Tanqidiy Fikrlash
1. “Kosmos” jurnali faqatgina 5-aprelgacha tajribali psixologlar tomonidan yozilgan maqolalarni qabul qiladi. Anvar maqolasini 5-aprelgacha yozib tugatdi va uning maqolasini chop etishga ruhsat berildi. Yuqoridagi gaplardan qanday mantiqiy xulosa chiqarish mumkin?
A. Anvarning kasbi psixolog
B. “Kosmos” jurnalida Anvarning maqolalari tez-tez chiqadi
C. Anvar ko’plab psixologik izlanishlar olib borgan
D. “Kosmos jurnali Anvardan ular uchun maqola yozib berishni so’radi
2. O'quvchilarga to'sqinlik qiladigan har qanday narsa maktabga to'sqinlik qiladi. Maktabga to'sqinlik qiladigan har qanday narsa o'quvchilar ga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun deputatlarning yangi o'qituvchilarning ishga joylashishini cheklash to'g'risidagi qonuni o'z ichiga olgan taklifi o'quvchi larga to'sqinlik qilmoqda.
Yuqoridagi dalil mantiqan quyidagi taxminlardan qaysi biriga bog'liq?
A. Deputatlarning taklifi maktabga to'sqinlik qilish uchun ishlab chiqilgan.
B. Maktabning aksariyat o'qituvchilari deputatlarning taklifini qo'llab-quvvatlaydilar
C. Agar deputatlarning taklifi ma'qullansa, maktab o'z faoliyatini davom ettira olmaydi.
D. Yangi o'qituvchilarning ishga joylashishini cheklash maktabga to'sqinlik qiladi.
3. Parashutda sakrash sportini ta'qiqlash kerakligi aytilyapti. Lekin bunday qilmaslik kerak. Chunki o'tgan yil parashutdan sakrash sportidan 50 ta odam jarohat olgan, futboldan bo'lsa 250 ta odam jarohat olgan. Shunday ekan parashutdan sakrash sporti o'rniga futbolni ta'qiqlash kerak.
Yuqoridagi xulosadagi xatolikni toping.
A. Bu yerda boshqa-boshqa sport turlari taqqoslangan.
B. Bu sportlarda olingan jarohatdan tuzalish uchun qancha pul ketishi taqqoslanmagan.
C. Bu yerda har bir sportda jami nechta odamdan ishtirok etgani keltirilmagan.
D. Boshqa sportlar, masalan, boksdan olingan jarohatlar hisobga olinmagan.
4. Ekologlar partiyasidagilar jurnalislar erkinligini goʻllab-quvvatlaydilar, ba'zi sudyalar ham jurnalistlar erkinligini qo'llab-quvvatlaydilar. Demak, ba'zi sudyalar ekologlar partiyasidan ekan.
Quyidagilardan qaysi bir yuqoridagidek mantiqiy tamoyilga asoslangan?
A. Barcha itlarning juni bor va hamma itlar sutemizuvchidir. Shuning uchun, ba'zi sut emizuvchi hayvonlarda jun bor.
B. Barcha sutemizuvchilarning juni bor va barcha itlar sut emizuvchilardir. Shuning uchun, barcha itlar ning juni bor.
C. Barcha itlar sutemizuvchilardir, ba'zi sutemizuvchi larda jun bor. Shuning uchun ba'zi itlarda jun bor.
D. Barcha itlarda jun bor, ba'zi sutemizuvchilarda ham jun bor. Shuning uchun ba'zi sutemizuvchilar itlardir.
5. Angliyada 1999-yilda avtomashina tezligini 55km/soat dan oshirmaslik bo’yicha qonun qabul qilindi.Shundan so’ng yo’l transport hodisasi tufayli halok bo’lganlar soni keskinkamayib ketdi. Hozirgi kunda yo’llardagi maksimal tezlik cheklovi oshgan, ammo hali ham yo’l transport hodisasi tufayli halok bo’layotganlar soni kamayib bormoqda. Yuqoridagi gaplardan qanday mantiqiy xulosa chiqarish mumkin?
A. 1999-yildan beri kamroq odam mashina haydamoqda.
B. Kamayib borayotgan o’lim xolatlariga faqatgina tezlik cheklovidan tashqari boshqa omillar ham bor.
C. 1999-yildagi transport hodisasi tufayli halok bo’lganlarni tezlik cheklovi bilan bog’lab bo’lmaydi.
D. 1999-yildan beri haydovchilarni o’qitish kurslari xavfsiz haydashda samarali foyda bermoqda.
6. Shakarli ichimliklar bolalar vazni ortishiga olib keladi. Shuning uchun boshlang'ich sinflar o'qiydigan maktab joylarida faqat shakarsiz ichimliklar sotilishiga kelishildi. Bu7-8 yildan so'ng yuqori maktab o'quvchilar orasida ortiqcha vaznlilar sonini kamaytiradi. Bu xulosaga kelish uchun qaysi taxminga tayanilgan?
A. Hamma shakarsiz ichimliklar shakarli ichimliklarga nisbatan bolalar uchun foydali.
B. Avvallari shakarli ichimliklar ichadiganlar endi maktabga yo uyiga bunday ichimliklarni o'zi bilan olib kelmaydilar.
C. Shakarli ichimliklar 7-8 yildan so'ng maktabda sotila boshlaydi.
D. Bolalari sog'ligi uchun qayg'uradigan ota-onalar allaqachon bolalariga shakarli ichimliklar iste'moli uchun cheklov qo'yishgan.
7. Agar har kuni to'rt soat matematika bilan shug'ul lansang, universitetining matematika yo'nalishiga davlat granti asosida o'qishga kirasan. Milliy univer sitetidagi matematika fakulteti 101-guruhda hamma davlat granti asosida o'qiydi. Demak, 101-guruhidagi hamma talabalar o'qishga kirish uchun har kuni kamida to'rt soatdan matematika o'qishgan.
Yuqoridagi fikrlashdagi xatolikni toping.
A. Ba'zi talabalar uchun kuniga to'rt soatdan kamroq o'qish ham davlat granti asosida o'qishga kirishiga yetishi mumkin.
B. Muallif ba’zi talabalarning kuniga 4 soatdan ko’proq o’qishini inobatga olmagan.
C. Kuniga uch soatdan kam o'qish Milliy universitet ga kirishga yetishi mumkin.
D. Universitet talabalari uchun haftasiga qo'shimcha 8 soat o'qish imkonsiz.
8. Barcha itlar hayvonlardir mushuklar ham hayvon demak mushuklar ham itlardir. Quyidagi fikrlardan qaysi biri yuqoridagi parchadagi fikrga mos keladi.
A. Barcha erkaklar inson, bolalar esa insondir. Shuning uchun barcha erkaklar bolalardir.
B. Barcha bolalar inson, ba’zi erkak esa bolalardir Shuning uchun hamma odamlar insondir.
C. Ba’zi erkaklar og’ir, ba’zilari esa baland bo’yli. Demak og’ir insonlar baland bo’yli.
D. Ba’zi hayvonlar it, ba’zi hayvonlar esa mushuk. Shuning uchun ba’zi hayvonlar it yoki mushuk bo’lishi mumkin.
9. Xavfsizlik kamarini beldan yoki yelka bilan to’liq taqish baxtsiz transport hodisasidagi shikastlanishlardan himoya qiladi. Xavfsizlik kamarini faqat beldan taqib olgan haydovchilar yelka bilan to’liq taqqan haydovchilarga nisbatan ko’proq jarohat oladilar.Yuqoridagi gaplardan qanday xulosa chiqarish mumkin?
A. Hech qaysi turdagi kamar jarohatlardan himoya qila olmaydi.
B. Haydovchilar baxtsiz hodisa paytida ko’pincha ichki azolaridan ko’proq jarohat oladilar.
C. Haydovchilar uchun yelka bilan to’liq yopiladigan xavfsizlik kamari faqatgina beldan taqishga nisbatan xavfsizroq.
D. Haydovchilar uchun umuman kamar taqmaslik faqatgina beldan taqishga nisbatan yaxshiroq.
10. Tadqiqotchilar bir necha oy davomida Qizilqum yer qong'izining, uchmaydigan hasharot, orqa tomoniga kichik chiroqlar bog'lashdi. Bu tadqiqotchilarga birinchi marta hasharotlarning tungi faoliyati to'g'risida keng qamrovli kuzatuvlar olib borish imkoniyatini berdi. Yer qo'ng'izchlari faqat tunda ovqatlangani chiqishi sababli tadqiqotchilar kuzatuvlari bunday qong'izlarning odatiy ovqatlanish odatlari haqidagi bilimlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Yuqoridagi masalaga aloqador taxminni toping?
A. Tadqiqotchilar faqat yer qo'ng'izining ovqatlanish odatlarini kuzatish bilan qiziqishgan, shuning uchun boshqa xatti-harakatlarni hisobga olishmagan.
B. Kechasi yer qo'ng'izi tomonidan qilinadigan biron bir xatti-harakatlar kunduzi qilinmaydi
C. Yer qoʻngʻiziga o'rnatilgan kichik chiroq uning tun da bo'ladigan xatti-harakatini keskin o'zgartirmaydi.
D. Yer qo'ng'izlari, odatda, tadqiqotchilar o'rgangan oylar davomida boshqa vaqtlarga qaraganda tez-tez ovqatlanishga chiqadilar.
11. Hamma fillar va sichqonlar kulrang. Shuning uchun hamma fillar sichqondir.
Yuqoridagi fikrlashdagi xatoni toping.
A. Muallif o’z xulosasini boshqa bir fikrlash asosida chiqarmoqda.
B. Muallif xar xil narsalarni faqat bitta xususiyati o’xshash bo’lgani uchungina bir xil narsa deb o’ylamoqda.
C. Muallif o’z fikrini to’liq yetkaza olmayapdi.
D. Muallifning gapida xato yo’q,
12. Tajribali uchuvchilar odatda yangi ishlab chiqaril gan zamonaviy va yengil samolyotlarni boshqarishda yangi, ya'ni tajribasiz uchuvchilarga qaraganda ko'proq muammolarga duch keladilar. Tajribali haydovchilar odatda og'ir boʻlgan samalyotlarni boshqarishga odatlanib qolishadi va natijada yengil samalyotni boshqarayotganda shamol kuchining muhimligini yetarlicha baholamaydilar. Yuqoridagi gaplardan og'ir samalyotlar haqida qanday mantiqiy xulosa chiqarish mumkin?
A. Ular yengil samalyotlarga qaraganda yerga qo'nishi qiyinroq.
B. Ular yengil samalyotlar kabi mashhur emas.
C. Ular yengil samalyotlar kabi xavfsiz emas.
D. Ularni yengil samalyotlarga qaraganda shamolda boshqarish osonroq.
13. Kamola kelinlar uchun aksessuarlar sotadigan do'konni boshqaradi. Ayni paytda uning 27 ta
to'y liboslariga buyurtmalari bor. Unda ikkita tikuvchi ishlaydi, ularning biriga bitta kiyimni
tayyorlash uchun 4 kun, ikkinchisiga 7 kun kerak bo'ladi. Ular hech qachon bitta kiyim ustidagi
ishni baham ko'rishmaydi. Amaldagi barcha buyurtmalar bajarilguncha eng qisqa vaqt qancha
vaqt olishi mumkin?
A. 36 kun
B. 70 kun
C. 76 kun
D. 98 kun
14.
Uchta kattalar va sakkizta bola Hockney suv parkiga yetib kelishdi. Ularda mahalliy gazetadan ajratilgan quyidagi ikkita maxsus taklif vaucherlari mavjud:
Ushbu vaucherlardan bittasidan yoki ikkalasidan foydalangan holda ushbu guruh eng kamida
qancha pul sarflashadi?
A. 53 $
B. 55 $
C. 58 $
D. 64 $
15. So’roq belgisini qaysi raqam bilan almashtirish kerak?
A. 5
B. 7
C. 10
D. 2
16. Uzoq masofaga yuguruvchi atlet 10 km masofaga yugurishga tayyorgarlik ko'rmoqda va
asta-sekin o'z mo’ljalidagi tezligiga yaqinlashmoqda. So'nggi paytlarda 10 km bosib o’tish uchun
ketgan masofasi har hafta doimiy ravishda kamayib bordi. So'nggi besh hafta davomida uning
vaqti 58m 20s, 56m 40 s, 55m 00 s, 53m 20 s va 51m 40 s bo'lgan. Uning yaxshilanishi bir xil
darajada davom etishi taxmin qilinmoqda. Yana ikki hafta mashg'ulot qilganida, u haqiqiy
poygada qanchalik tez yugurishi mumkin?
A. Bir km uchun 4 m 50s
B. Bir km uchun 5 m 00s
C. Bir km uchun 5 m 10s
D. Bir km uchun 6 m 10s
Do'stlaringiz bilan baham: |