Suhbat.
Suxbat va va mazmuni dasturda belgilangan. Suhbat orqali bolalarning
oilada, maktab, sinfda turli faoliyatlar jarayonida va o‘qituvchining raxbarligida
o‘tkazilgan kuzatishlar, ekskursiya, amaliy ishlar vakgida egallagan tajribalari,
kishilar hayoti va tabiat xaqidagi tasavvurlari va bilimlarini maksadga qarata
aniklaydi, mustaqkamlaydi va ma’lum bir tizimga keltiradi.
O‘qituvchi bolalar bilan «oila, ota-onalarning mehnati, ona shahar xaqida
suxbatlashish orqali, ularda tevarak atrofga nisbatai to‘g‘ri munosabatni, ota-onalar
mehnatiga hurmatni, qariyalar va o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlikni, ota-onalarga,
tug‘ilgan joylarga nisbatan muxabbat hislarini uyg‘otadi va sh.k.
Suhbatning savol-javob harakteri bolalarda sqzlashuv, muloqat malakalarini
tarkib toptirishga yordam beradi. Ularni uz fikriii sodda va tushunarli bayon etishga,
so‘zlashish vaqtida o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatadi. Suxbat deb o‘qituvchining
sinfdagi hamma bolalar bilan qandaydir bir mavzu yuzasidai tashkiliy so‘zlashuviga
aygiladi.
Suxbat o‘tkazish o‘qituvchidan tayyorgarlikni talab etadi.
Suxbatni rejalashtirishda bolalarga tevarak atrof bilan tanishtirish bo‘yicha
beriladigan dastur materialini belgilanishi, so‘ngra suhbat boshidan to oxirigacha
izchil reja tuzishi zarur.
Suhbatning tuzilishi, mazmuni bolalar yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda
mashgulotga nisbatan qiziqish, faol aqliy faoliyat uyg‘otish, ularning xislariga ta’sir
etish uchun suxbatni aniq va emotsional bo‘lishini ta’minlash zarur. Suxbatni
turlicha boshlash mumkin, masalan ma’lum voqea yoki xodisani eslatishso‘zlab
so‘zlab berish; su’ratlar, o‘yinchoq, buyumlardan: gullar, sabzavotlar va boshqa
narsalarni namoish etish bilan ham boshlash mumkin. Masalan, transport haqidagn
suhbatni boshlashda "Shaharda" mavzusiga oid suratni namoish etish mumkin.
129
Bolalar o‘z kuzatishlariga tayangan xolda turli transport xillarini solishtiradilar,
ekskursiyada ko‘rganlari va transportdan foydalanish qoidalari haqida so‘zlaydilar.
Suhbatni she’r va topishmoq aytishdan boshlash ham mumkin.
Suhbatning mazmuniga bogliq holda javob berish, tushuntirish, ko‘rgazmali
materiallar ko‘rsatish kabi turli usullardan foydalaniladi. Suhbatda bolalarning
javoblariga katta e’tibor beriladi.
O‘quv yilining boshida xor bo‘lib javob berishga yo‘l qo‘yiladi. Lekin,
o‘qkituvchi bu usuldan mumkin qadar kamroq foydalanishi kerak. Ko‘p xollarda
suxbat vaqtida o‘qituvi bolalarning ko‘rgan-kechirganlariga asoslangan xolda yangi
ma’lumotlar beradi, bolalar javobini to‘ldiradi, kengaytiradi.
Savol va topshiriqlar
1. Bog‘langan nutq deganda nimani tushunasiz?
2. Aqlan zaif bolalarda bog‘langan nutq kanday rivojlanadi?
3.Dialogik nutqni nutqni rivojlantirasiz?
4.Monologik nutqni qanday rivojlantirasiz?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.AksyonovaA.K. Metodika obucheniya russkomu yaziku vo vspomogatelnoy
shkole. M., 2004
2. Dmitriyeva L.I. Formirovaniye slovarya u uchashixsya spetsialnix shkol 8 vida .
M.,2002
3.Yordamchi maktablar uchun «Ona tili, o‘qish va nutq o‘stirish dasturi»
Raxmanova V.S. tuzuvchi T., —2003.
4.E.M.Razbayeva, HA.Ahmedova Nutq o‘stirish metodikasi.-O‘qituvchi,T., 1988.
5.Maxmudov N. va boshkalar O‘zbek tilida ish yuritish T., 1989.
6.Hamidova M. Nutq o‘stirish. T.,2000
130
Do'stlaringiz bilan baham: |