O‘quv-metodik materiallar 1 –mavzu: «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari»



Download 122 Kb.
bet8/19
Sana14.04.2022
Hajmi122 Kb.
#550205
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
меъёр

Orfografiya (grek. Orthos- "to’g’ri" + grapho- "yozaman") yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo’lib, u to’g’ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, odam so’zida "d" ning yozilishi "d" grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so’zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi. Savod so’zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi: so’z oxiridagi "d" jarangsiz "t"ga o’tadi (savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) – savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me’yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi. Hozirgi o’zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada qo’shma so’z komponentlarining qo’shilib yoki ajratilib yozilishini, so’z qismlarining satrdan satrga ko’chirilishini, bosh va kichik harflarning qo’llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo’lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.
Orfografiya tamoyillari: til hodisalarining imlo uchun muhim bo`lgan belgi-xususiyatlari umumlashmasidir.
Hozirgi o`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari quyidagi tamoyillarga tayanadi:
1. Fonetik tamoyil. Bu tamoyilga asoslanib tuzilgan imlo qoidalari so`z, o`zak-negiz va affikslarni talaffuzdagi shakliga mos ravishda yozishni taqozo qiladi. Masalan, ruscha krovat, podnos, propusk, uchastok so`zlari o`zbek tilida karovot, patnis, propuska, uchastka deb talaffuz qilinadi va shu shakliga mos holda yoziladi. Shuningdek, jarangsiz k yoki q bilan tugagan ko`p bo`g`inli so`zlarga egalik affiksi (yoki unli bilan boshlangan boshqa qo`shimcha) qo`shilganda, negiz oxiridagi jarangsiz k undoshi jarangli g undoshiga, jarangsiz q esa jarangli g` undoshiga o`tadi. Talaffuzdagi bu hol yozuvda ham saqlanadi: eshik >eshigi, telpak>telpagi, o`roq>o`rog` kabi.
Demak, fonetik tamoyilga ko`ra, yozuvda talaffuzdagi real tovushga mos harf ishlatiladi.
2. Morfologik (fonematik) tamoyil. Bu tamoyilga asoslangan imlo qoidalari so`zlarni, o`zak-negiz va affikslarni talaffuzdagi shakliga moslab emas, balki asl shakliga muvofiq yozishni taqozo qiladi. Chunonchi, asab, rubob, maqsad, tanqid kabi so`zlar asal, rubop, maqsat, tanqit deb (jarangsiz p va t bilan) talaffuz qilinsa –da, asliga muvofiq jarangli b va d bilan yoziladi. SHuningdek, -ga, -gan, -di, -da, -dan kabi bir qator affikslar t, s, sh, p, ch kabi jarangsiz undoshlar bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda –ka, -kan, -ti -ta, -tan shaklida talaffuz qilinsa-da, asliga ko`ra –ga, -gan, -di, -dan shaklida yoziladi: qishga, ketgan, kesgan, uchdi, topdi, toshdan (yozuvda) – qishka, ketkan, keskan, uchti, topti, toshtan (talaffuzda) kabi.
3.Etimologik (grafik) tamoyil. Bu tamoyildan, avvalo, yozuvning qaysi grafik sistemaga tayanishiga bog`liq holda foydalaniladi. Chunonchi, o`tmishda ko`pgina arabcha so`zlar o`zbek tilida ham arab tilidagidek yozilgan. Chunki o`zbek yozuvi arab alifboiga tayangan edi. Hozir esa o`zbek rus grafik sistemasiga tayanganligidan, juda ko`p ruscha-baynalminal so`zlar rus tilida qanday yozilsa, o`zbek tilida ham shunday yoziladi: rayon, mayor, obuna, tok, diagramma kabi.
Demak, etimologik yoki grafik tamoyil rus tilidan o`zlashtirilgan so`zlarning rus tilidagi yozuv shaklini o`zbek imlosida ham aynan saqlanishni taqozo qiladi. Bu esa, o`z o`rnida, shu grfik sistemaga tayangan barcha tillarda yaqinlikni ta’minlash, hojatsiz tafovutlarning miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Xalqlar do`stligi, milliy-madaniy aloqalarning mustahkamlanishida bu faktorning ham o`ziga xos o`rni bor.
4. Tarixiy-an’anaviy (traditsion) tamoyil. Bu tamoyilga tayangan holda tuzilgan imlo qoidalari ba’zi so`zlarni o`tmishdagi shakliga muvofiq ravishda yozishni rasmiylashtiradi. Masalan, tadbir, tarbiq so`zlarining birinchi bo`g`ini oxirida kelgan d, t aslida bir xil talaffuz etilsa-da, ikki xil (birinchi so`zda d, ikkinchi so`zda t harfi) yoziladi. Chunki u tarixan shunday yozib kelingan.
Eslatma: traditsion tamoyil ko`p jihatdan morfologik tamoyiliga o`xshaydi. Chunonchi, har ikkala tamoyilga ko`ra so`zlarning asl shaklsi yozuvda saqlanishi kerak. Ammo bunda quyidagi farqlar bor:
a) morfologik tamoyilda so`z yoki morfemalarning, ular tarkibidagi tovushlarning asl shakli aniq bo`lgan, isbotlangan hol nazarda tutiladi. Chunonchi, asab, maqsad kabi so`zlarning oxirida p, t eshitilsa-da, uning aslida p, t emas, b, d ekanligi aniqdir. Buni shu so`zlar oxiridan egalik affiksini keltirish bilan isbotlash mumkin: asap – asabim, asabing, asabi; maqsat – maqsadimiz, maqsadingiz, maqsadi kabi. Demak, unli bilan boshlangan affiks qo`shilganda, negiz oxiridagi tovushning aslida p, t emas, b, d ekanligi ma’lum bo`ladi;
b) traditsion tamoyil esa so`z tarkibidagi qismlarning tovush tarkibi yetarli aniqlanmagan, binobarin, hozirgi fonetik hodisalar va morfologik strukturalar jihatidan tuguntirib bo`ldmaydigan holatni nazarda tutadi (shunisi bilan u morfologik tamoyildan farq qiladi. Masalan, taqozo so`zining oxirgi bo`g`inidagi unli ba’zan o, ba’zan a holida (taqozo – taqoza kabi) talaffuz qilinadi. Shulardan qaysi birining to`g`ri ekanligi aniq bo`lmasa-da, tarixan ko`proq o yozilib kelinganligi uchun hozir ham o yoziladi.
5. Differensiyatsiya tamoyili (simvolik tamoyil). Bu tamoyilga ko`ra, shaklan bir xil, ma’nolari har xil bo`lgan so`zlarni (omonimlar, omoshakllar va hakozolarni) yozuvda o`zaro farqlash uchun turli shartli belgilardan – urg`u belgisi, ayirish belgisi kabilardan foydalaniladi: atlas (mato) – atlas (geografik atlas), davo (davo topmoq) – da’vo (da’vo qilmoq) kabi.
Hozirgi o`zbek orfografiyasida fonetik va morfologik tamoyillar yetakchi tamoyillar sanaladi. Ammo rus tilidan so`z o`zlashtirishning aktivlashib borayotganligini hisobga olsak, hozirgi paytda grafik tamoyilning ham roli ortib borayotganligi ma’lum bo`ladi.
Adabiy tilning og’zaki shaklida so’z tanlash, gap tuzish va to’g’ri talaffuz me’yorlariga amal qilish qanchalik ahamiyatli bo’lsa,uning yozma shaklida orfografiya me’yorlariga (imlo qoidalariga) amal qilish shunchalik muhimdir. Bunday me’yorlarga amal qilish yozma nutq mazmunining to’g’ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, yozma nutqda anarxiyaning (boshboshdoqlikning) avj olishiga yo’l qo’ymaydi. Adabiy tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy rolini mustahkamlashda buning o’ziga yarasha ahamiyati bor.
Hozir O’zbekistonda amaldagi yangi (lotincha) o’zbek va yaqin o`tmishdagi kirillcha yozuvlaridan foydalanilmoqda. Demak, shu ikki yozuvning imlo qoidalaridan xabardor bo’lish zamon talabidir.
1.Kirillcha o’zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940-yilning 4-iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va shu yilning o’zida "Birlashgan o’zbek alfaviti va orfografiyasi" nomli to’plamda e’lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952-, 1953-,1955-yillarda "O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari" loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, uning 5-nashri 1956-yilning 4-aprelida O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan. Kirillcha o’zbek yozuvining imlosi ana shu "... qoidalar"ga asoslangan. U quyidagi 5 bo’limni o’z ichiga oladi:
1. Ayrim harflar imlosi (1-30-§ qoidalari).
2. O’zak-negiz va qo’shimchalar imlosi (31-55-§ qoidalari).
3. Qo’shma so’z va so’z birikmalari imlosi (56-58-§ qoidalari).
4. Bo’g’in ko’chirilishi (59-62-§ qoidalari).
5. Bosh harflarning yozilishi (63-72-§ qoidalari).
2. Yangi (lotincha) o’zbek yozuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24- avgustida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan va shu yilning o’zida "O’zbek tilining Asosiy imlo qoidalari" nomi bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 bo’limni o’z ichiga oladi:
1.Harflar imlosi:
Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).
2. Asos va qo’shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).
3. Qo’shib yozish (38-50-qoidalar).
4.Chiziqcha bilan yozish (51-56-qoidalar).
5.Ajratib yozish (57-65-qoidalar).
6. Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).
7.Ko’chirish qoidalari (75-82-qoidalar).

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish