilistika fani bilan bog`lab o`rgandi. U til me;yorini manbalarini aniqlash uchun shunday til sistemasini topish kerakki, bu sistema o`z vazifasi jihatidan amaliy, xalq tilidan farq qilmaydigan, shu bilan u sistema sifatida anglashiladigan bo`lishi kerakligini aytadi. Bunday sistemaga G.O.Vinokur keng ma’noda adabiy bo`lmagan adabiyotlar, yani gazeta, jurnal tili, ilmiy asarlar tili, idoraviy-rasmiy til, reklama va e’lonlar tilini kiritadi hamda ana shu lisoniy sistema asosida me’yorning amalda qo`llanish imkoniyatlarini misollar bilan tasdiqlaydi.
Turkiy tilshunoslikda ham til normasining umumnazarioy va alohida jihatlarini o`rganish masalasi dolzarb hisoblangan. Bu masala nutq madaniyati masalalariga bog`liq holda o`rganilgan. Xususan, M.B.Balaqayevning “Qozoq adabiy tili va uning normalari” kitobida (Alma-ata: Ilm, 1984) qozoq adabiy tili va uning me’yorlari masalasi batafsil va chuqur yoritilgan. Unda qozoq adabiy tilining shakllanish va rivojlanish bosqichlari va uning me’yorlarining har xil tiplari ko`rsatilgan.
Ozarbayjon tilshunosligida M.B.Beglarov va A.F.Miriyev ishlari diqqatga sazovordir. M.B.Beglarov ozarbayjon tili misolida norma va uning kodifikatsiyasi, me’yorning asosiy belgilari va mezonlari, xalqchilligi haqida yozadi.
Ozarbayjon matbuot tilining grammatik me’yorlarini A.F.Miriyev o`z nomzodlik dissertatsiyasida (Grammaticheskiye normi v yazike azerbaydjanskoy pechati) batafsil yoritgan. Bu monografik ishda muallif tilshunoslikda me’yor tushunchasi va adabiy til me’yori, me’yor va kodifikatsiya, me’yor va variantdorlik, adabiy tilning umumiy me’yorlari va vazifaviy-uslubiy me’yorlarini aniqlashdagi asosiy tamoyillar jaqida nazariy fikrlar yuritib, til me’yoriga o`z munosabatini bildiradi.
Tatar adabiy tili me’yorining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi masalalari V.X.Xaqovning ishlarida o`z aksini topgan.
O`zbek tilshunosligida ham me’yor masalasi nutq madaniyati tarkibida o`rganila boshlandi. Ma’lumki, nutq madaniyati masalalari adabiy tilning leksik, frazeologik, semantik, stilistik, imlo, talaffuz va boshqa me’yorlari bilan uzviy bog`liqdir. O`zbek tilshunoslari 1960-yillardan keyingi davrlarda o`zbek alfaviti, imlosi, puktuatsiyasi, o`zbek adabiy talaffuzi me’yorlariga bag`ishlangan bir qator ishlarni e’lon qilishdi. Bular orasida imlo va talaffuz lug`atlari ham bor.
O`zbek adabiy tili me’yori va nutq madaniyatining umumnazariy masalalari S.Ibrohimov, E.Begmatov, R.Qo`ng`urovlarning, leksik me’yor masalalari Sh.Shoabdurahmonov, A.G`ulomov, O,Usmonov maqoalalaroda, uslubiy me’yor G`.Abdurahmonov, I,Qo`chqortoyev, B.O`rinboyev, M.Mukarramov, R.Qo`ng`urov, I.Toshaliyev, B.Umurqulovlarningkuzatishlarida, nutq madaniyatida lug`atlarning o`rni va roli S.Akobirov, T.Aliqulov, E.Fozilovlarning ishlarida, tinish belgilarini ishlatilish me’yorlari X.G`oziyev, K.Nazarovlar ishlarida, alifbo, imlo va talaffuz me’yorlari S.Ibrohimov, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, E.Begmatov, A.Mamatovning maqolalarida tahlil qilindi.
O`zbek adabiy tili me’yorlarini o`rganishga bag`ishlangan E.Begmatov va A.Mamatovlarning uch qismdan iborat “Adabiy norma nazariyasi” (1997, 1998, 1999) kitoblari bu o`rinda juda ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. Bu kitoblarda lisoniy me’yor, xususan, adabiy me’yor tushunchasining mazmun-mohiyati, shakllanishi va yashsahs qonuniyatlari, til me’yorining til tizimi, til tuzilishiga, uzusga munosabatitahlil qilinib, o`zbek adabioy tilining asosiy tiplari belgilab berildi. Bu tadqiqot hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlarini o`rganishda asosiy qo`llanma sifatida ulkan ahamiyatga ega.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish