parta
ustida
qo‘yilgan
daftarlarni
ko‘rib
chiqish;
b) biror o‘quvchini doskaga chiqarib, unga yozganini o‘qib, izoh berdirish; v)har bir
gapni navbat bilai uqitish, yozilishini izoxlash yuli bilan tekshirish mumkin. Lekin
123
bu
usullar
o‘quvchilar
daftarini
to‘liq
tekshirish
imkonini bermaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarning daftarini yig`ib olib, uni har
tomonlama tekshirib chiqishi talab etiladi. Yozuvdan bolalarda 2 ta daftar bulishi
maqsadga muvofiq. Darsdan keyin daftarlar yig‘iladi, tekshiriladi.
Hato tuzatish ham ijodiy harakterdagi ishlar jumlasiga kiradi. Maktabda
xatolar tuzatishning xato yozilgan harflar ustidan qizil rang bilan chizib, tepasiga
to‘g‘risini yozib qo‘yish usuli keng tarqalgan. Lenin bu usulni hamma vaqt ham
samarador deb bo‘lmaydi. Agar o‘quvchi o‘zbekcha so‘zlarda yoki lug‘atimizga
boshqa tillardan kirib kelgan ruscha, forscha yoki arabcha so‘zlarda xato qilsa va bu
xatolarni tez payqab olish uquviga ega bo‘lsa, harfni o‘chirib, to‘g‘risini ustiga
yozib qo‘yish usulidan foydalanish ham mumkin.
Imlosi qiyin so‘zlarda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa va psixologik tomondan
ana shu so‘zlarning fotokopiyasini o‘quvchi uz ongida aks ettirish kerakligi e’tiborga
olinsa, xato yozilgan so‘zni qizil rang bilan o‘chirib, ustiga to‘g‘ri shakli yoziladi.
Xato grammatik formada bo‘lsa, harf emas, forma o‘chiriladi yoki uning ostiga
chiziladi. Chunki o‘quvchi qaysi formada xato qilganini o‘zi alglab olishi kerak.
Bazi metodistlar xatolarni o‘qituvchi tuzatsa, o‘quvchilar mustaqil ishlardan xoli
qilib qo‘yiladi deb, bu usulni qoralaydilar. Bu fnkrii tugri deb bo‘lmaydi, chunki
tuzatishning bu usuli ham o‘quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi: o‘quvchi
maktab so‘zida b urniga p yozgan bo‘lsa, o‘qituvchi uni tuzatib, shu qoidaga mos
keladigan bir qancha so‘zlar topishni vazifa qilib beradi.
Lekin xato tuzatishning boshqa usullari ham mavjud.
Ayrim hollarda xato tuzatishning ko‘proq mustaqil ishlashni talab qiladigan
usullaridan ham foydalanish mumkin. Xatoni to‘g‘rilamasdan tagiga chizib qo‘yish,
qaysi qatorda xato qilingan bo‘lsa, o‘sha qator hoshiyasiga belgi qo‘yish va
boshqalar.
. Xatolarni tuzatish usullarini tanlashda o‘quvchilarning individual xususiyatlari,
materialning sodda-murakkabligi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, ularni mustaqil
ishlash darajasi hisobga olinadi. Xatolar har xil bo‘ladi: o‘tilgan qoidaga oid xatolar,
xali o‘tilmagal qoidaga xatolar, o‘quvchining tovush talaffuzi, fonematik o‘quvi,
124
ko‘rish idroki, motorikasidagi nuqsonlardan kelib chiqqan qo‘pol xatolar va boqalar.
Xatolar harakterini aniqlash uchun ularni taxlil qilish, biror belgi asosida tasniflash
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |