“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi



 

Raxmanova V.S. 
 
 
 
 
 
 
 
 
ONA  TILI O‘QITISH MAXSUS METODISASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IQTISOD-МOLIYA 


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
 
Raxmanova V.S. 
 
 
 
 
 
 
 
Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi 
(Yordamchi mehnat ta’limi maktabida ona tili o‘qitish metodikasi) fanidan darslik 
Ixtisoslik 141800 Defektologiy bakalavr bosqichi uchun 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 
“IQTISOD-MOLIYA” 
2007 
 
Taqrizchilar: 


 

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurkeldiyeva D.A. 
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Shomahmudova R.SH. 
 
 
Raxmanova V.S. 
Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi. Oliy oquv yurtlari uchun darslik 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi.-  T.:  “IQTISOD-
MOLIYA”2007-140 b 
 
 
 
Mazkur  darslikda  yordamchi  maktabda  ona  tili  o‘qitish  metodikasining 
umumiy masalalari hamda savod o‘rgatish, o‘qishga o‘rgatish, grammatika va imlo, 
nutq  o‘stirish  metodikalari  yordamchi  mehnat  ta’limi  maktabining  maqsad  va 
vazifalarini hisobga olgan holda bayon etilgan. Qo‘llanmada ona tili metodikasining 
barcha  bo‘limlarida  ishlar  yordamchi  maktabda  ta’lim  oluvchi  aqli  zaif,  oligofren 
o‘quvchilarning  rivojlanishidagi  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda 
korreksion yo‘nalishda tashkil etilishi yoritilgan. 
 
Kitob V142300 defektologiya yo‘nalishi uchun 2006 yilda chop etilgan «Ona 
tili o‘qitish maxsus metodikasi» namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, talabalar 
uchun  mo‘ljallangan.    Undan  umumta’lim  maktablarda  integratsiyalashgan  ta’limni 
amalga  oshiruvchi    resurs  o‘qituvchi-oligofrenopedagog  hamda  maxsus  muassasa 
o‘qituvchilari foydalana olishlari mumkin.                                
 
 
 
                                                                                          
 
 
 
 
                                                                 ©  “IQTISOD-MOLIYA”,2007 
                                                                               ©   Raxmanova V.S., 2007 
Kirish 
 


 

Mustaqillikka  erishgan  hozirgi  davrning  muhim  talablaridan  biri,  bozor 
munosabatlari  shakllanayotgan  mazkur  jarayonga  mos  keladigan,  yangicha 
fikrlovchi  yoshlarni  tarbiyalashdan  iborat.  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  «fikrlash, 
ishlash va yashash madaniyatiga ega bulgan mustaqil shaxsni voyaga yetkazishimiz 
zarur».  
Oila,  jamiyat  va  davlat  oldidagi  mas’uliyatni  chuqur  anglaydigan  yetuk 
shaxsni  tarbiyalash  hamda  axloqiy  pok,  jismonan  baquvvat  Vatan  tuyg‘usi  bilan 
sug‘oriladigan  fidoiy  inson,  izlanuvchan,  tashabbuskor  avlodni  o‘qitish  va 
tarbiyalash  O‘zbekiston  Respublikasi    xalq  ta’limining  bosh  maqsadlaridan  biridir. 
Biroq  xalqimiz  orasida  alohida  ehtiyojli    odamlar  ham  mavjud.  Ular  hamma  qatori 
dastur  talablariga  amal  qilgan  holda  ta’lim  jarayonida  qatnasha  olmaydilar.  «Inson 
huquqlari  dekloratsiyasi»,  «Bolalar  konvensiyasi»,  «Salomanka  dekloratsiyasi», 
O‘zbekiston  Respublikasi  «Ta’lim  hamma  uchun»  milliy  dasturi  kabi  va  boshqa 
hujjatlar  ularning  huquqlarini  ximoyalab,  jamiyatda  hamma  qatori  yashashi  uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab etadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  prezidenti  I.A.  Karimov    2004  yilni  «Mehr  va 
muruvvvat  yili»  ,  2005  yilni  «Sixat  salomatlik»,  2006  yilni  «Shifokorlar  va 
homiylar»  yili  deb e’lon qildilar.  Bu  yillarning  alohida  ehtiyojli    odamlar  ta’limiga 
tegishli  jixatlari  ko‘p.  «Mehr  va  muruvvat»,  «Sog‘lom  avlod»  kabi  va  boshqa 
dasturlarda  aholining  ijtimoiy  muxofazasini  kuchaytirishga,  sog‘lomlaHtirishga, 
kasalliklarni  oldini  olishga,  jamiyatimizda  ahillik,  bag‘rikenglik,  mehr-oqibat, 
millatlararo  do‘stlik  va  hamjihatlik  muhitini  mustahkamlashga,  xususan  kam 
ta’minlangan  oilalar,  nogironlar,  boquvchisidan  judo  bo‘lgan  bolalar,  alohida 
ehtiyojli    odamlarni  moddiy-ma’naviy      qo‘llab-quvatlashga  katta  e’tibor  berildi. 
Xalqimizning bunday qadimiy an’ana va qadriyatlarini hayotga chuqurroq singdirish 
zarurligi  alohida  ta’kidlab  o‘tildi.  Dasturlar  yuzasidan  defektologiya  soxasida  ham 
talaygina  ishlar  amalga  oshirildi.    Bu  borada  dastavval    jismoniy  yoki  ruhiy 
rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  alohida  ehtiyojli    odamlarga,  maxsus  yordamga 
muxtoj bolalarga berilajak  e’tibor katta ahamiyatga ega.  


 

Birlashgan  millatlar  tashkilotining  «Ta’lim  hamma  uchun  nomidagi 
Salomanka  dekloratsiyasi»ga  javoban  O‘zbekiston  Respublikasida  2005  yilda  « 
Ta’lim hamma uchun»  milliy dasturi tuzilib, ushbu dasturni joriy qilish bosqichlari  
belgilab olindi.  
Jismoniy  yoki  ruhiy  rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar,  alohida  ehtiyojli  
odamlar  orasida  oligofren  bolalar  son  jixatdan    nisbatan  qo‘proq  uchrab  turadi. 
Hozirgi  kunda  ular  maxsus  yordamchi  maktabgacha  tarbiya  mussasalarida  va 
yordamchi  mehnat  ta’limi  maktablari,  maktab-internatlari  yoki  umumta’lim 
muassasalarida  me’yorda  rivojlangan  tengdoshlari  orasida  integratsiyalashgan 
ta’limga  jalb  etilib  hamma  qatori  oddiy  sinfda  yoki  yordamchi  sinflarda  ta’lim 
olmoqdalar.  Ushbu  muassasalarning  asosiy  vazifasi  aqli  zaif  bolalar  ijtimoiy 
adaptatsiyasini  amalga  oshirish,  ya’ni  aqlan  zaif  bolalarni  mustaqil  hayotga 
tayyorlash,  ularni  jamiyatda  o‘z  o‘rnini  topib,  hamma  qatori    mehnat  qilib,  yashab 
ketishiga yordam berish.  
      Kadrlarni  tayyorlash  milliy  dasturiga  binoan  yaratilgan  uzluksiz  ta’lim  tizimida 
aqli zaif debil bolalar ham endilikda 9 yil majburiy va yana 3 yil majburiy-ehtiyoriy 
ta’limga  jalb  etilmoqdalar.  Ushbu  talabdan  kelib  chiqqan  holda  hozirgi  kunda 
yordamchi  maktab  bitiruvchilari  uchun  maxsus  mehnat  koledjlari  tashkil  etilgan. 
Ayrim  kasb-hunar  kollejlarida  esa,  ular  uchun  maxsus  guruhlar  faoliyat  ko‘rsatib 
kelmoqda.  
 
Mazkur  kitobning  maqsadi  oliy  o‘quv  yurtida  bakalavriatning  defektologiya 
yo‘nalishida  ta’lim    oluvchi    talabalarni  «Yordamchi  mehnat  t’limi  maktabida  ona 
tili uqitish metodikasi» fanini o‘rganib, ona tilidan aqli zaif o‘quvchilarga  mustaqil 
hayotda  zarur  bo‘lgan  hajmdagi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  berish, 
shakllantirish  yo‘llari,  usullari  haqidagi  nazariy  va  amaliy  bilimlar  bilan 
qurollantirish. 
O‘quv qo‘llanmada maxsus metodikaning barcha bo‘limlari yoritilgan bo‘lib, 
har  bir  mavzuda  amaliy  xarakterdagi  topshiriqlar,  adabiyotlar  ro‘yxati  berilgan. 
Ushbu topshiriqlar talabalardan dastur va darsliklarni o‘qib, o‘rganib, tahlil etishga, 
kuzatilgan    darslarni    tahlil  etishga,  adabiyotlar  ustida  mustaqil  ishlashga,  o‘z 


 

bilimini  sinab  ko‘rishga,  nazorat  etishga  undaydi.    O‘quv  qo‘llanmada  Kadrlar 
tayyorlash  Milliy  dasturining  maqsad  va  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda, 
zamonaviy  o‘zbek,  horijiy  o‘quv  adabiyotlar  jalb  qilinib,  ularning  muayyan 
mazmuni  o‘zbek tilida ona tilini o‘qitish metodikasiga doir  o‘quv adabiyotlari bilan 
q-iyosiy tahlil etilib yozilgan. 
                   Muallif  ushbu  kitobni  tayyorlashda  o‘zlarining  qimmatli  maslahatlarini 
ayamagan  taqrizchilar  p.f.n.  dotsent  Nurkeldiyeva  D.A.,  p.f.n.,  dotsent 
Shomahmudova R.SH.larga minnatdorchiligini bildiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish