Олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги



Download 1,27 Mb.
bet109/187
Sana22.08.2021
Hajmi1,27 Mb.
#153056
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187
Bog'liq
ona tili

Ajratilgan to`ldiruvchi o`zidan oldingi to`ldiruvchining ma’nosini izohlab keladi: Bolalarning eng kichigini, valini, oldin ko`rmabman. Ularning bir-birlariga, ayniqsa, kichkintoylarga bo`lgan mehrlari menga yoqdi.

Ajratilgan aniqlovchi shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko`rsatish uchun qo`llanadi: G`ulomov, yalang bosh, tollar tagida aylanib yurardi. Tepalikda bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko`rindi.

Ajratilgan izohlovchilar ko`pincha egani izohlab keladi. Otam – Jamshid G`ulomov, zavodda ishlaydi. Navvatchi hamshira, sochi oq semiz xotin, Sadvarning kechasi ham kelganligini eslatdi.

GAP BO`LAKLARI BILAN ALOQAGA KIRISHMAYDIGAN BO`LAKLAR

Nutqda gap bo`laklari bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydigan birliklar ham qo`llanadi. Ular ma’no jihatidan gapga yoki uning biror bo`lagiga aloqador bo`ladi. Ularga undalma va kiritmalar kiradi.



UNDALMA

So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet undalma deyiladi. Undalma gap bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydi, vergulbilan ajratiladi: Yurak, sensan mening sozim. Bolalar, qoidaga rioya qiling.

Undalma bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi. Bu jihatdan egaga o`hshaydi. Lekin ega kesim bilan bog`lanadi. Undalma esa kesim, yoki gapdagi biror bo`lak bilan bog`lanmaydi. Qiyos qiling: Daraxtlar meni tingladilar. Daraxtlar, meni tinglang.

Undalmali gaplarning kesimi ko`pincha birinchi va ikkinchi shaxsda bo`ladi: Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? Seni kutamiz,Temur.

Undalmalarning gapdagi o`rni erkin bo`lib, gap boshida ham, o`rtasida ham, oxirida ham qo`llanishi mumkin.

Tuzilishiga ko`ra undalmalar yig`iq va yoyiq bo`ladi. Bitta so`z bilan ifodalangan undalma yig`iq undalma bo`ladi: Yo`q, singlim, bilgani yaxshi. Aniqlovchi yoki izohlovchilar bilan kengayib kelgan undalma yoyiq undalma sanaladi: O`g`lim O`rmonjon, bola bechorani cho`chitmagin. Saxiy quyosh, bizdan nuringni ayama!

Undash ma’nosini kuchaytirish uchun ba’zan undalma takror holda qo`llanishi mumkin: Bolam, jon bolam, o`zingni ehtiyot qil.

Undash ma’nosini ko`chaytirish maqsadida yana ular oldidan undovlar ham qo`llanishi mumkin: Hoy bola, menga qara!

Undalma, odatda gapdan vergul bilan ajratiladi. Lekin u alohida ohang bilan ajratilib aytilsa, undalmadan keyin undov belgisi qo`yiladi: Zafar! Oyimlar keldilar.

KIRITMALAR

So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga munosabatini bildirgan bo`lak kiritma deyiladi. Masalan: Shubhasiz, ko`prik shu yaqin joyda. Demak, ertalab uchrashamiz. Kiritmalar quyidagi ma’nolarni bildiradi:



  • ishonch va tasdiqni: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat;

  • gumonni bildiradi: valki, ehtimol, shekilli;

  • shodlik yoki achinishni: vaxtimga, afsuski, attang, esizgina;

  • fikrning qarashliligini: menimcha, uning aytishicha, o`ylashimcha, sizningcha;

  • fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan, avvalo, nihoyat, oxiri;

  • fikrning oldingi fikr bilan bog`liqligini: demak, shunday qilib, aks holda, xullas, aksincha;

  • tasdiq yoki inkorni bildiradi: ha, yo`q, mayli, to`g`ri.

Kiritmalar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab bo`ladi.

Sodda kiritmalar modal so`zlar, tartib sonlar, fe’l shakllari bilan ifodalanib, so`z va so`z-gap shaklida bo`ladi: Tamom bo`ldi, nazarimda. Qani, ichkariga kiring. Qumning tagi, aytaymi, issiq ekan.

Murakkab kiritmalar esa so`z birikmalari, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi: Mening bilishimcha, sen hali bundan bexabarsan. Gapning po`stkallasini aytganda, ertaga jo`naymiz.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish