Morfologik xatolarga so‘z o‘zagi va qo‘shimchalarining yozilishida,
qo‘shma juft, qisqartma so‘zlarda qilingan xatolar kiradi.
Yozma ishlarni baxolash.
Yozma ishlarni baholashda ular ichida yo‘l qo‘yilgan xatolarning soni, turi,
qay tarzdagi xato ekanligi xisobga olinadi. O‘qituvchi qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan
xatolarni belgilaydi. Odatda, o‘tilgan qoidalarga, o‘quvchilarga tanish bo‘lgan
so‘zlarda qilingan xatolar qo‘pol xato hisoblanadi. O‘quvchilarga tanish bo‘lmagan
so‘zlarda qilingan xatolar qo‘pol xatolar xisoblanmaydi. Tanish bqlmagan so‘zlarda
qilingan xatolar, satrdan satrga ko‘chirishda yuz beradigan xatolar, bir so‘zni ikki
xil yozish, ba’zi tasodifiy xatolar qo‘pol bo‘lmagan xatolar jumlasiga kiritiladi.
Bir so‘z bir necha o‘rinda bir xil xato bilan yozilsa –bir xato xisoblanadi.
Yozma ishlarni baxolashda berilgan topshiriqlar turini ham xisobga olish kerak.
Masalan, matnni faqat ko‘chirish topshirig‘i berilgan bo‘lsada, bola xatoga yo‘l
125
qo‘ygan bo‘lsa, bitta xato uchun ham ish qoniqarli baxolanishi mumkin. Matn
o‘zgartirilib ko‘chirilganda, uni baholash boshqacha bo‘ladi.
Ishni baholashda o‘quvchining bilim saviyasi, darslikning mavjudligi,
yozma ishning sodda murakkabligi, uni bajarish uchun vaqtning yetarli yetarli
emasligi va boshqalarni ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Yozma ishlarni baholashda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi lozim.
O‘quvchilar bir-birlarining ishlarini solishtirishga qiziqadilar. Har qanday
adolatsizlik ularning ruhiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi
yozma ishlarni baholashda har bir xolatni hisobga olishi zarur.
Yozma ishlarni baholashda yordamchi mehnat ta’limi maktabi o‘qkituvchisi
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan
xolda ishlab chiqilgan o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baxolash
normalariga qatyiy rioya qilishi kerak. «5» baxo xatosiz, toza yozilgan, o‘quvchi
o‘zi tuzatgan bir-ikki xatolik yozma ishga qo‘yiladi.
Savol va topshiriqlar
O‘quvchilarniig yozma ishlariii yqgib olib, tekshirish xatolarni analiz qnlib,
tuzatish va qaysi metodlar orqali xatolar ustida ishlash mumkinligini aniqlyash.
2.
Xatolarii kayei usullar bilan tuzatish mumkin?
3.
Yozma nshlarda qaysi turdagi xatolar kqproq kuzatiladi.?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abdullayeva Q.,Raxmonbekova S. Diktantlar to‘plami (1-4 sinflar)T.,2006
2.Ashrapova T., Odilova M. Ona tili metodikasi-T.,1984
3.AksyonovaA.K.Metodika obucheniya russkomu yaziku vo vspomogatelnoy
shkole.-M.,Prosveshyeniye,2004
4.Kosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi.-T.1985
5.V.V.Voronkova Obucheniye gramote i pravopisaniyu v 1-4 klassax
vspomogatelnoy shkoli. Moskva, prosveshyeniye,1988
126
6.Gnezdilov M.F.Metodika russkogo yazika vo vspomogatelnoy shkole. M., 1990
7.Obucheniye uchashixsya 1-4 klassov vo vspomagatelnoy shkole /Pod redaksiyey
Petrovoy V.G. Moskva, Prosveshyeniye, 1982.
8.Yordamchi maktablar uchun ona tili, o‘qish va nutq o‘stirish dasturi. tuzuvchilar
V.Raxmanova, T., 2003
9.Raxmanova V.S. Ona tili o‘qitish maxsus uslubiyati.( ma’ruza matni), TDPU
T.,2003
10.SmirnovaA.N. Korrekqionno-vospitatelnaya rabota uchitelya vspomogatelnoy
shkoli.-M.:1985
Do'stlaringiz bilan baham: |