Hujjat turlari va xususiyatlari



Download 29 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi29 Kb.
#503761
Bog'liq
1-amaliy mashgulot


Hujjat turlari va xususiyatlari

R E J A:

1. Ish yuritish tarixi haqida.
2. Hujjat va uning ahamiyati.
3. Hujjat turlari va ularning xususiyatlari.

Nazariy ma'lumot


U yoki bu darajadagi korxona, muassasa, tashkilot faoliyatini ish yuritish qog`ozlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmuman, hajman va shaklan bir xil bo`lgan hujjatlar kattayu kichik mehnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.


Hujjatlar ham uzoq tarixga ega. Miloddan avvalgi XVII asrdagi qonunlar majmuasi, sharqda eramizning X-XIX asrlarga oid yorliqlar, farmonlar, nomalar, bitimlar, arznomalar, qarznomalar, vasiqa, tilxat kabi hujjatlar mavjud bo`lgan.
Sobiq sho`ro tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarini o`z yo`rig`iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchilik, idoraviy ish yuritish tamoyillari ham shu izga solindi. O`ta g`irrom til siyosati tufayli milliy tillarning mavqei pasayib bordi. Turkiston o`lkasining 1918 yildagi asosiy qonunida o`zbek va rus tillari davlat tili deb e'lon qilingan, amalda esa idoraviy ish yuritish rus tilida olib borilavergan.
O`zbekiston jumhuriyati inqilobiy qo`mitasining 1924-yil 31-dekabrdagi 48-son qarori bilan sho`ro idoralarining ishlarini erli xalqqa yaqinlashtirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilgan, xususan maxsus ish qog`ozlari tayyorlangan. Bu hujjatlar ham ruscha qolip asosida paydo bo`lgan.
O`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi bilan o`zbek tilida mukammal hujjatchilikning shakllanishi uchun imkoniyatlar ochildi.
Hujjatlar avvalo tuzilish o`rniga ko`ra 2 xil bo`ladi : ichki va tashqi hujjatlar. Tashkilotning o`zida foydalaniladigan hujjatlar ichki hujjatlar deyilsa, tashkilotlararo qo`llanuvchi hujjatlar tashqi hujjatlar sanaladi.
Mazmuniga ko`ra hujjatlar sodda va murakkab bo`lsa, mazmun bayonining shakli jihatdan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi.
Tegishlilik jihatiga ko`ra rasmiy va shaxsiy hujjatlar ajratiladi.
Tayyorlanish xususiyat va darajasiga ko`ra qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat), ko`chirma hujjatlar farqlanadi.
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko`ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi : tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.

Savollar va topshiriqlar:


1. Ish yuritish hujjatlarining qanday ahamiyati bor?


2. Hujjatlar tarixi haqida nimalarni bilasiz?
3. Ichki va tashqi hujjatlarning farqi nimada?
4. Sodda va murakkab hujjatlar qanday farqlanadi?
5. Xususiy hujjatlar haqida nima bilasiz?
6. Namunaviy hujjatlar qanday bo`ladi?
7. Qolipli hujjatlar haqida fikringiz qanday?
8. Qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat) va ko`chirma hujjatlarning farqi nimada?
9. O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni 8-14-moddalarini o`qib o`rganing.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish